Ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil etish shakllari



Yüklə 446,5 Kb.
səhifə4/12
tarix11.12.2022
ölçüsü446,5 Kb.
#73814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
14Konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kombinatsiyalashtirish hamda ular

Kurs ishning maqsadi.Talabalarga sanoat iqtisodiyoti sohasidagi bilimlarni berish, sanoatning takror ishlab chiqarish jarayonidagi alohida o‘rni,investitsiyalash strategiyasi va taktikasi, sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirish va boshqarish, shuningdek, olingan bilimlardan xo‘jalik amaliyotida mahorat bilan foydalanish, ularni iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlariga ham amalda tatbiq eta olishni konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kombinatsiyalashtirish hamda ularning shakllari va koʻrsatkichlarini o‘rgatishdir.
Kurs ishining ob'yekti-Konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kombinatsiyalashtirish tarmoqlarni joylashtirishdagi siljishlarning iqtisodiy samaradorligi tizimini tashkil etish.
Ishning predmeti- Talabalarga konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kombinatsiyalashtirish tarmoqlarni joylashtirishdagi siljishlarning iqtisodiy samaradorligi qismilarini o`rganish mazmuni, shakl va usullarini to'liq o'rgatish va mohiyatini ochib berish.
Tadqiqotning vazifalari:
-Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish;
- Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni tahlil qilish;


I.BOB.Ishlab chiqarish jarayoni.
1.1.Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari.
Ishlab chiqarishni (modiy va nomoddiy) hududiy jihatdan tashkil etishda, joylashtirishda, albatt hudud shart – sharoitlari va omillari hisobga olinadi. Bu omillarni to’g’ri tanlay bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonunyatlarini asoslashga imkon beradi.Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda geografik o’rin, ekalogik omil, bozor iqtisodiyoti omillari bilan bir qatorda tabiiy (xomashyo, yoqilg’I, suv, iqlim) , ijtimoiy (mehnat resurslari, istemolchi) va iqtisodiy (elektroenergiya, transport) omillar e’tiborga olinadi. Muayyan bir ishlab chiqarish tarmog’ini hududiy tashkil etishda barcha omillar emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Qaysi omil bo’yicha yirik son chiqsa , odatda uning ahamiyati shuncha yuqori bo’ladi va u mazkur ishlab chiqarish tamog’ini joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifasini o’taydi. Shuni alohida qayd etish lozimki, malum tarmoqqa kiruvchi barcha korxonalar yoki kichik ‘’ tarmoqchalar’ uchun bittagina omil tegishli bo’lmaydi. Jumladan, mashinasozlik tarmog’iga kiruvchi ba’zi bir korxonalarni joylashtirishda xom ashyo ko’proq ahamiyatga ega bo’lsa, boshqasi uchun malakali ishchi kuchi muhim omil hisoblanadi.
Xomashyo Tabiiyki, ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo resurslari muhim omil hisoblanadi. Ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishda esa xom ashyo boshqa omillarga qaraganda ko’proq talab etiladi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar xom ashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi. Sa’noatning ba’zi tarmoqlari masalan, tog’- kon, o’rmon, baliqchiliksanoatni tarmoqlarining joylashuvi xom ashyo bo’lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. Bunday sanoat tarmoqlarining joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar ko’lami bilan belgilanadi. Boshqa sanoat tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi esa biroz murakkabroq ko’rinishga ega. Masalan, bir tonna paxta tolasi olish uchun taxminan 3 tonna paxta , bir tonna yog’I uchun 5 tonna chigit, 1 tonna pista yog’I uchun 3 tonna kungaboqar, 1 tonna shaker uchun 7 tonna qand lavlagi ishlatiladi.
Yoqilg’i . Ko’mir havzalari qora metallurgiya sanoatining dastlabki bosqichini joylashtirishda asosiy rol o’ynaydi. Ammo uning ta’siri har doim ham yetakchi kuchga ega emas. Qora metallurgiya (cho’yan erituvchi) zavodlarini joylashtirish qonunyatlari bir xil emas. Ma’lumki, qazib olinadigan temir rudasining taxminan 48-50 foizi foydali, bu ‘’o’rtacha’’ raqam hamma joyda ham bir xil emas, ayrim konlarda temirning qazib olinadigan rudadagi ulishi atigi 17- 19 foizni tashkil etadi. Bunday konlarga Uraldagi Kochkonar yoki Qoraqalpog’istondagi Tebinbuloq konlarini misol qilib ko’rsatish mumkin. Bu yerlardan qazib olinadigan rudani bevosita domna pechlarida eritib bo’lmaydi, zero unda kerakli mineraldan ko’ra foydasiz jinslar ko’proq. Shuning uchun bu ruda dastlab boyitilishi va uning tarkibidagi foydali mineralning hissasi oshirilishi lozim. Boyitilganidan so’ng ruda tarkibidagi temirning (rangli metallar uchun boyitish jarayoni ayniqsa muhim, chunki ularning rudalar tarkibidagi ulushi ancha past) miqdori bir necha barobar ortadi.
Ammo bu bilan ham uning hissasi yetarlicha bo’lmaydi. Shuning uchun metallurgiya korxonalari ko’proq xom ashyo rayoniga yaqinroq joylashtiriladi. Ba’zi metallurgiya zavodlari xom ashy ova yoqilg’I rayonlari o’rtasida joylashgan. Zero mazkur sanoat tarmog’I uchun bu ikki omilning ahamiyati deyarli bir xil. Bunga yorqin misol qilib, Cherepoves metallurgiya kombinatini (Rossiya Federatsiyasi) ko’rsatish mumkin. U Pechora kokslanuvchi ko’mir havzasi bilan Kola yarim oroli temir rudasi konlarining o’rtasida qurilgan.
Elektroenergiya (elektr quvvati). Hozirgi zamon ishlab chiqarishni, hatto transportni , qishloq xo’jaligini eletr quvvatisiz tasavvur qilish qiyin. Bu sohaning o’ziga xos xususyati shundaki, u yaratgan mahsulotni, ya’ni elektr quvvatini jamg’arib omborxonalarga yig’ib bo’lmaydi, undan ayni paytning o’zida foydalanish kerak. Odatda elektr quvvati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida eng avvalo uning arzon turiga ahamyat beriladi. Arzon elektr quvvati GESlardan olinadi, issiqlik elektr stansiyalarida esa ko’mir, mazut yoki gaz sarflanadi. Elektr quvvati omiliga quyidagi misollarni keltirish kifoya; 1 tonna titan ishlab chiqarish uchun (titan po’latdan bir necha marta yengil va chidamli) 40-50 ming kVt/ soat , misni tozalash, temir qotishmalarni ishlab chiqarish, elektr pechlarida po’lat eritish uchun ularning har bir tonnasiga 8-10 ming k Vt/soat atrofida elektr quvvati sarflanadi. Tabiiyki, bunday korxonalarni arzon elektr quvvati manbalariga yaqin joylashtirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’rta osiyoda yagona bo’lgan Tursunzoda (Regar) shahridagi alyuminiy zavodi Norak GESiga yaqin joyga qurilgan. Demak, elektr quvvati bir qator sanoat korxonalarini o’z atrofiga omil sifatida ‘’yig’ar’’ ekan . Shu sababli , u yirik rayon va majmua hosil qilish quvvatiga ega. Bizning sharoitimizda elektr quvvati yangi yerlarni o’zlashtirish uchun ham kerak . Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi Tolimarjondagi bir qator nasos stansiyalari vositasi bilan sug’oriladi.Elektr quvvati Norak – Tursunzoda (Regar) – G’uzor orqali keladi. Hozirgi kunda esa shu yerning o’zida juda yirik, mahalliy tabiiy gaz asosida ishlaydigan Tolimarjon GRESI qurilmoqda.
Suv va iqlim sharoiti ham ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda katta ahamiyatga ega. Suv manbalari ayniqsa, kimyo, yog’och, selluloza, metallurgiya zavodlarining faolyatiga sezilarli ta’sir qildi. Jumladan, cho’yan erituvchi pechlarni sovitish uchun ham suv kerak. Suv va iqlim sharoitlarni boshqa sanoat korxonalarini qurishda ham e’tiborga olinadi Qishloq xo’jaligi uchun bu omilning ahamiyati katta. Chunonchi, O’rta Osiyo, xususan O’zbekistonda an’anaviy dehqonchilik uning issiq va quruq iqlimiy sharoitida faqat sun’iy sug’orish asosida olib boriladi.
Aholi va mehnat resurslari. Albatta, har bir ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchisiz sodir bo’lmaydi. Bu o’rinda ikki holni qayd etish lozim; birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga son jihatdan ko’p ishchi kerak . Masalan , tikuv fabrikasi, konserva ishlab chiqarish, paxta yetishtirish va uni qayta ishlash. Ayni bir paytda boshqa bir korxonalarda mehnat resurslarining ko’p bo’lishi shart emas, ularga ‘’oz va soz’’ malakali ishchi kuchi talab qilinadi. Mazkur korxona va tarmoqlar ( radio va asbobsozlik, aniq mashinasozlik va shunga o’xshash) malakali ishchi kuchi mavjud bo’lgan shaharlarda, ilmiy- texnik markazlarga joylashtiriladi. Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u eng avvalo iste’molchi hamdir . Bu omilning roli esa hozirgi kunda , xalqning yashash sharoiti va turmush darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib bormoqda. Ijtimoiy qiyinchiliklarga barham berish aholiga kerak bo’lgan oziq – ovqat , kiyim – kechak va uning boshqa ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni yetarli miqorda ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shu sababli iste’mol omili oziq – ovqat korxonalarini o’ziga ‘’tortadi’’ , ya’ni bunday zavod va fabrikalari bevosita aholi yashovchi maskanlarga joylashtiriladi.
Iste’mol omili faqat xalq ehtiyoji bilan belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning talabi, boshqa xil mahsulotlarning keng miqdorda sarflanishi , ularning transportda keltirishning noqulayligi ham bunday korxonalarni iste’mol rayonlarda qurilishini nazarda tutadi. Masalan , qishloq xo’jaligi mashinasozligi o’sha mintaqaning ishlab chiqarish ixtisoslashuviga muvofiq shu yerda rivojlanishi zarur.Umuman, qaysi rayon nimaga ixtisoslashsa, bu yerda shunga mos mashinasozlik tarmog’I yaxshi rivojlangan bo’lishi qonuniy bir holder. O’zbekistonda paxta teruvchi , Belarusda kartoshka teruvchi , Ukrainada qand lavlagi teruvchi , Gruziyada choy teruvchi mashinalarini ishlab chiqarish bunga yaqqol misol bo’la oladi. Shuningdek , boshqa sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarini ham aholi yashab turgan joylarda bo’lishi maqsadga muvofiq.
Transport omili. Bu omil juda muhim edi bo’lib, u ishlab chiqarishning bevosita davom ettiruvchi tarmog’i hisoblanadi. Shuning uchun taransportning ahamiyati barcha omillari bilan birga qo’shilib, uyg’unlashib ketadi va uni ‘’sof’’ holda ajratib olish qiyin. Shu bilan birga transport masalasi iqtisodiy- geografik o’rin omili bilan ham chambarchas bog’liq zero bu o’rin obyektning eng avvalo tashqi iqtisodiy munosabatlarini anglatadi.
Fan – texnika taraqqiyoti omil. Bu omilning ta’siri bir qator tarmoqlarning hududiy tashkil etilishida aniq va ravshan ko’rinadi ( mashinasozlik, elektro- texnika va kimyo). Shubhasiz, mazkur sanoat tarmoqlariga tegishli ko’pgina korxonalar , ayniqsa, mashinasozlik zavodlari yuksak darajada ilmiy – texnika qudratiga ega bo’lgan yirik shaharlarda joylashtiriladi.
Ekalogik omil. Hozirgi kunda ayrim sanoat korxonalarning faolyati shu nuqtai nazardan to’talgani bejiz emas. Ekalogik jihatdan ko’plab sanoat tarmoqlari va eng avvalo, kimyo, yog’och – selluloza, go’sht, konserva, charm zavodlari , issiqlik elektrostansiyalari va shunga o’xshash korxonalar ‘’nomaqbul’’ hisoblanadi. Binobarin, ular aholi istiqomat qiladigan markazlardan uzoqroqda joylashishi lozim.



Yüklə 446,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin