Ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil etish shakllari


Konsentratsiyalashtirish, uning shakllari va ko‘rsatkichlari



Yüklə 446,5 Kb.
səhifə7/12
tarix11.12.2022
ölçüsü446,5 Kb.
#73814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
14Konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kombinatsiyalashtirish hamda ular

2.2. Konsentratsiyalashtirish, uning shakllari va ko‘rsatkichlari.
Ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish – bu mahsulot tayyorlash, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatishni eng yirik korxonalarda to‘plash jarayonidir. Uning bir necha turlari mavjud. Ular agregat, texnologik, tashkiliy xo‘jalik va korxona (firma)larni yiriklashtirish shakllarida ifodalanadi.Sanoatni konsentratsiyalashtirish agregat, texnologik, tashkiliy-xo‘jalik va zavodlarni yiriklashtirish shakllarida ifodalanadi.Agregat shaklida ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish - dastgohlarning quvvatini oshirishdir, ya’ni agregatlarning unumdorligini yuqori darajaga hamda muayyan turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishning umumiy quvvatida yuqori unumdor agregatlar salmog‘ini ko‘paytirishdir. Bu jarayon sanoatning yetakchi, ayniqsa, elektroenergetika, metallurgiya, kimyo, yoqilg‘i va qurilish materiallari tarmoqlarida sezilarli.Konsentratsiyalashtirishga texnologik jihatdan o‘xshash ishlab chiqarishlarning quvvatini oshirish orqali erishish mumkin. Masalan, metallurgiyada - cho‘yan, po‘lat eritish, prokat ishlab chiqarish, to‘qimachilikda – yigirish, to‘qish, bo‘yash, mashinasozlikda - quyuv, mexanik ishlov berish, yig‘uv jarayonlarining mujassamlashishi.yiriklashtirish ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmini ko‘paytiradi, mahsulot sifatini yaxshilaydi, mehnat unumdorligini oshiradi. Bunga yirik korxonalarni qurish, ishlab turgan korxonalarni qayta qurollantirish, kengaytirish, birlashmalarni tuzish yo‘li bilan erishiladi. Iqtisodiy rayonlarning industrial rivojlanish darajasi, ularning tarkibidagi yirik, o‘rta hamda kichik sanoat korxonalarning salmog‘i bo‘yicha ifodalanadi.
Sanoatni konsentratsiyalash masalalarini ma’lum mahsulotlarga ehtiyoj, ularni ishlab chiqarish imkoniyatlarini hamda erishiladigan iqtisodi natijalarni e’tiborga olgan holda hal etish tavsiya etiladi.Korxonalar ishlab chiqarishning hajmiga binoan yirik, o‘rta va kichik turlarga bo‘linadi. Ular bir-biridan ishlab chiqariladigan mahsulot (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)ning hajmi, asosiy fondlarning qiymati, xodimlarning soni bilan farqlanadi.Yirik, o‘rta va kichik korxonalarni qurish zarurati O‘zbekiston Respublikasining moddiy-texnika bazasini yaratishda vaqt omilining ahamiyati nihoyatda yuqoriligi bilan aniqlanadi.Har bir sanoat korxonasi o‘z afzalliklari va kamchiliklari bo‘yicha bir biridan farqlanadi. Yirik korxonalarning afzalliklariga quyidagilar kiradi:

-yuqori unumli texnika va ilg‘or texnologiyani qo‘llash va undan foydalanish imkoniyatlarining ko‘pligi;


-ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish;
-xodimlar mehnat unumdorligining yuqoriligi;
-sanoatga ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan eng yangi fantexnika yutuqlarini, o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatadigan quvvatli konstruktorlik, texnologik va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, byurolarini tashkil etish imkoniyatlari;
-shartli-doimiy xarajatlarning kamligi;
-mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan asosiy va yordamchi xizmat ko‘rsatish xarajatlarining pastligi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida kichik korxonalarning o‘rni va roli juda katta ahamiyatga ega. Shu sababli mustaqillik yillarida o‘rta va kichik korxonalarning rivojlanishiga alohida e’tibor berildi. Natijada ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 50 foizdan oshmoqda.Yirik, o‘rtacha va kichik korxonalar oqilona rivojlantirilgandagina ijtimoiy ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishish mumkin. Bu vazifani hal etish ishlab chiqarishni konsentrsiyalashtirishga bevosita bog‘liqdir. Buning uchun korxonalarning optimal yirikligini aniqlash kerak bo‘ladi. Optimal yiriklikdagi korxonalar deb, texnika taraqqiyotining hozirgidavrida mahsulot ishlab chiqarilishi va uni iste’molchilarga yetkazilishining minimal darajadagi ijtimoiy mehnat xarajatlari evaziga ta’minlaydigan korxonalarga aytiladi. Optimal yiriklikdagi korxonalar o‘zaro bog‘langan yirik, o‘rtacha va kichik ishlab chiqarishlarni o‘z ichiga olib, agar ularning har biri oqilona ixtisoslashgan bo‘lsa, yirik korxonalarning barcha afzalliklarini o‘zida saqlab qoladi. Demak, kelajakda O‘zbekistonda madaniy-lashgan, to‘laqonli, bozor iqtisodiyotini yaratish, iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish jarayoni yirik va o‘rta korxonalarni oqilona uyg‘unlashtirishni taqozo etadi.



Yüklə 446,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin