buxgalteriyadagi sintetik hisobi.
Ishlab chiqarish jarayonining pirovard mahsuli bo’lib tayyor mahsulotlar hisoblanadi.
Tayyor mahsulotlar – bu mazkur korxonada qaytadan ishlashni talab qilmaydigan, standartlar va
texnik shartlariga to’liq javob beradigan, texnik nazorat bo’limi (TNB) yoki maxsus komissiya
tomonidan qabul qilingan va korxona omboriga topshirilgan yoki buyurtmachi tomonidan qabul
qilingan buyum va mahsulotlardir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar bozor talabini o’rgangan holda tuzilgan
shartnomalarga, assortiment, son va sifat reja topshiriqlariga binoan, doimo ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmini ko’paytirish, ularning assortimentini kengaytirish va sifatini oshirishga e’tibor
berib mahsulot ishlab chiqaradilar.
Bozor munosabatlari sharoitida asosiy e’tibor mol yuborish – shartnomalari boyicha mol
sotishga qaratiladi, chunki bu korxona faoliyatining maqsadga muvofiqligini, uning
samaradorligini aniqlovchi iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. Korxonaning
hisob – kitob schyotiga pul tushgan va tushmaganligidan qat’i nazar barcha Yuklangan va
jo’natilgan mahsulotlar sotish hajmiga qo’shilishi mumkin.
Shunday qilib, sotish jarayoni korxona xo’jalik mablag’larining doiraviy aylanishini
yakunlaydi. Bu o’z navbatida korxonaga davlat budjeti, ssudalar boyicha banklar, ishchi va
xizmatchilar, mol yuboruvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish, ishlab chiqarish xarajatlarini
qoplash imkoniyatini beradi. Sotish rejasini bajarmaslik aylanma mablag’lar aylanishini
sekinlashiga, xaridorlar oldida shartnoma vazifalarini bajarmaganligi uchun jarima to’lashga,
to’lovlarni kechikishiga, korxonaning moliyaviy holatini yomonlashishiga olib keladi.
319
Korxona sotish hajmi bilan bir qatorda foyda summasini ham rejalashtiradi. Chunki,
mahsulotning sotish (shartnoma) narxi belgilanganda uning tarkibiga ma’lum summada yoki
foizda foyda (daromad) summasi ham kiritiladi. Agar shartnoma (reja) boyicha sotishga tegishli
mahsulotlar miqdorini shartnoma bahosiga ko’paytirsa reja boyicha ularni sotish qiymati kelib
chiqadi, foyda foiziga qarab esa reja foyda summasi hisoblab chiqiladi. Bu budjetga foydadan
bo’nak ajratmasini to’lash uchun baza bo’lib hisoblanadi.
Korxona aylanma mablag’ining tarkibiy qismi hisoblangan tayyor mahsulotlar eng kam
bahoda baholanishi kerak: tannarxida yoki sof sotish qiymatida
11[30]
.
Tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisobot davri tugagandan so’ng aniqlash
mumkin. Lekin mahsulotlarning harakati har kuni sodir bo’ladi, uning uchun joriy hisobda
mahsulotni shartli bahoda baholash kerak. Tayyor mahsulotlar harakatining kundalik hisobi
ishlab chiqarish reja tannarxida yoki korxonaning shartnoma baholarida yoki hisob bahosi deb
nomlanadigan chakana jo’natish baholarida yuritiladi.
Chunonchi, mahsulot birligining reja tannarxi korxonada ishlab chiqiladi. U oy oxirida
tayyor mahsulotlarning guruhlari boyicha farq summasini yoki foizini hisoblash yo’li bilan
haqiqiy tannarxga yetkazib qoyiladi. Farq summasi va foizi mahsulotning oy boshiga qoldig’i
hamda uning oy davomidagi kirimiga qarab hisoblab chiqiladi. Farqi tejalganligini yoki korxona
tomonidan ortiqcha xarajatga yo’l qoyilganligini ko’rsatadi va shuning uchun ishlab chiqarish
jarayonidagi uning ish natijalarini ta’riflaydi. Tayyor mahsulotlar qaysi schyotlarda hisobga
olingan bo’lsa, farqlar ham shu schyotlarda tejalgan bo’lsa qizil siyohda storno (qayta yozuv)
qilib, ortiqcha xarajat bo’lsa - oddiy siyohda aks ettiriladi. Farq foizi va jo’natilgan mahsulotning
reja tannarxi sotilgan hamda ombordagi oy oxiriga qolgan mahsulotning haqiqiy tannarxini
aniqlash imkonini beradi.
Hisobda tayyor mahsulotlarga boshqa baholar qo’llanilsa ham farq summasi va foizi shu
tartibda hisoblanadi.
Tayyor mahsulotlar harakati hisobini to’g’ri tashkil etishda ularning nomenklaturalarini
ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Mahsulotlar nomenklaturasi – ushbu korxona tomonidan
ishlab chiqariladigan buyumlar turlari nomlarining royxatidir. Mahsulotlar nomenklaturasini
tuzishda bir buyumni ikkinchisidan ajratib olish imkoniyatini beradigan tayyor mahsulotlarni
ma’lum belgilariga qarab qilingan tasnif asos bo’ladi. Nomenklatura raqami turli miqdordagi
raqamlar bilan belgilanishi mumkin. Korxona nomenklaturalaridan quyidagi xizmatlarda:
-
dispecherlar – mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat qilish uchun;
-
sexlar – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini nazorat qilish uchun va tayyor
mahsulotlarni omborga topshirishda nakladnoylar yozish uchun;
11[30]
УзР 4- сонли «Товар моддий захиралар» БҲМС нинг 7- бандига биноан
320
-
marketing bo’limi – mahsulot jo’natish shartnomasining bajarish imkoniyati ustidan
nazorat qilish uchun;
-
buxgalteriya – analitik hisob, svodkalar va hisobotlar tuzish uchun foydalanishi mumkin.
Shuning uchun korxonalarning buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor
mahsulotlar ularni Yuklash va sotish hisobi alohida o’rin tutib, uning vazifalari quyidagilardan
iborat:
-
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning zaxiralari holati hamda omborda saqlanishi,
bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar ustidan uzluksiz nazorat qilish;
-
Yuklangan va jo’natilgan mahsulot (ish, xizmat) larni o’z vaqtida va to’g’ri
hujjatlashtirish, xaridorlar bilan olib boriladigan hisob– kitoblarni aniq tashkil etish;
-
sotilgan mahsulotlarning hajmi va assortimenti boyicha mol jo’natish shartnoma
rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilish;
-
sotilgan mahsulot uchun olinadigan mablag’lar summasini, mahsulot ishlab chiqarish
uchun ketgan haqiqiy xarajatlarni, foyda summasini o’z vaqtida va aniq hisoblab chiqish.
Bu vazifalarning bajarilishi korxonaning bir tekisda ishlashi, sotish hamda ombor
xo’jaligini to’g’ri tashkil qilish, xo’jalik operatsiyalarini o’z vaqtida va to’g’ri hujjatlashtirishga
bog’liq.
Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasidan omborxonaga o’tkazish jarayonida
quyidagi dastlabki hujjatlar: qabul qilish – topshirish nakladnoylari, dalolatnomalar, rejalar,
kartalariga muvofiq hisobga olinadi.
Tayyor mahsulotlarni Yuklab jo’natish o’z ichiga ikkita hujjatni – omborga buyruq va
jo’natish uchun nakladnoyni qamrab oladigan buyruq – nakladnoy bilan rasmiylashtiriladi.
Omborga buyruqni xaridorlar bilan tuzilgan sharnoma shartlariga asosan mol oluvchining nomi,
uning kodi, mahsulotning miqdori va assortimenti hamda jo’natish muddati ko’rsatilganligini
tegishli xizmat bo’limi yozib beradi.
Bu hujjat tegishli xizmat boshlig’i, omborchi va ekspeditor tomonidan imzolanadi. Buyruq
– nakladnoy ikki nusxada tuzilib, birinchisi tovar – transport nakladnoyiga binoan jo’natilgan
o’rin miqdorini, Yukning og’irligini va mol oluvchining bekatigacha mahsulotni yetkazib berish
boyicha to’langan temir yo’l tarifi summasini ko’rsatish uchun ekspeditorga beriladi. Ikkinchi
nusxasi molning jo’natganligi to’g’risida asos bo’lib omborchida qoladi. Unga binoan ombor
hisobi kartochkasining «chiqim» grafasiga jo’natilgan mahsulotning miqdorini yozib qoyadi va
hujjat buxgalteriyaga topshiriladi. Ekspeditor mahsulotni transport tashkilotiga topshirib undan
Yukni qabul qilib olganligi to’g’risida kvitansiya oladi. Mahsulot jo’natilgandan keyingi kuni
ekspeditor buyruq – nakladnoyini va transport tashkilotining kvitansiyasini mol oluvchining
nomiga to’lov talabnoma – topshiriq yoki boshqa hujjat yozish uchun buxgalteriyaga topshirishi
shart. Shu bilan bir vaqtda schyot – faktura ham yoziladi.
321
To’lov talabnomasida jo’natilgan tovarning assortimenti, miqdori, sotish (shartnoma)
bahosi va qiymati ko’rsatiladi, bunday holda schyot faktura to’lov talabnomasiga albatta ilova
qilinishi kerak.
To’lov talabnomasi mol oluvchining hisob – kitob schyotidan schyot – fakturaga asosan
Yuklab yuborilgan mahsulot qiymatini o’tkazib berishi to’g’risida mol yuboruvchining bankka
bergan buyrug’i bo’lib hisoblanadi. Schyot – faktura yoki to’lov talabnomasininig alohida
qatorida mol oluvchilar tomonidan to’lanadigan idish va o’rama qiymati hamda temir yo’l tarifi
ko’rsatiladi. Ayrim hollarda mol yuboruvchining to’laydigan temir yo’l tarifi to’lanmalar
summasiga qo’shilishi mumkin, QQS summasi alohida qatorda ko’rsatiladi.
Mol yuboruvchi bilan mol oluvchi o’rtasida tuziladigan shartnomada mol yuboruvchi
mahsulotni qaysi joy (franko – joy) gacha yetkazib berish xarajatlarini o’z hisobiga olishi
to’g’risida kelishib olinadi.
Franko – joyni quyidagi turlari mavjud:
mol yuboruvchining franko – ombori – bunda mol yuboruvchi korxona mahsulot yuborish
bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlar (ombordagi, temir yo’l bekatidagi, Yuklash – tushirish
ishlar qiymati, tashish qiymati va temir yo’l tarifi) to’lov – talabnomasiga qo’shiladi;
-
franko – Yuklab jo’natish bekati – bunda mol yuboruvchi to’lov – talabnomaga temir
yo’l tarifini va mahsulotni vagonga Yuklash xarajatlari summasini qo’shadi;
-
franko – vagon tayinlanish bekati – bunda mol yuboruvchi to’lov – talabnomaga faqat
temir yo’l (yoki boshqa transport) tarifi summasini qo’shadi;
-
franko – tayinlanish bekati – bunda temir yo’l tarifi qo’shilgan holda mahsulot jo’natish
bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlarni mol yuboruvchi to’laydi;
-
franko – mol oluvchining ombori – bunda yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar bilan bir
qatorda mol yuboruvchi mol oluvchining bekatidagi va uning omboridagi tushirish – Yuklash
ishlari, uning omboriga olib borish va boshqa ishlar qiymatini to’laydi.
O’zbekistonda to’lovning keng tarqalgan turi bo’lib franko – vagon tayinlanish bekati
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |