417
7.
Asosiy aktiv schyotlar
guruhi moddiy va pul mablag‘larining harakatini, hamda
debitorlar bilan hisob-kitob ishlarini olib borishga mo‘ljallangan (“Asosiy vositalar”,
“Materiallar”, “Tayyor mahsulot”, “Kassa” va boshk.).
8.
Asosiy passiv schyotlar
fondlar holatining o‘zgarishini, kreditorlar bilan hisob-kitob
hisobini olib borishga mo‘ljallangan (“Ustav kapitali”, “Kreditorlar bilan hisob-kitob” schyotlari
va boshk.).
9.
Tartibga soluvchi schyotlar
hisobga olinadigan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil
topish manbalarining bahosini tartibga solishga mo‘ljallangan schyotlardir (“Asosiy
vositalarning eskirishi”, “Nomoddiy aktivlarning eskirishi”va boshk.).
10.
Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar
guruhiga umumishlab chiqarish xarajatlari va boshqalar
kiradi.
11.
Kalkulyasiya schyotlari guruhi xarajatlar umumiy summasini aniqlash va tannarxni
hisoblashga mo‘ljallangan (“Asosiy ishlab chiqarish”, “Yordamchi ishlab chiqarishlar”
schyotlari va boshk.).
12.
Taqqoslovchi schyotla
r
guruhiga kiruvchi schyotlar bo‘yicha schyotning debet va
kredit tomonlariga yozilgan yozuvlar taqqoslanib, xo‘jalik jarayonlarining natijalari aniqlanadi
(moliyaviy natija schyoti).
Balansga karab schyotlar ikkiga bo‘linadi.
Balansda aks ettiriladigan va balansdan
tashqari schyotlar.
Balansda aks ettiriladigan schyotlarga korxonaga karashli mablag‘lar holati
va o‘zgarishlarini hisobga olishga mo‘ljallangan schyotlar kiradi. Balansdan tashqari schyotlarga
korxonada vaqtincha foydalanishda bo‘lgan mablag‘larni hisobga olish mo‘ljallangan schyotlar
kiradi.
Balansdan tashqari schyotlarda
yozuvlar bir yoqlama aks ettiriladi. Bu schyotlar boshqa
xech qanday schyotlar bilan aloka qilmaydi. Ularda ijaraga olingan asosiy vositalar, qayta
ishlashga qabul qilingan xom ashyo va materiallar, vaqtincha saqlashga qabul qilingan moddiy
boyliklar hisobga olinadi.
Amalda qo‘llanilayotgan schyotlar rejasi buxgalteriya schyotlarini quyidagi guruhlarga
bo‘ladi:
Doimiy schyotlar
, bu aktivlar, majburiyatlar va kapitallar schyotlari bo‘lib, bu schyotlarda
buxgalteriya balansida aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiq bo‘ladi. Doimiy schyotlar
aktiv, passiv kontr-aktiv va kontr-passiv schyotlarga bo‘linadi.
Aktiv schyot (A)
– bu aktivlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan shunday schyotlarki,
iqtisodiy resurslarning hisobot davri boshiga qoldig‘i va hisobot davridagi ko‘payishi schyotning
debet tomonida aks ettiriladi.
Passiv schyot (P)
- bu majburiyat va kapitallarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan schyot
bo‘lib, unda majburiyat va kapitallar qoldig‘i va ko‘payishi schyotning kredit tomonida,
kamayishi esa debet tomonida aks ettiriladi.
Kontr-aktiv (KA
)
schyoti, bu shunday schyot bo‘lib, moliyaviy hisobotda sof aktiv
qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig‘i, u bilan bog‘liq bo‘lgan aktiv schyot qoldig‘idan
ayirib tashlanadi.
Kontr-passiv (KP)
bu shunday schyot bo‘lib, moliyaviy hisobotda majburiyat yoki
kapitalning sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq bo‘lgan passiv schyot
qoldig‘idan ayirib tashlanadi.
Tranzit schyotlar
(T
) – bu moliyaviy natijalar haqidagi hisobotda aks ettiriladigan,
hisobot davri oxirida yopiladigan va qoldiq summasi bo‘lmaydigan, hisobot davri davomida
foydalaniladigan daromadlar va xarajatlar schyotlaridir.
Dostları ilə paylaş: