14Konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kombinatsiyalashtirish hamda ular
1.2. Sanoat korxonasining joylashtirish va boshqarishni geografik tadqiq etish. Sanoat korxonalarini muayyan bir hududda joylashtirish juda murakkab masalalardan biridir. Bu borada koplab tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni hisobga olish zarur. Avvalo sanoat korxonasi qanday xom ashyo asosida ishlab , qanday tayyor mahsulot chiqarishni aniqlanadi. Atmosfera havosi va suv havzalariga qanday chiqindilarni chiqarishni, bu chiqindilarning kimyoviy tarkibi, zarar yetkazish darajasi etiborga olinadi. Korxonaga tegishli bu masalalar jiddioy tahlil qilinganidan song uni joylashtirish va uning muntazam faoliyat korsatishi uchun har jihatdan qulay bolishi lozim.
Dastlab korxona joylashtiriladigan hududning relyefi, uni tashkil qilgan yotqiziqlar tarkibi, yer osti suvlarimeyori, iqlimi , yer usti suvlari xususiyatlari , tuproq va osimlik qoplamlari, aholi yashash joylari organiladi. Korxona zararli chiqindilarni koplab chiqaradigan bolsa (komir asosida ishlaydigan GRES, qora va rangli metallurgiya korxonalari), ularni aholi yashaydigan manzilgohlardan uzoqda, shamol yonalishiga teskari bolgan hududlarda joylashtirish lozim. Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta ishlaydigan Muborak va Shortan kimyo sanoati majmualari aholi manzilgohlaridan ancha uzoqda, cholda joylashganligi sababli ulardan tabiat va inson koradigan zarar juda oz miqdorda. Aholi zich yashaydigan vohalarda sanoat korxonalarini joylashtirish juda murakkabdir. Oltiariq va Fargona neftni qayta ishlash korxonalari qurilishida hududning bazi xususiyatlari etiborga olinmaganligi tufayli keyingi vaqtlarda jiddiy ekalogik muammolar yuzaga kelmoqda. Chunonchi, Oltiariqdagi korxonadan neft mahsulotlarining singib otishi tufayli yer osti suvlari ifloslanmoqda, tuproq tarkibi buzilmoqda. Quvasoydagi sement ishlab chiqaradigan korxona atrof muhitni kopdan beri chang bilan ifloslab kelmoqda, chunki u baland tog yonbagurlari bilan oralgan botiqda joylashgan.
Paxta tozalash korxonalari ham asosan vohalarda joylashgan. Ulardan atrof muhit ancha zarar koradi, kop miqdorda chang ajralib chiqishi sababli, havo ifloslanadi. Binobarin, sanoat korxonalarini joylashtirishda albatta, mahalliy tabiiy sharoit va aholi manzilgohlarining joylashuv xususyatlari hisobga olinib , qurilish geografik tadqiqotlar orqali amalga oshirilishi kerak. Geograflar bu boradagi tadqiqot ishlarini olib borishda dala izlanishlari natijalariga , statistic malumotlariga tayanadilar. Bunda ular kartografik, qiyosiy, statistic, matematik va boshqa tadqiqot usullaridan foydalanadilar. Bu usullar nafaqat yirik hududiy birliklarni organishda, balki kichik bir ishlab chiqarish korxonasini iqtisodiy- geografik baholashda xam qol keladi. Bunda eng muhimi korxona qurish uchun aynan shu hudud tanlaganligining sababini aniqlash va uning iqtisodiy geografik ornini baholash, iqtisodiy rayon majmuasi, xojalik tarmogI nuqtayi nazardan iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan iboratdir. Bundan tashqari korxonani Iqtisodiy- geografik tahlil qilishda quyidagi korsatgichlar etiborga olinadi; - korxonaning hududiy tarkibi , yani uning alohida bolimlari (sexlari) ning, zavod transport tuguning joylashishi ;
- korxonaning iqtisodiy aloqalari (mahsulot va qiymat birligida), qancha mahsulot ishlab chiqariladi, qanday xom ashy ova yoqilgI qancha miqdorda qabul qilinadi;
- asosiy mahsulot turlarining tan narxi ( bunda xizmatchilarga tolanadigan ish haqi, ozlashtirish va tabiiy muhitni muhofaza qilishga tolanadigan mablag, shuningdek transport xarajatlari alohida korsatiladi) va korxonaning foydasi(yoki zarari ) aniqlanadi. - xizmatchilarning soni , ularning doimiyligi, almashinuvi va qayerdan ishga qatnashi; - korxonaning atrof- muhitga tasiri. Korxonani tadqiq etishda korxona ishchilari bilan suhbatlashish, korxonaning tarixi bilan tanishish muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnik loyiha malum muhandislik malumotiga ega bolgan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi. Lekin hozirgi zamon loyihalari tabiat bilan jamiyat munosabatlarining kop jabhalarini oz ichiga olganligi sababli yetarli darajada murakkab hisoblanadi. Shu sababli , bu borada faqat loyihaning xususiyati va tabiatga boladigan funksional tasirini ham etiborga olish kerak boladi. Bu borada geografik izlanishlar va loyihaning uzoq muddat xizmat qilishi uchun uni geografik jihatdan asoslash lozim boladi.
Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini asoslash. Yirik yer maydonlarini sugoriladigan dehqonchilik maqsadlarida ozlashtirish gidromeliorativ tadbirlar jumlasiga kiradi. Sugorishni tashkil qilish uchun ajratilgan hudud geografik nuqtayi nazardan chuqur organilishi keyinchalik turli noxush hodisalar kelib chiqishining oldini oladi. Avvalo, hudud qanday qanday landshaftlarini egallaganligini aniqlanadi. Chunonchi, daryosi , soyning konus yoyilmasi , prolyuvial tekislik, daryo deltasi va boshq. Shundan song atrofdagi tabiiy geografik hududlarning xususyatlari, sugoriladigan dehqonchilikda foydalanishi yoki tabiiy yaylov ( lalmi dehqonchilik)da ishlatilishi aniqlandi. Tog yonbagridda joy;lashgan bolsa, sel, surilma, jar eroziyasi kabi halokatli hodisalar tasir iga berilishi hisobga olinadi. Shuningdek , yangi yerlar ozlashtirilshi tufayli quyida joylashgan, ilgaridan foydalanib kelinayotgan yerlarga yetkazilgan zarar tahlil qiulinadi.