Ishlari vazirligi


XIX asr birinchi yarraida o'zbek xonliklarining jug'rofiy-siyosiy o'rni, davlat boshqaruvi va ijtimoiy-siyosiy hayoti



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə12/31
tarix06.06.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#31659
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Ishlari vazirligi


2. XIX asr birinchi yarraida o'zbek xonliklarining jug'rofiy-siyosiy o'rni, davlat boshqaruvi va ijtimoiy-siyosiy hayoti

Buxoro amirligi. Buxoro amirligi o'zbek xonliklari orasida o'zining hududiy o'rni, aholisi va tabiiy resurslari jihatidan muhim mavqega ega edi.

XIX asrga keiganda, Buxoro amirligining hududi qariyb 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etardi. Uning chegaralari janubda Amudar-yoning so'l qirg'og'idan boshlanib, Sirdaryoga qadar cho'zilgan qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik sharqda Pomir togiari, g'arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo'lgan hududni ishg'o! etardi. Buxoro va Samarqand kabi yirik shaharlar joylashgan Zarafshon vodiysi amirlikning markaziy qismi hisoblanardi. Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kafirnihon, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, hozirgi Turkma-niston hududidagi Murg'ob daryosi vohalaridagi yerlar Buxoro amirligiga qarar edi.

Buxoro amirligining poytaxti Sharqda eng nufuzli shahar sifatida e'tirof etilgan Buxoroyi Sharif edi. Yirik shaharlardan Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Termiz, Sherobod, Hisor, Dushanbe, Ko'lob va boshqalar amirlik tasarrufida edi. Marv va Chorjo'y sha-harlari uchun Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi o'rtasida, Jizzax, O'ratepa va Xo'jand shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Qo'qon xonligi o-rtasida tez-tez urushlar bo'lib, bu shaharlar qo'ldan-qo'lga o'tib turardi.

XIX asr birinchi yarmida Buxoro amirligida 2 millionga yaqin aholi yashardi. Aholi amirlikning sersuv vohalarida yashab, jazirama issiq, suvsizlik hukmronlik qiluvchi Qizilqum sahrolari va cho'llari kimsasiz yastanib yotardi. Zarafshon vodiysida 300-350 ming, Qashqadaryo vohasida 500 ming, Surxondaryo vohasida 200 ming, Sharqiy Buxoroda 500 mingcha aholi yashardi. Amirlikning yirik shaharlari - Buxoroda 60 ming, Samarqandda 50 mingga yaqin aholi yashardi.

Aholi etnik jihatdan ko'pgina elatlardan iborat bo'lib, ularning qariyb 57 foizi o'zbeklar edi. O'zbeklar bir qancha qabilalardan tashkil topgan bo'lib, ular orasida mang'it, saroy, qo'ng'irot, jabg'u, qarluq, qalmoq, nayman, qipchoq, ming, yuz qabilalari ko'pchilikni tashkil etardi. Ular asosan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalaridagi shahar va qishloqlarda yashardi.

Buxoro amirligining Xisor, Dushanbe, Sharqiy Buxorodagi Vaxsh, Kafirnihon va Panj daryolari vodiylarida, asosan tojiklar yashar edi.

Amirlikning janubiy va garbiy qismida turkmanlar, shimoli-sharqiy tomonida qozoq va qirg'izlar yashardi. Shuningdek, amirlik hududida afg'onlar, eroniylar, arablar, yahudiylar, hindlar va boshqa etnik guruhlar mayjud edi.

Aholining aksariyat ko'pchiligi qishloqlarda istiqomat qilardi. Ular dehqonchilik, chorvachilik bilan shug'ullanardi. Sug'oriladigan yerlarda paxta, bugdoy, sholi, jo'hori, bog' va poliz mahsulotlari' yetishtirilar edi. Uzum, olma, nok, shaftoli, o'rik, gilos, anjir, qovun, tarvuz yetishtirilardi. Meva-chevaJar quritilib shirinlik o'rnida ishlatilardi. Chorvachilikda qo'ychilik, qorako'l qo'ychiligi, hunarmandchilikda gilamdo'zlik, o'ymakorlik, zardo'zlik, tegirmonchilik, ko'nchilik, to'quvchilik, temirchilik, kulolchilik, beshikchilik, sandiqchilik, etikdo'zlik, moyjuvozlik, sovungarlik keng tarqalgan edi,

Amirlik iqtisodiy hayotida qoloqlik, turg'unlik hollari mayjud edi, aholining turmushi past darajada edi. Yerga egalik shakli ming yillar davomida o'zgarmay kelmoqda edi, aholiga soliiiadigan o'lpon va soliqlar haddan tashqari ko'p edi. Aholi sotib olish qobiliyatining pastligi hunarmandchilikning rivojlanishiga to'sqinlik qilardi.

Buxoro amirligi monarxiyatipidagi davlat bo'lib, amir cheklan-magan hokimiyatga ega edi.

XIX asr boshlariga keiganda, amirlikda xizmatkor amaldorlar tabaqasi shaklfandi. Faqat amir saroyining o'zida 300 ga yaqin amaldor xizmat qilardi. Bu tabaqa davlat xazinasidan maosh olar, amirga batamom qaram bo'lib, ularni amirning o'zi tayinlar yoki egallab turgan lavozimidan olib tashlar edi. Amaldorlar amir farmoyishini bajaribgina qolmay, uning istak-xohishi va ko'nglini topa bilishlari, unga doimo xushomad qilishlari kerak edi. Shu bois, saroyda xushomadgo'ylik, amir shaxsini ulug'lash rasm bo'lib qoladi. Amir va uning oilasigagina emas, quyi mansabdagilar yuqori amaldorlarga ham xushomadgo'ylik qilardilar. O'z mavqeyi, turmushi, oilasining omonligi, mulki uchun qo'rqish, ertangi kunga ishonmaslik kabi og'ir vaziyat vujudga keladi. Qisqasi, mansabdorning taqdiri to'lig'icha yuqori amaldor qo'lida edi. Mansabni sotish, poraxo'rlik keng tarqaldi.

Amirlkdagi mansab va unvonlar.
• Qushbegi, dargoh vaziri, ya'ni bosh vazir lavozimi edi. Davlatning barcha boshqaruv idoralari unga itoat etar edi. Bir so'z bilan aytganda, barcha ijroiya hokimiyat qushbegining qo'lida edi. Viloyat va tuman hokimlari ham qushbegi tavsiyasiga binoan tayinlanar edi. Qushbegi xon istiqomat qilib turgan arki oliyda turar edi.

• Devonbegi - xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliq va jarimalarning undirilishi ustidan nazoratni ham devonbegi amalga oshirgan. Devonbegi arki oliyning bir chetida yashagan.

• Ko'kaldosh - (xon bilan bir onadan sut emgan kishi) butun amiriik hudiidida amirga va amirlikka nisbatan do'stona yoki dushmanlik munosabatida bo'luvchilar haqidagi ma'lumotlarni to'plab hukmdorga yetkazib turgan.

• Mushrif - lavozimida ishlagan amaldorlar xonga in'om etilgan buyumlarni hamda harbiy anjomlarni ro'yxatga olish bilan mashg'ul bo'Igan. Soliq tushumlarini ham maxsus daftarga yozib borgan.

• Mirshab - tungi qorovullar boshlig'i vazifasini bajargan.

• Dodxoh - fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi, hal etuvchi mansabdor bo'Igan, bularni kerak bo'lsa xon yoki qushbegiga yetkazib turgan.

• Inoq - bu lavozimda ishlagan amaldorlarning vazifasi amir farmoyishlarini bek va boshqa tabaqadagi mahalliy mansabdorlarga yetkazishdan iborat bo'Igan.

• Miroxo'r - amirning ovchi qushlarini tasarruf qiluvchilar ustida turgan, xon ovlarini uyushtirish ishiga mutasaddi bo'Igan.

• Dasturxonchi - amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas'ul amaldor.

• To'qsoba - amir tug'i sohibi bo'Igan harbiy mansabdor.

• Parvonachi - biror shaxsning biror lavozimga tayinlanganligi haqidagi yorliqni o'sha shaxsga yetkazuvchi amaldor.

• Sadrlar - vaqf mulklarini boshqaruvchi mansabdorlar. Vaqf muas-sasasining boshliqlari bo'Igan mutavallilar sadrlarga bo'ysunganlar. Sadrlarning vazifa va huquqlari vaqf yorlig'i shartlarida qayd etib qo'yilgan. Sadrlar vaqf xo'jaligi daromadining ma'lum qismini olardilar.

• Shayxulislom - musulmon jamoasi boshlig'i. Qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda qonunlarga rioya etilishini ta'minlovchi amaldor. Bu lavozim avloddan-avlodga meros bo'lib ham o'tgan.

• Katta qozi (Qozi kalon) - davlatning oliy qozisi (sudyasi). Amir aralashmaydigan barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Qozi kalon "Shariat panoh" deb atalardi. Qozi kalon huzurida a'lam va 12 muftiydan iborat devon tuzilgan. Uning vazifasi jinoiy ishlarni har tomonlama ko'rib chiqishdan iborat bo'Igan.

• Muftiy - qozi kalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo'yicha, shariat qonunlariga asoslanib fatvo chiqargan. Bu fatvo uning yoki bir necha muftiyning muhri bilan tasdiqlangach, qoziga berilar edi. Qozi bu fatvoga asoslangan holda hukm chiqarardi.

Amaldorlarga amir nazariga tushgan xizmatlari uchun otaliq, eshik og'asi kabi e'tiborli unvonlar berilgan. Xonning, uning o'g'illarining ham otalig'i bo'Igan. Amaldorlar harbiy yurishlarda ham qatnashgan.

Xon yig'inida amaldorlarning amaliga qarab o'rni bo'lar edi. Shunga ko'ra, ular xonning o'ng va so'l tomonida, unga yaqinroq va uzoqroq yerda o'tirardilar. Ba'zilari o'tirishar, ba'zilari esa tik turishardi. Kattaroq amaldor saroyga ot minib kirsa, ba'zilari piyoda kirardi.

Amirlikda amaldorlardan tashqari diniy ulamolar ham katta mavqega ega edi. Ular o'zlarini Muhammad payg'ambarning avlodlarimiz deb hisoblovchi sayidlar hamda choryor halifalar -Abubakr, Umar, Usmon va Ali avlodlaridanmiz deyuvchi xo'jalardan iborat edi. Ular katta yer-suvga, savdo do'konlariga, hunarmandchilik ustaxonalariga ega edilar. Amirlikda jo'ybor shayxlari alohida mavqega ega bo'lib, XIX asrda ular Buxoroda 16 mahalla bo'lib yashardi.

Sudlov ishlarida shariat qonun - qoidalariga rioya etilishini ta'minlashda shayxulislom, a'lam va qozilar amirning eng yaqin yordamchilari edi. Amirlikda eng katta mansabdorlardan biri Qozi kalon hisoblanardi. Uning mahkamasida har bir viloyatdan bittadan qozi ish olib borardi. Ularni amirning o'zi tayinlardi. Qozi din masalalari, oila, meros, jinoiy ishlarga oid masalalar bo'yicha hukmlar qabul qilardi.

Buxoro amirligi 27 beklik: Karmana, Xatirchi, Ziyovuddin, Nurota, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog', G'uzor, Boysun, Sherobod, Denov, Karki, Chorjuy, Xisor, Ko'lob, Qorategin, Darvoz, Baljuvon, Sho'g'non-Rushon, Qo'rg'ontepa, Qobodiyon, Kalif, Bo'rdalik, Qoboiyonbekliklaridan iborat edi. Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab qo'yiladigan hokimlar - beklar idora qilardi. Hokim huzurida yuzlab mahalliy ma'murlar xizmat qilardi. Manbalar amirlikda mahalliy ma'murlar soni 30000 kishini tashkil etganligidan giivohlik beradi. Hokim va uning xizmatkorlariga maosh davlat xazinasidan berilmas edi, ular mahalliy aholidan olingan turli - tuman soliq va to'lovlar hisobiga tirikchilik qilishardilar. Hokimlar, soliq yig'uvchilar, qozilar xohlagancha ish yuritardilar, ularning faoliyatini belgilovchi qonun-qoidalar yo'q edi. Ularning suiiste'mol-lari xalq gardaniga og'ir yuk bo'lib tushardi.

XIX asr 30— yillarida amir qo'shinida J9 mingga yaqin yollangan askarlar bo'lib, ular turli shahar va istehkomlarda harbiy xizmatni o'taganlar. Qo'shin askarlari, asosan, o'q-yoy, nayza, qilich, xanjar, oybolta kabilar bilan qurollangan. Manbalar amir qo'shinida piltali miltiqlar va kichik to'plar ham bo'lganligidan guvohlik beradi.

Amir qo'shinining jangovarlik darajasi past edi. Askarlar harbiy mashqlargamsbatan ko'proq mehnat bilan band bo'lardi. Sipohlikka 15 yoshdan 70 yoshgacha erkaklar olinardi, qo'shin safida keksayib qolganlar anchagina bo'lardi. Amirlikning yillik daromadi 2 mln. 300 ming so'm bo'lgani holda, uning 1 mln. 300 ming so'mi qo'shinni saqlashgasarflanardi. Oziq-ovqat yetishmasligidan sipohlar qochardi, kiyimi yupun edi. XIX asr O'rtalarida askarlar soni, piltali miltiq va to'plar ham anchagina ko'paygan. Qo'shinda yuz boshi, ming boshi singari harbiy favozimlar bo'lib, umumiy qo'mondonlikni lashkar-boshi boshqargan. Amirlikning qo'shini muntazam bo'lmay, zaruriyat bo'lganda to'planardi, ularni to'plash qiyin kechardi. Bu amirlikning zaif tomonlaridan biri edi.

Xiva xonligi. Manbalarda ko'rsatilishicha, XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligining hududi 19 ming kvadrat milni tashkil etgan. Xonlik janubda Eron bilan, sharqda Buxoro amirligi, g'arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Suvsiz, cheksiz Qoraqum, Qizilqum sahrolari Xiva xonligini hududiy jihatdan boshqa mamlakatlardan ajratib qo'ygan edi. Quyi Amudaryo bo'yi Xiva xonligining markaziy qismini tashkil etardi. Amudaryo sohillarida joylashgan Xiva, Urganch, Qiyot, Ko'hna Urganch, Xazorasp, Qo'ng'irot, Xo'jayli, Kurdar (hozirgi Chimboy) shaharlari xonlik-ning yirik shaharlari edi. O'rta Osiyoning eng boy savdo markazlaridan biri bo'lgan Xiva shahri xonlikning poytaxti hisoblanardi. Shahar ikki qismdan — Ichan qal'a (shaharning ichki qismi) va Dishon qal'a (shaharning tashqi qismi)dan iborat edi. Ichan qal'ada xon qarorgohi va harami, 17 ta masjid, 22 ta madrasa, karvonsaroy va bozor joylashgan bo'lib, ular asosan XIX asrda barpo etilgan. 1842— yilda Dishon qal'a qurilib, devor bilan o'rab olinadi. Dishon qal'ada hunarmandlar, savdogarlar, mardikorlar, qisman dehqonlar ham istiqomat qilganlar.

Xiva xonligida taxminan 800 mingga yaqin kishi yashardi. Aholining ko'pchilik qismi o'zbeklar bo'lib, ulardan eng kuchli va ko'p sonlilari qo'ng'irot, nayman, qiyot, uyg'ur, nukuz, qangli, xitoy, qipchoq qabilalari edi. O'zbek qabilalari asosan Amudaryo tarmoq yoygan qismida, kanallar bo'ylarida joylashgan edi.

Aholining anchagina qismini (taxminan 1/4 qismi) turkmanlar tashkil etardi. Turkmanlar qadimgi o'g'izlarning avlodlari bo'lib, forscha gaplashuvchi mahalliy xalqlar, o'zbeklar bilan qorishib ketgan edi.

Qoraqalpoqlar yashaydigan Amudaryoning quyi havzasi va Orol dengizining janubiy qirg'oqlari Xiva xonligi tasarrufida edi. Qoraqalpoqlar bu hududdagi sho'rxok yerlarni qancha mashaqqatlar bilan o'zlashtirib tirikchilik qilardi. Dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, ovchilik qoraqalpoqlarning asosiy mashg'uloti edi.

Xonlikning shimoliy qismida qozoqlar yashardi. Shuningdek, xonlikda qisman forslar, arablar va boshqalar ham yashagan.

Muhammad Rahim I (1806-1825 yillar) davrida xonlikdagi o'zaro urushlar biroz tinchidi, xonlikni birlashtirish nihoyasiga yetdi. Qoraqalpoqlar hamda turkmanlarning chavdor qabilalari ham bo'ysun-dirildi. Mamlakatda o'tkazilgan soliq islohoti, bojxona joriy etilishi, oltin pul zarb etilishi xo'jalik ishlariga o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatdi. O'z vaqtida yig'ib olingan soliqlar xonlik daromadini oshirdi.

O'rta Osiyodagi qo'shni davlatlar singari Xiva xonligi ham monarxiya tipidagi davlat edi. Davlat tuzumi Buxoro amirligiga o'xshardi. Oliy hokimiyat xon qo'lida bo'lib, uning huquqi chegaralanmagan -hokimi mutlaq edi. Xiva xonligida qulchilik rasmiy jihatdan hamon mavjud edi. Dishon qal'ada qul bozori bo'lib, qullar sotilguncha ushlab turuvchi maxsus bino mavjud edi. Qul savdosi ayrim toifadagi odamlar uchun daromadli edi, qul sotish bilan ko'proq turkmanlar shug'ul-lanardi. Ular Eron, Afg'oniston, Badaxshonga hujum qilib, qishloq aholisini qul qilar, bozorda sotardi.

Xonlikda eng nufuzli lavozim bosh vazir yoki qushbegi bo'lib, u soliqlarni to'plash va xonning topshiriqlarini bajarish bilan shug'ullangan.

Saroyda Otaliq, Rais, Qozikalon, Shayxulislom, Mirobboshi, Mirshabboshi, To'pchiboshi, Yasovulboshi kabi amaldorlar xon xizmatida bo'lardi. Devonbegi xon devonini boshqarardi. Xazinachi xonlikning kirim va chiqim hamda sarf-xarajatlarini yuritar, bu haqda xon yoki bosh vazirga hisob berar edi.

Xonlikdagi eng katta mansab va unvonlar inoq, otaliq, biy hisob-lanardi. Bunday lavozimga ko'tarilganlar xonga eng yaqin odamlar bo'lib, soliqlardan ham ozod qilinar edi. Bunday unvonlar xon farmoni orqali e'lon qilingan va yorliqlar berilgan.

Saroyda mirzaboshi, munshiy, mahramboshi kabi mansabdorlar ham faoliyat ko'rsatishgan.

• Ma'muriy-hududiy jihatdan Xiva xonligi Xazorasp, Gurlan, Xonqa, Ko'na Urganch, Qo'shko'pir, Pitnak, G'azovot, Qiyot, Shoxabboz, Shovot, Toshhovuz, Ambor-manoq, Urganch, Xo'jayli, To'manoy, Qo'ng'irot kabi beklik yoki viloyatlarga bo'lingan.

Bekliklarni xon tomonidan tayinlangan beklar, noibliklarni noiblar idora qilgan. Век va noiblar huzurida ularga xizmat qiluvchi ko'pdan-ko'p amaldorlar bo'lgan.

Xiva shahri shaxsan xonning va bosh vazirning izmida bo'lgan. Shahar ichki tartiblari va osoyishtaligi mirshabboshi, jinoiy ishlarni ko'rish va jazo tayinlash shahar qozisi, poytaxtni tasodifiy hujum-Iardan himoyalash To'pchiboshi va Ichan-qal'a, Dishon-qal'a qutlovi (komentanti) zimmasida bo'lgan.

Xiva xonligida taxminan 40 ming otliqdan iborat qo'shin bo'lib, qo'shinga lashkarboshi qo'mondonHk qilgan. Askarlik xizmatida bo'lganlar soliqlardan ozod etilgan. Yurishda qatnashgan har bir suvoriy 5 oltin tanga olgan. Xonning ko'rsatmasiga binoan, o'zini ko'rsatgan harbiy lavozimdagilarga 10,20, 50,100 va undan ham ko'proq miqdorda oltin tanga berilgan. Biylarga 50-100 tanga, yuzboshilarga 10-20 tanga maosh berilgan. Tinchlik paytlarida askarlar xo'jalik ishlari bilan shug'ullanganlar.

Xon qo'shinlari Buxoro qo'shinlari kabi qilich, o'q-yoy, nayza bilan qurollangan. Ozchilik askarlarda pilta miltiqlar ham bo'lardi, oz miqdorda to'plar ham bor edi.

Qo'qon xonligi. XIX asr birinchi yarmida Qo'qon xonligi hududiy jihatdan O'rta Osiyodagi yirik davlat edi. Qo'qon xonligi sharqda Sharqiy Turkiston, g'arbda Buxoro amirligi bilan chegaradosh edi. Xonlik hududi shimolda uchala qozoq juzlarini batamom o'ziga bo'ysundirib olgan Rossiya bilan chegaralanardi. Xonlikning janubiy chegaralari Qorategin, Ko'lob, Darvoz, Sho'g'non singari tog'li hududlarni o'z ichiga olar, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan qonli urushlar bo'lar, ular qo'ldan-qo'lga o'tardi.

Qo'qon xonligi hududi Buxoro amirligi va Xiva xonligidan farqli o'laroq sersuv daryolari, so'lim vodiylari, serhosil yerlari ko'p edi. Xonlikning markazi Qo'qon, Marg'ilon, O'zgan, Andijon, Namangan kabi yirik shaharlar joylashgan Farg'ona vodiysi edi. Toshkent, Chimkent, Turkiston, Avliyoota, Pishpak, So'zak, Oqmachit kabi yirik shaharlar ham Qo'qon xonligi tasarrufida edi.

Qo'qon xonligida ahoii nisbatan zich joylashgan bo'lib, taxminan 3 millioncha kishi yashardi. Xonlikning poytaxti Qo'qonda 80 000, Toshkent shahrida 60000 aholi yashagan.

Qo'qon xonligi aholisining ko'pchilik qismi o'zbeklar edi. Shu-ningdek, xonlik aholisi tojiklar, qirg'izlar, qozoqlar, uyg'urlar, qora-qalpoqlardan iborat edi. Bular bilan yonma-yon yahudiylar, tatarlar, hindlar va boshqa elatlarning vakillari ham yashardi.

Qo'qon xonligida davlat boshqaruvi Buxoro va Xivanikiga o'xshardi. Xon huquqi hech nima bilan chegaralanmagan hokimi mutlaq edi. Xondan keyingi ikkinchi shaxs vazir hisoblanib, u muhim davlat masalalarini xon bilan kelishgan holda hal etardi. Markaziy davlat boshqaruvida Qushbegi, Otaliq, Devonbegi, Mingboshi, Shayxulislom, Qozikalon, Parvonachi, Shig'ovul, Sarkor, lnoq, DastUrxonchi, Amin, Yasovulboshi kabi amaldorlar xizmat qilardi. Saroy qoshida maxsus kengash tuzilgan bo'lib, uning tarkibiga eng oliy mansabdor shaxslar kirgan. Xon kengashning raisi masalani hal qiluvchi shaxs edi.

Qo'qon xonligida qo'shinni, aslahaxonani, harbiy ishlarni mingboshi boshqarardi. Qo'shinda beshyuzboshi, yuzboshi va o'nboshi harbiy lavozimlari bor edi. Qo'shinning bir qismi muntazam xizmatda bo'lib, markaziy hokimiyat ixtiyorida bo'lardi. Xon gvardiyasi deb atalgan bu harbiy qismda qipchoqlar, qirg'izlar va tojiklar katta o'rin tutardi. Urush paytlarida xon tajribali zobitni lashkarboshi qilib tayinlardi. Harbiy xizmatdagilarga bir ot va egar-jabduq berilar edi. Yuzboshiga bir yilga 147 so'm, ellikboshiga 98 so'm, o'nboshiga 65 so'm, oddiy sarbozga 48 so'm maosh to'lanardi. Markaziy hokimiyat tasarrufida bo'lgan 10 ming kishiga yaqin suvoriylar qismi harbiy xizmatchilariga davlat xazinasidan maosh to'langan. Harbiy qo'shin qilich, nayza, piltali miltiq bilan qurollantirilgan. Shuningdek, qo'shinda to'plar ham bor edi.

Qo'qon xonligi 15 beklik, harbiy okrugga bo'lingan bo'lib, ular-ning yarmidan ko'piga xonning o'g'illari yoki qarindoshlari hokimlik qilardi. Hokimlar o'z hududidagi harbiy kuchlar qo'mondoni hamda fuqarolik boshqaruvining boshlig'i edi. Hokimlar xonning birinchi da'vatidanoq o'z qo'shinlari bilan belgilangan joyga yetib kelishi shart edi. Shu tariqa, xon ancha qo'shin to'plash imkoniyatiga ega edi. Qo'qon xoni zarurat bo'lganda, oziq-ovqat ortilgan 12 ming aravaga ega bo'lgan 60 mingtachasipohni yig'aolardi.

3. Xonliklarda o'zaro va ichki kurashlarning avj olishi, uning oqibatlari

Chor Rossiyasi butun Sibirni bosib olib, qozoq va qirg'izlar yashovchi hududlar - kichik juz, O'rta juz va katta juzni o'ziga bo'ysundirib, endi O'rta Osiyoga siljib kelmoqda edi. Rossiya bilan Qo'qon xonligi bevosita chegaradosh bo'lib qolgan edi.

Rus hukumatining Qo'qon xonligiga tazyiqi xonlikning qozoq va qirg'izlarga nisbatan ta'sir doirasini kamaytirish siyosati va amaliyotida yaqqol ko'rinmoqda edi. Bu yovuz niyatni barcha o'zbek xonlari tushunardi, ammo ojizligi tufayli tajovuzni bartaraf etish bo'yicha taqozo etgan darajada tadbir topolmadilar.

Vaziyat uchala xonlikning birlashib dushmanni daf etish yo'lidan borishini talab qilardi. Amalda esa buning aksi bo'ldi, ular birlashish o'rniga o'zaro kurashni avj oldirdilar. Xususan, Qo'qon xonligida notinchlik, hokimiyat uchun ichki kurash avj olib ketdi.

Qo'qon xoni Muhammad Alixon (1822-1841) taxtga o'tirgandan boshlab 1834— yilgacha Qorategin, Ko'lob, Darvoz viloyatiga to'xtovsizyurishlarqilib, ularni Qo'qon xonligigabo'ysundirdi. 1826-1831— yillardavomida esabir necha marta Qoshg'arga bostirib bordi, xitoyliklar bilan urush qildi, ming-minglab kishilarning qirilib ketishiga sababchi bo'ldi.

Muhammad Alixon o'z atrofidagilarning ta'siriga tushib, hatto o'z otasining eng obro'li a'yonlarini ta'qib qildi, xon hokimiyati bilan mahalliy amaldor-zodagonlar O'rtasida tarkib topgan ittifoqni buzdi. Ularning ayrimlari qatf etildi, surgun qilindi, ba'zilari Buxoroga qochib ketishdi. Omon qolganlar xondan norozi bo'lganlarni o'z atrofiga to'plab, xonni taxtdan qulatishga tayyorlana boshladilar. Xonning yengiltakligi, aysh-ishratga berilishi aholini o'ziga qarshi qilib qo'ydi. Ruhoniylar xonni axloqsizlikda, shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq targ'ibot olib borishdi.

Xondan norozi bo'lganlar 1839— yilda o'z elchilarini Buxoro amiri Nasrullo huzuriga yuborib, yordam so'raydi. Bu vaqtda Buxoro amiri bilan Qo'qon xoni O'rtasida Jizzax, O'ratepa va Xo'jand uchun urush borayotgan edi. Amir Nasrullo Qo'qon qo'shinini tor-mor etib, Jizzax, O'ratepa va Xo'jandni o'z tasarrufiga kiritadi. Endi Qo'qon sari otlandi. Ayni paytda, 1841— yilda Muhammad Alixonning zulmiga qarshi Qo'qon shahar aholisi qo'zg'olon ko'tardi. Xon O'rdadan qochib kctdi. Qo'zg'olonchilar talabiga binoan bir necha aybdor shaxslar qatl etildi.

Xalq Buxoro amiri Nasrulfoning Qo'qonga hujum qilmoqchi bo'lganligini eshitgach, qo'zg'olonni to'xtatdilar. Buxoro amiri o'z qo'shinlari bilan Qo'qonga yaqin joylashgan Beshariqqa kelganda Muhammad Alixon elchilar orqali amir Nasrulloga qimmatbaho sovg'alar yuborib, Xo'jandni amirga topshiradi va o'zini Buxoro amirining noibi deb tan oladi. Amir Nasrullo esa Buxoroga qaytib ketadi. O'z taxtini saqlab qolgan Muhammad Alixon o'ziga yoqmagan kishilarni yana ta'qib etish, qatl qilishni davom ettirdi. Poytaxtda yana norozilik kuchayib, qo'zg'olon boshlandi. Nihoyat, 1841-yil noyabr oyida Muhammad Alixon taxtdan voz kechishga majbur bo'ladi. Uning ukasi Sulton Mahmud xonlik taxtiga chiqadi. 1842— yili Buxoro amiri Nasrullo Qo'qonga qarshi o'z qo'shinlarini safarbar etdi. Qo'qon qo'shinlari tor-mor etildi. Qo'qon xonligi Buxoro amirligiga bo'ysundirildi. Qo'qonning taslim bo'lishiga xoniikdagi parokandalik va xalqning o'z hukmdoridan noroziligi sabab bo'ldi. Muhammad Alixon o'z a'yonlari bilan tutib olindi va amir Nasrullo buyrug'iga binoan qatl etildi. Hatto xalqning sevimli shoirasi Nodiraga ham shafqat qilinmadi.

Amir Nasrulloning Qo'qon xonligidagi hukmronligi uzoqqa cho'zilmadi. Amirning Qo'qondagi noibi Ibrahim dodxohning Qo'qon xonligi aholisini ilgaridan undirib kelingan soliqlarga qo'shimcha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni ham majbur qilishi natijasida butun Qo'qon xonligi hududida 1842— yili katta qo'zg'olon ko'tarildi. Uning oqibatida amirning Qo'qondagi noibi va beklari hokimiyati ag'darildi.

Buxoro amirligi hokimiyatiga qarshi kurashda Qo'qon aholisining qo'zg'olonini tashkil etgan mahalliy kuchlar Farg'ona vodiysida ko'chib yurgan qipchoqlar madadiga tayangan edilar. Qo'qon xonligining mustaqilligi tiklandi. Taxtga Norbo'tabiyning jiyani Sherali o'tkazildi. Qo'qon xonligi mustaqilligini tiklashda ming urug'iga katta madad bergan qipchoqlar xonliksiyosiy hayotidakatta mavqegaega bo'lib oldilar. Qipchoqlar yo'Iboshchisi Musulmonqul qo'shin boshlig'i, bosh vazir, bosh maslahatchi etib tayinlandi. Amalda davlat boshqaruvi ishlari uning qo'lida to'plangan edi. Eng mas'uliyatli davlat ishlari lavozimlarigaqipchoq zodagonlari tayinlandi.

Qo'qondagi mag'lubiyatga chiday olmagan amir Nasrullo yana Qo'qonga yurish qildi. Qo'qon shahri 40 lain qamal qilindi. Ayni paytda, Xiva xoni Olloqulixon Buxoro amirligiga qarashli Chorjo'yga hujum boshladi. Amir Nasrullo Buxoroga qaytishga majbur bo'ldi. 1843— yilda Xazorasp yaqinida Buxoro va Xiva qo'shinlari O'rtasida katta jang bo'ldi. Amir Nasrullo mag'lubiyatga uchradi. Bundan foydalangan Qo'qon xonligi Xo'jand bilan Toshkentni yana o'z tasarrufiga kiritdi.

Sheralixon hukmronligi davri aholidan soliq undirish kuchayishi bilan ajralibturadi. Bu hoi mehnatkash aholining noroziligini keltirib chiqardi. Bundan tashqari davlat ishlarida muhim lavozimlarni egallab olgan qipchoqlar davlat hayotining har bir sohasidao'z hukmron-liklarini o'tkazishga, boshqa o'zbek qavmlari, qirg'iz va tojiklarning mamlakat hayotidagi ta'sirini kamaytirishga urindilar.Qipchoqiarning Qo'qonga ko'chib kelishi yanada kuchaydi. Ular mahalliy aholining uy-joyini, mol-mulkini zo'ravonlik bilan egallab ola boshladilar. Bularning bari xoniikdaqipchoqlarga nisbatan norozilikni kuchaytira bordi. Sheralixon bu vaziyatni tushunib yetdi va Musulmonquldan qutilish payiga tushdi. Musulmonqul xonning niyatini sezib qoladi va unga qarshi fitna uyushtiradi. Bu fitnani amalga oshirish uchun qulay fursat ham yetgan edi. Fitna rejasiga ko'ra, Musulmonqul soliqlarning haddan tashqari og'irligidan norozi bo'lib qo'zg'olon ko'targan O'sh aholisining qo'zg'olonini bostirish uchun qo'shin bilan jo'nab ketishi, ayrim siyosiy kuchlarning vaziyatdan foydalanib Samarqandda yashayotgan marhum Qo'qon xoni Olimxonning o'g'li Murodxonni olib kelib Qo'qon taxtigao'tkazilishi nazardatutiladi. Qipchoqlardan norozi bo'lgan mahalliy aholining Murodxonni qo'llab-quwatlashiga Musulmonqul ishonaredi. Musulmonqul O'shdan qaytgach, "davlat to'ntarishida" ishtirok etganlarning barchasini jazolashi, shu yo'l bilan o'zining barcharaqiblaridan qutulmoqchi, qipchoqlarning tola hukmronligini o'rnatmoqchi edi. Amalda ham shunday bo'lib chiqdi.

Bu mash'um niyatdan habari yo'q Murodxon Isfara hokimining Eaklifiga ko'ra Qo'qonga keladi va taxtga da'vo qiladi. Bu bo'layotgan katta «siyosiy o'yin»ning tagida nima yotganini tushunib yetgan Sheralixon Murodxon foydasiga taxtdan voz kechadi. Tez orada Murodxon buyrug'i bilan Sheralixon o'Idiriladi. Musulmonqulga esa o'z lavozimida qolganligi haqidagi farmon jo'natiladi. Mash'um niyati amalga osha boshlagan Musulmonqul o'z qo'shinlari bilan Namanganga keladi. Avval, o'zining 12 yashar qizini marhum Sheralixonning o'g'li Xudoyorxonga nikohlab beradi. 13 yoshli Xudoyorxon bu davrda Namangan hokimi edi. Shundan so'ng, Qo'qonga kelib Murodxon va uni qo'llab-quvvatlaganlarni fitnachi sifatida ayblab, ularni qatl ettiradi. Kuyovi Xudoyorxonni taxtga o'tkazadi. Xudoyorxon yosh bo'lganligi tufayli amalda xonlikni qaynotasi Musulmonqul boshqaradi. Shunday qilib, xonlikda amalda qipchoqlar hukmronligi davri boshianadi.

Endilikda qipchoqlar Qo'qongayoppasiga ko'chib kelaboshladilar, mahalliy aholini shahardan haydab chiqardilar. U laming uy-joylariga egalik qilib oladilar. Sug'orish inshootlarini qo'lga kiritdilar, aholi endi suv uchun qipchoqlargasoliqto'laydigan bo'ldi. Bularning bari o'z navbatida xonlikda hukmronlarga qarshi qo'zg'olon ko'tarish xavfini tug'dirdi. Bunday vaziyatda Musulmonqul o'z mavqeyini yo'qotmaslik uchun ruslar bilan aloqa o'rnatishga intiladi va rus qo'mondonligi vakili V.V.Velyaminov - Zernov bilan maxfry ravishda uchrashadi. Bu hoi Xudoyorxonni qattiq cho'chitib qo'yadi. Ana shunday sharoitda xon birdan-bir to'g'ri yo'lni tanlaydi. Bu yo'l -qaynotasi Musulmonqul vaqipchoqlar hukmronligiga xotima berish edi. U shunday yo'l tutdi ham. Biroq, bu niyat juda shafqatsizlik bilan amalga oshirildi. 1852— yil 9-oktabr - Qurbon hayiti kuni u Toshkentdan chaqirilgan qo'shin bilan qipchoqlar qirg'inini uyushtirdi. Uning bu harakatini mahalliy aholi qo'llab-quvvatladi. Qayinotasi Musulmonqul asir olinib, Qo'qonga keltirildi va qatl etildi.Qipchoqlarning mol - mulklari musodaraqilindi, ular mahalliy aholigasotildi. 1854— yilda qipchoqlar Andijon va Marg'ilonda qo'zg'olon ko'tardi, Buxoro amiri qo'zg'olonchilarga madad berdi. 1855— yilda yana qo'zg'olon ko'tarildi. Toshkent, Chimkent, Turkiston shaharlarida ham qo'zg'olonlar bo'ldi.

Musulmonqul hukmronligiga xotima berilgan, qo'zg'olonlar bostirilgan bo'lsa-da, ichki nizolar bu bilan barham topmadi.

Xudoyorxon aholidan soliq yig'ishni kuchaytiradi, aholiga jabr-sitam oshib bordi. Xalqning noroziligidan foydalanib, xonning ukasi Mallaxon qo'shin to'plab, 1858— yilda xon tarafdorlarini tor-mor keltirdi va Qo'qonni egalladi. Xudoyorxon Buxoroga qochib ketdi. Mallaxonga ham fitna tayyorlandi va 1862— yilda Mallaxon o'ldirildi. Shohmurod xon deb e'lon qilindi. Mallaxonning tarafdorlari qatl etifdi.

Alg'ov-dalg'ov avj olgan bir paytda Toshkent hokimi Qanoat o'z jonini saqlab qoiish maqsadida Xudoyorxonni Toshkentga taklif etdi. Xudoyorxon Toshkentga keldi va Buxoro amiri yordamida 1862— yilda Qo'qon taxtini egalladi. Biroq lashkarboshi Alimqul Xudoyorxonga qarshi urush boshladi, Xudoyorxon yana Buxoroga qochishga majbur bo'ldi. Alimqul Mallaxonning o'g'li Sulton Sayidxonni Qo'qon xoni deb e'lon qildi. Ammo bu bilan Qo'qon xonligida siyosiy barqarorliktarkib topmadi. Xudoyorxon 1865—yilda uchinchi marta taxtni egallaydi. Taxt uchun o'zaro ichki kurashlar avj olib borardi. Bu Rossiya bosqini arafasi va bosqin boshlangan davrda yuz berayotgan edi.

Rossiya imperiyasi bosqini arafasida Buxoro amirligida ham zodagonlar va beklarning mol-mulk, taxt, amal talashib o'zaro ziddiyatlari kuchaydi, qirg'inbarot urushlar bo'ldi. 1826-1860 -yillarda amirlik qflgarl Nasrullo shafqatsiz hukmdor edi. U taxtga chiqqach, o'z yo'lida to'siq bo'Imasin deb, akalari Husaynni zaharlab o'ldirdi, Umarni qatl eltirdi. Nasrullo taxtni cgallashda, o'ziga yordamfash-ganlarni ham tirik qoldirmadi. Taxtga o'tirgan kunidan boshlab, bir oy davomida har kuni 50-100 kishini qall qilib turdi. Shu bois, amir Nasrulloga "qassob amir" deb laqab qo'yilgan edi.

Amir Nasrullo amirlikdagi parokandalikni to'xtatish uchun shafqatsiz urushlar qildi, bo'ysunmagan shahar va qishloq aholisini qilichdan o'tkazardi. Bunga o'zlarini mustaqil deb hisoblovchi Shahrisabz bekligiga qarshi olib borilgan qonli urushlar misol bo'!a oladi. Amir Nasrullo Shahrisabzga 32 marta hujum qilib, oxiri 1856— yilda uni zabt etdi.

O'zbek xonliklarining hukmdorlari Rossiya imperiyasi tajovuzlariga nisbatan e'tiborsizlik va mas'uliyatsizlik bilan yondashdilar. O'zaro urushlar girdobiga botib, katta kuchlarni behuda qurbon qildilar, mamlakat boyligini besamar ishlarga sovurdilar. Vaqtini aysh-ishrat, kayf-u safoda o'tkazdilar.

• Taniqli o'zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy o'zining "O'tgan kunlar" romanida Yusufbek hoji iilidan quyidagi alamli so'zlarini bayon etadi. «Maqsadlari juda ochiq... Bittasi mingboshi bo'lmoqchi, ikkinchisi Normuhammadning o'rniga o'tirmoqchi, uchinchisi yana bir shaharni o'ziga qaram qilmoqchi. Ittifoqning nima ekanligini bilmagan, yolg'iz o'z manfaati, shaxsiyati yo'lida, bir-birini yeb, ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog'idan yo'qolmay turib, bizning odam bo'lishimizga aqlim yetmay qoldi... Biz shu holatda ketadigan, bir-birimizning tagimizga suv quyadigan bo'lsak, yaqindirki, chor istibdodi Turkistonimizni egallar».

Haqiqatdan ham shunday bo'ldi. Turkiston jahon taraqqiyoti jarayonidan tobora chetda qola boshladi, ilg'or davlatlardan orqada qoldi.

• Yurtboshimiz Islom Karimov xonlikfar davri tarixiga yangicha nazar tashlar ekan, tarixchi mutaxassislarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: "Nega jahonga Ahmad Farg'oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Amir

Temur, Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bcrgan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib, to shu choqqacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib ketdi? Nega so'nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqtikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay, rossiyaning o'lkamizni nisbatan oson zabt etishida ana shu qoloqlikning ham o'rni bo'Imaganmikan?".

Darhaqiqat, XVII-XIX asr jahon tarixiga moddiy va madaniy yuksalish davri bo'lib kirganligi ma'ium. Xususan, Yevropadagi bir qator mamlakatlarda ishlab chiqarish sezilarli darajada o'sdi, zavod-fabrikalar qurilib yangi texnik uskunalar bilan jihozlandi, temir yo'llar qurildi, qit'alararo dengiz yo'llari ochildi, mehnat unura-dorligi oshdi, odamlarning moddiy va madaniy turmush darajasi ko'tarildi. O'rta Osiyo xonliklari ana shunday ijobiy jarayondan chetda qoldi, qoloqlikka yuz tutdi.

O'zbek xonliklari hayotidagi qoloqlikning ildizi, sabablari nimalardan iborat?

Qoloqlikka bir qator omillar sabab bo'ldi.

Xonliklarning asrlar davomida o'zgarmay kelayotgan davlat idora usuli, tor doiradagi hukmdotiar zulmi taraqqiyotga g'ov bo'lib qolgan edi.

Asrlar davomida bir butun bo'lib kelgan mamlakatning, bir iqtisodiy va madaniy makonda yashab kelgan aholining uchga bo'linib ketishi, xonliklar O'rtasidagi urushiar, har bir xonlik ichidagi parokandalik, boshboshdoqlik va o'zaro hokimiyat uchun tinimsiz davom etgan ichki kurash, ig'vo-fasodning avj olishi, o'zaro nizo-janjallar, urushlar viloyat va tumanlarni, qolaversa, butun mamla-katni xonavayron qilardi.

Xonliklar O'rtasidagi o'zaro urushlar, etnik nizolar qabilalar ko'chishini keltirib chiqarardi yoki ular zo'rlik bilan yashab turgan joylaridan ko'chirilar edi. Bu jarayon etnik guruhbozlikni keltirib chiqarardi, qabilalarning etnik aralashuviga, bir butun xalq bo'lib qovushishiga, jipslashishigaxalaqit berardi. Davlat darajasida ham, viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona Vatan tushunchasining qadri anglab olinmadi. Odamlarni Turkistonni, xalqni birlashtirish g'oyasi ostida uyushtira oladigan yo'lboshchi topilmadi.

Aholi xon va beklarning, lavozimdagi amaldorlarning zo'ravon-ligidan, o'zboshimchaligidan, suiiste'mollaridan, g'ayriqonuniy soliq va to'lovlardan azob chekardi. Turmush darajasi past bo'lib, aholi iste'mol uchun eng zarur bo'lgan tor doiradagi oddiy buyumlar va mahsulotlar bilan qanoatlanardi. Ishlab chiqarishning faqat iste'molga yo'naltirilganiigi iqtisodiyotning o'sishi uchun turtki berolmasdi.

Xonlar va saroy amaldoriari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga xalaqit berayotgan ishlab chiqarish usulini himoya qilardi. Asosiy boylik bo'lgan yerga muikchilikning eski usuii bir necha asrlardan beri o'zgarmasdan kelardi. Xonliklarda hukmdor yerning birdan~bir egasi bo'lib, yer ishlovchilarga - dchqoniarga xatlab, ijara tarzida biriktirilgan edi. Dchqon yer egasi emas, yerdan olingan hosilning egasi edi. Shu bois, dehqon yerni asrab-avaylashga. Lining unum-dorligini oshirishga intilmasdi, manfaatdor emasdi. Dehqon yer egasi bo'lmagani uchun boshqa joylarga ketaverardi.

Dehqonchilik nochor ahvolda edi. Yerga ishlov berish o'sha-o'sha bir juft ho'kiz, so'qa-omoch darajasida qolib ketgan edi. Irrigatsiya inshootlariga ahamiyat pasayib, sug'oriladigan yer maydonlari qisqarib borardi.

Xonliklarda sanoat ishlari rivojlanmadi. Oltingugurt, rangli metallar, marmar, toshko'mir, neft kabi tabiiy boyliklar tola bo'lgan konlar bo'lsa-da, ularni izlab topish, qazib olish, kon-tog' ishlarini yo'iga qo'yishga befarqlik qilindi. O'lkada yetarli darajada yirik daryolar bo'!sa-da, ularda baliqchilikni rivojlantirish, kemasozlikni yo'iga qo'yish hech kimning xayoiiga kelmasdi.

Tovar-pul munosabatlari rivojlantirilmadi. Daromad iste'mol va qo'shin xarajatlarini zo'rg'a qoplardi, pul, oltin-kumush xon va amaldorlarning xazina to'plash manbai bo'lib qolgan edi, iqtisodiyot rivoji uchun sarflanmasdi, o'lik mol sifatida saqlanardi, kapitalga aylanmasdi.

Xonliklarning savdo munosabatlarida hamon ayirboshlash tarzi davom etardi. O'rta Osiyo jahon bozoridan ajralib qolgani ustiga, yagona ichki bozor ham tashkil topmagan edi.

O'zbek xonliklaridagi ijtimoiy-siyosiy beqarorlik, iqtisodiy va harbiy nochorlik qo'shni mamlakatlarni o'z tasarrufiga kiritib olish siyosatini jadallashtirayotgan Rossiyaga qo'l keldi. Xonliklardagi parokandalik, o'zaro nizo va urushlar, oxir-oqibat, ularning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakaga aylanishiga olib keldi.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin