322
qarab korxonaning ishlab chiqarish jarayonidagi ish natijasiga baho beriladi. Shu yerning o’zida
mahsulotlar jo’natish (sotish, shartnoma) narxida ham baholanadi, bu esa mahsulotlar
sotilgandan so’ng olinishi mumkin bo’lgan tushum va foydani aniqlash imkonini beradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi 10/1 jurnal – orderining 2810 -
«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyotini debeti va 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyotini
krediti boyicha aks ettiriladi. 2810- «Ombordagi tayyor mahsulotlar»
schyoti aktiv inventar
schyoti bo’lib, uning saldosi korxonaning ombordagi mahsulotlar qoldig’ining haqiqiy tannarxini
ko’rsatadi; debet oboroti – asosiy ishlab chiqarishdan qabul qilingan mahsulotlarning haqiqiy
tannarxini, shuningdek mol oluvchilar tomonidan qaytarilgan mahsulotlar qiymatini, kredit
oboroti hisobot oyida Yuklab jo’natilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ko’rsatadi.
Tayyor mahsulotlar harakatini pul ko’rsatkichdagi hisobi 16-«Tayyor
buyumlar
harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasida yuritiladi.
16- «Tayyor buyumlar harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasining I bo’limidan 2810
schyotning to’liq ma’lumotlari ta’rifini ikki bahoda – haqiqiy va hisob bahoda olinadi. Bu oy
oxiriga bo’lgan tayyor mahsulotlarning umumiy hajmidagi haqiqiy xarajatlar salmog’ini (oy
boshiga qoldiq plyus mahsulotning kirimini ularning hisob bahosiga nisbati) topish uchun zarur.
Agar shu foiz 100 ga teng bo’lsa, demak, haqiqiy xarajatlar rejaga teng ekanligi; agar foizi 100
dan kam bo’lsa, korxona mahsulot tannarxining pasayganligini, natijada ushbu mahsulotni
sotishdan u rejadan
ortiq foyda olganligini; agar shu foiz 100 dan ortiq bo’lsa, korxona
kalkulatsiya moddalari boyicha meyorga nisbatan ortiqcha xarajatlarga yo’l qoyganligini va bu
o’z navbatida, foydani kamaytirganligini ko’rsatadi.
Shu jami mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ularning hisob (reja) tannarxiga bo’lgan foiz
nisbati buxgalteriya tomonidan hisobot oyida Yuklab jo’natilgan, xaridorlar tomonidan
qaytarilgan va oy oxiriga qolgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash uchun
foydalaniladi.
Oy oxiriga qolgan mahsulotlar haqiqiy tannarxini aniqlashning
zaruriyati shundaki, uni
Bosh daftar bilan taqqoslash mumkin, omborlardagi qoldiqlarni hisobga olish daftari bilan esa
hisob bahosidagi qoldiq taqqoslanadi.
Tayyor mahsulotlarning ombordagi hisobi operativ – buxgalteriya usulida yuritiladi ya’ni
mahsulotlarning har bir nomenklatura raqamiga materiallarning ombor kartochka hisobi (17-M
shakli) ochiladi. Tayyor mahsulotlarni kirimi va chiqimiga qarab omborchi hujjatlarga asosan
kartochkalarga qiymatliklar miqdorini (kirim, chiqim) yozib qoyadi
hamda har bir yozuvdan
keyin qoldig’i chiqariladi.
O’tgan sutka ichida omborda yig’ilib qolgan hujjatlar (qabul qilish – topshirish
nakladnoylari, buyruq- nakladnoylar, tovar- transport nakladnoylari) ni buxgalter har kuni qabul
323
qilib boradi. Ombor hisobining to’g’ri yuritilishi buxgalterning ombor hisobi kartochkasiga
qoyilgan imzosi bilan tasdiqlanadi.
Moddiy – javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalariga asosan har oyda tayyor mahsulotlar
nomenklaturalari, o’lchov birligi, miqdorini ko’rsatib tayyor mahsulotlar qoldig’ini hisobga olish
qaydnomasini to’ldiradi va uni buxgalteriyaga topshiradi. Buxgalteriyada hisob bahosi boyicha
taksirovka qilinadi va buxgalteriya ma’lumotlari (16- qaydnomaning I- bo’limi)
bilan
solishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: