NOMODDIY AKTIVLAR – moddiy – ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik
yurituvchi subekt tomnidan, xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan,
shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol – mulk obektidir.
NOMODDIY AKTIVLAR -Ko‘rib yoki ushlab bo‘lmaydigan, ammo korxonaning
huquqlari va imtiyozlari. Uzoq muddatli xarakterga ega bo‘lgan aktivlari.
NOU-XAU - (inglizchadan - “bilaman qandayligini”) ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab
chiqarishni yo’lga qoyish uchun zaruriy ilmiy-texnikaviy, tijorat, tashkiliy bilimlar.
OBODONLASHTIRISH -pudrat
shartnomasiga
ko‘ra
buyurtmachilarga
ularda
foydalanishda bo‘lgan yer maydonchalarining ko‘rinishini yaxshilash, yer osti o‘tkazmalarini
qurish, transport vositalarini to‘xtab turish joylarini tashkil qilish, yer maydonchalarini temir
panjaralar bilan o‘rash, yurish yo‘lkalarini qurish kabi ishlar tushuniladi. Obodonlashtirish ishlari
boshqa ishlar singari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga
«Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura»
asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng obodonlashtirish ishlari
pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.
OFERDRAF - mijoz joriy hisob varagining salbiy qoldig’i bo’lib, bank krediti bilan
qoplash.
OPERATIV-TEXNIK HISOB - bu xo‘jalik bo‘limlari tomonidan u yoki bu maqsadda
yuritiladigan tezkor hisob.
ORTIQCHA deganda, inventarizasiyadan o‘tkazilgan mulk va majburiyatlar haqiqiy
holatining hisob ma’lumotlaridan ko‘p chiqishi tushuniladi.
PROGRESSIV XARAJATLAR – subektning ishbilarmonlik faoliyatiga nisbatan tezroq
o’sadigan xarajatlar.
PROLONGATSIYA - kelishuv, shartnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish.