324
Yuklab jo’natilgan mahsulotning shartnoma (sotish) qiymatiga, Dt 4010 «Xaridorlar va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti, Kt 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan
daromadlar» schyoti kabi yozuv amalga oshiriladi..
Yuklab jo’natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 16- qaydnomaning II- bo’limida
yuritiladi. Bu qaydnomaning ikkinchi bo’limida jo’natilgan, sotilgan mahsulotlar, moddiy
qiymatliklar, xizmatlar va xaridorlar bilan hisoblashishlarning analitik va sintetik hisobi o’z
ifodasini topgan. Jo’natilgan va sotilgan mahsulotlar analitik hisobi ularning natural
ko’rinishdagi turlari boyicha yoki to’lov hujjatlari boyicha ikki bahoda – haqiqiy tannarxda va
sotish narxida tashkil etiladi.
Shuni
ham aytish kerakki, oy boshiga va oy oxiriga to’lanmay qolgan, hisobot oyida
jo’natilgan, xaridorlar tomonidan qaytarilgan va sotilgan mahsulotlarning umumiy miqdori ham
hisobga olinadi. Qaydnomaning II- bo’limini to’ldirish uchun oldingi oyning qaydnomasi
(to’lanmagan mahsulotning oy boshiga qoldig’i), to’lov hujjatlari, hisobot oyida jo’natilgan
mahsulotlarga buyruq – nakladnoylari, shuningdek, korxonaning hisob –
kitob schyotidan
olingan bankning ko’chirmalari asos bo’lib hisoblanadi. Mol oluvchi hisobidan chek bilan
to’langan temir yo’l tarifi qaydnomada alohida ko’rsatiladi, chunki u mahsulot sotish hajmiga
kiritilmaydi.
Qaydnomaning II- bo’limida quyidagi ma’lumotlar o’z ifodasini topadi: oy davomida
ombordan Yuklab jo’natilgan mahsulotlarning assortimenti va qiymati boyicha miqdori;
transport xarajatlari summasi; QQS summasi; schyot – to’lov hujjatlari boyicha olishga tegishli
summa; xaridorlar bilan hisob – kitoblar holati; mahsulot uchun hisobot oyida tushgan summalar
to’g’risidagi ma’lumotlar va transport xarajatlarini qoplanishi va boshqa ma’lumotlar.
Qaydnomaning ko’rsatkichlari katta operativ ahamiyatga ega,
chunki har kuni Yuklab
jo’natilgan, sotilgan mahsulotlar hajmi to’g’risida ma’lumotlar qayd etilgan bo’ladi. Bundan
tashqari, shartnoma majburiyatlarini bajarilishi ham nazorat qilinadi.
Qaydnomaning III- bo’limi taqdim etilgan schyotlar boyicha umumiy summasini ko’rsatib
oy oxirida to’ldiriladi va u uch qismdan iboratdir:
A- to’lanishi va hisobdan chiqarilishi; B- mahsulot qaytarilganligi uchun hisobdan
chiqarilishi; D- to’lanmagan, hisobdan chiqarilmagan. Bu bo’lim 2810 va 9010 schyotlarning
kredit oborotlarini II- jurnal -orderida to’liq aks ettirilganligi va 2810 schyot boyicha keyingi
oyga qolgan qoldiqni to’g’ri hisoblab chiqilganini nazorati uchun xizmat qiladi.
Mahsulot sotish bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik operatsiyalarining
majmui sotish jarayoni
deyiladi. Mahsulot sotish jarayonini rejalashtirish korxonani buyurtma bilan ta’minlashdan
boshlanadi. Unga binoan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish asosi bo’lgan nomenklatura
boyicha reja tuziladi. Buyurtmalarda mahsulotlarning assortimenti, Yuklab jo’natish muddati,
325
miqdori va sifati, narxi, hisoblashish shakllari ko’rsatilgan bo’lib buyurtmachi va mol
yuboruvchilar bilan kelishib olinadi.
Mahsulot uchun pul xaridorlardan hisob – kitob schyotiga kelib tushgan sanada sotildi deb
hisoblanadi (kassa usuli) yoki Yuklab jo’natilgan, topshirilgan mahsulotlar,
bajarilgan ishlar,
xizmatlar uchun hujjatlar bankka topshirilgan sanada sotildi deb hisoblanadi (hisoblash usuli).
Ikkala usulda ham sotilgan mahsulot (ish, xizmatlar) 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan
daromadlar», 9020 «Tovarlarni sotishdan daromadlar», 9030 «Ishlar bajarilgan va xizmatlar
ko’rsatishdan daromadlar» schyotlarida hisobga olinadi. Sotilgan tovarlarni qaytarilishi va
xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar 9040 «Sotilgan tovarlarning qaytishi» va 9050
«Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» - schyotlarida hisobga olinadi. Bu
schyotlarning xususiyatlari shundan iboratki, ularning debeti va kreditida bir hajmda (miqdorda)
gi sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar bir xil summada aks ettiriladi.
9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan
olinadigan schyotlar» schyoti bilan korrespondentlashgan holda mahsulot (ish va xizmat) lar
sotishdan tushadigan sof tushum aks ettiriladi. Bu schyotlarda xaridorlarga jo’natilgan mahsulot
(ish va xizmat) lar boyicha hisoblangan aksiz solig’i va QQS summalari aks ettirilmaydi, balki
quyidagi provodka bilan 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyotida
aks ettiriladi:
Dt 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» jo’natilgan mahsulotlar
uchun, aksiz solig’i va QQS summasi qo’shilgan holda, xaridorlardan olinadigan jami summaga.
Kt 6410 «Budjetga to’lovlar boyicha qarz (turlari boyicha)» hisoblangan aksiz soliђi va
QQS summasiga.
Kt 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» mahsulot sotishdan tushadigan sof
tushumga.
9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida aks ettirilgan summa oy oxirida 9910
«Yakuniy moliyaviy natija» schyoti bilan korrespondentlangan holda yopiladi.
Hisoblash usulida, ya’ni mahsulotni topshirish (Yuklab jo’natish),
ish va xizmatlarni
bajarish fakti sotildi deb hisoblanganda 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan
schyotlar» schyoti qo’llaniladi. Bu schyot aktiv bo’lib, uning saldosi buyurtmachiga topshirilgan
mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning to’lanmagan sotish qiymatini ko’rsatadi; debet oboroti hisobot
oyida topshirilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa
hisobot oyida xaridorlar tomonidan to’langan summani ko’rsatadi. Quyida mahsulot sotish
operatsiyalarini schyotlarda aks ettirish sxemasi keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: