Ishlari vazirligi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə28/31
tarix06.06.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#31659
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Ishlari vazirligi


Kino san'ati. Mustaqillik yillarida kino san'ati rivoj topdi. 1996— yilda «O'zbekfilm» tasarrufida 8 ta kinostudiya, 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996— yilda tashkil etilgan «O'zbekkino» davlat aksionerlik kompaniyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlanishi kino san'atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 1991-2002— yillarda 60 ga yaqin badiiy filmlar yaratildi. «Temir xotin», «Dallol», «Sharif va Ma'rif», «Tilla bola», «Buyuk Amir Temur», «Yulduzingni ber, osmon», «Kenja singil» va boshqa filmlarda milliylik va zamonaviylik uyg'unligi yaqqol namoyon bo'ldi. 1997— yil 22-29 may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo'lib o'tdi. Unda 32 ta davlat va 8 ta xafqaro tashkilotdan vakillar, kino san'ati ustalari qatnashdi. «Buyuk Amir Temur» filmi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini — «Neksiya» avtomobili berildi.

Mustaqillik yillarida o'nlab hujjatli filmlar yaratildi. «O'zbekiston bahorlari», «Ulkan odim», «Ular Germaniyada o'qigan edilar», «O'zbekiston qahramonlari», «Umid qaldirg'ochi», «Istiqlol fidoyilari» va boshqalar shular jumlasidandir.



Teatr. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy islohotlar jarayonida teatr san'ati ham rivojlandi.

1993— yilda foydalanishga topshirilgan «Turkiston» saroyi Vatanimiz va xorijlik teatr arboblarining, ijodiy guruhlarning sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko'rsatayotgan yoshlar teatri Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi.

Respublika Prezidentining 1995— yil 20-oktabrdagi «O'zbekistonda teatr va musiqa san'atini yanada rivojlantirishni qo'llab-quwatlash va rag'batlantirish chora-tadbirlarito'g'risida»gi, 1998— yil 26-martdagi «O'zbekiston teatr san'atini rivojlantirish to'g'risida»gi farmonlari asosida teatrlar davlat budjeti hisobiga qo'llab-quwatlandi. Farmonga binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998— yilda «O'zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma'naviy olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg'otuvchi spektakllar yaratishda, iste'dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, teatrlarning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda ko'maklashdi. Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995— yilda beg'araz ajratilgan 47 mln. iyen qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jihozlandi. Respublikamizda 41 ta professional teatr faoliyat ko'rsatmoqda. Наг bir viloyatda qo'g'irchoq teatrlari bolalarga xizmat qilmoqda.

2001 — yilda respublika teatr san'atida muhim tarixiy voqea sodir bo'ldi. Hamza nomidagi O'zbek akademik drama teatri binosi muhtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalari va mebellar bilan jihozlandi. Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi.

Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali yoritishga alohida e'tibor berdilar. Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo musiqali drama teatri jamoalari «Sohibqiron», Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri «Jaloliddin Manguberdi», Abror Hidoyatov nomli o'zbekdavlat teatri «Buyukipakyo'li» kabi tarixiy dramalarni sahnaga qo'ydilar.

1997— yil oktabrda Toshkentda bo'lib o'tgan «Teatr: Sharq-G'arb» xalqaro festivalida Yaponiya, Hindiston, Gonkong, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya teatr san'atkorlarining chiqishlari bo'ldi.

Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag'ishlangan festivalda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston teatrlarining 15 ta eng yaxshi tarixiy sahna asarlari namoyish etildi. O'zbekistonlik teatr ustalari Germaniya, Fransiya, Slovakiya, Hindiston, AQSH, Belgiya, Misr, Rossiya teatr festivallarida qiziqarli spektakllar bilan ishtirok etdilar.

Muxtasar aytganda, respublikamiz teatr san'ati xalqimiz, ay-niqsa, yoshlarimiz ma'naviyatini boyitish, ular ongiga Milliy istiqlol g'oyasini singdirish, vatanparvarlik tuyg'ularini kuchaytirish, axloqiy, estetik tarbiya maktabi bo'lib xizmat qilmoqda.



O'zbek sirki. 1992— yilda «O'zbekdavlasirk» respublika birlashma-sining tashkil etitishi sirk san'atining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Toshkent sirki zamonaviy talablar asosida qayta ta'mirlandi, unga O'zbekiston xalq artisti Toshkenboy Egamberdiyev nomi berildi. An'anaviy sirk san'atining unitilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste'dodli yoshlarga amaliy yordam berish maqsadida 1996— yilda estrada-sirk kolleji ochildi.

O'zbekiston sirkchilarining chet ellarga gastrol safarlari uyushtirildi. Misr, Iordaniya, Falastin, Pokiston, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol safarlarida bo'lgan respublikamiz sirk ustalari o'zbek milliy sirk san'atini namoyish etdilar.

Olimjon Toshkenboyev rahbarligidagi «O'zbekiston dorbozlari» guruhi 1996— yildan boshlab yevropa mamlakatlarida gastrol safarida bo'lib, 2000 dan ziyod tomosha ko'rsatdilar. 15 yoshli Karima Zaripoval997— yil yanvardaParijdagi Buglion sirkidabo'lgan yosh sirk artistlarining xalqaro festivalida qatnashib, «Plastik etyud» (besuyak o'yini) janrida festivalning eng oliy mukofoti - oltin medalni qo'lga kiritdi. 1998— yilda Toshkent sirkida iste'dodli yoshlarga ko'makla-shuvchi bolalar studiyasi ochildi.

O'zbek sirkchilari 1999— yilda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida, 1999— yilda Saratov shahrida bo'lib o'tgan Butunrossiya sirk festivalida, 2000— yilda Xitoyning Uxan shahrida bo'lib o'tgan xalqaro sirk festivalida, 2001— yil yanvarda Belgiyaning Lej shahrida bo'lib o'tgan Yevropa sirklarining 10-festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o'rinlarni egalladilar. Sirkchilarimiz-ning sa'y-harakatlari natijasida O'zbek sirkiga xos turli nomer va attraksionlar xalqaro sirk dasturlaridan o'rin egalladi.



Milliy musiqa va qo'shiqchilik. Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo'shiqchilik san'ati rivojlandi. Respublika madaniyat ishlari vazirligi, 1992— yilda tashkil etilgan «Xalq ijodi va madaniy-ma'rifiy ishlar respublika Markazi», uning viloyatlardagi bo'limlari musiqa va qo'shiqchilik san'atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko'rik tanlovlar, festivallar tashkil etdilar. 1992— yiida Toshkentda «Asrlarga tengdosh navolar» va «Boqiy ovozlar», Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo'qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko'rik-tanlovlari o'tkazildi. 1994— yil may oyida Parijda bo'lib o'tgan «Sharq musiqasi» festivalida Munojot Yo'lchiyeva va Shavkat Mirzayevlar ishtirok etib, o'zbek milliy qo'shiqchilik san'atini jahonga namoyish etdilar.

1996—yil aprel oyida Turkiston saroyi, «Bahor» majmuasi va boshqa ijodiy konsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan «O'zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi orqali xalq orasidan iste'dodli qo'shiqchilarni izlab topish va ko'rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo'shiqchilik san'ati bo'yicha xafqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlar amalga oshirildi. Respublika Prezidentining 1996—yil 27-avgustdagi ««O'zbekiston — Vatanim manim» qo'sbiqlar bayrami to'g'risida»gi farmoni qo'shiqchilik san'atini rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. 1996— yilda o'tkazilgan barcha viloyat, shahar va tumanlarida «O'zbekiston -Vatanim manim» qo'shiq tanlovida 54 mingdan ziyod qo'shiqchilar qatnashdi. Bunday ko'rik tanlov har yili avgust oyida o'tkaziladigan bo'ldi va avgust oyining uchinchi yakshanba kuni «O'zbekiston -Vatanim manim» qo'shiq bayrami kuni deb belgilandi. Bu tanlov jarayonida Vatan, mustaqillikni e'zozlovchi yuzlab yangi qo'shiqlar yaratildi. «O'zbekiston - Vatanim manim», «Men seni sevaman, O'zbekiston», «Vatan yagonadir», «Mustaqillik gullari», «Ona yurtim», «O'zbekiston askarlari» qo'shiqlari shular jumlasidandir.

1997— yil 11-martda qabul qilingan Respublika hukumatining ««Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivalini o'tkazish to'g'risida»gi qarori musiqa san'atining noyob namunalarini keng targ'ib qilish, rivojlantirishda dasturamal bo'lib xizmat qildi. 1997— yil 25-avgust -2-sentabr kunlari Samarqandda bo'lib o'tgan «Sharq taronalari» birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan ijrochilar, san'atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdi, festivalda yangragan o'zbek ohanglari, kuy-qo'shiqlari jahon uzra taraldi. Har ikki— yilda Samarqandda «Sharq taronalari» Xalqaro festivalini o'tkazish an'ana tusini oldi.

O'zbekistonda musiqa va qo'shiqchilik san'atining rivojiga har yili 31 - avgust va 21 -mart kunlari o'tkazilayotgan Mustaqillik va Navro'z kunlariga bag'ishlangan bayram tantanalari ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Mustaqillik yillarida O'zbekistonda yashayotgan 130 ga yaqin turli millat va elat urf-odatlari va an'analari birdek rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda O'zbekistonda 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. Milliy-madaniy markazlaro'z millatdoshlarining tili, madaniyath urf-odatlari, rasm-rusumlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani jonlantirish kabi masalalar bilan shug'ullanib kelmoqda. Milliy-madaniy markazlar qoshida milliy musiqa, raqs, hunar va boshqa yo'nalishlardagi to'garaklar tashkil etilgan.

1992— yilda turli milliy madaniy markazlarga ko'maklashuvchi Respublika Baynalmilal markazi tuzildi. Uning faoliyatida respublikamizda istiqomat qiluvchi turli millat va e'latlarni jipslashtirish asosiy o'rin tutmoqda.Turli millatgamansub rassornlar, yozuvchilar, shoirlar, olimlar, madaniyat va san'at arboblariga bag'ishlangan yig'ilishlar, ko'rgazmalar tashkil etilmoqda. Milliy-madaniy markazlar o'z faoliyati bilan respublika madaniyati ravnaqiga muhim hissa qo'shmoqdalar.



Muzey. Jamiyal madaniy-ma'rifiy hayotida, aholida tarixiy xotirani tiklash va mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham, mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta'mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e'tibor berildi.

Namanganda ulug' o'zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltayev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy san'ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o'g'lining uy-muzeyi, Toshkentda o'zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha Sulaymonova muzeyi, o'zbek raqqosasi MukarramaTurg'unboyeva muzeyi singari uy-muzeylari tashkil etildi. Shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida ko'plab muzeylar ochildi.

1996—yil 1-sentabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo'lgan Olimpiya shon-shuhrat muzeyi faoliyat ko'rsata boshladi. Bu muzey o'zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyat-larini namoyish etadigan, mamlakatimizda sport harakatini rivojlan-tirish markazi bo'lib qoldi.

1996—yil 18-oktabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchi o'sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyimboshlari, oltindan yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, AmirTemur, Bobur qo'lyozmalari, Ulug'bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jihozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy, ma'naviy, ma'rifiy ishlar, ilmiy tafakkur markaziga aylandi. 2002— yilda Termizda Arxeologiya muzeyi bunyod etildi.

O'zbekiston Prezidentining 1998—yil 12-yanvardagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to'g'risida»gi farmoni va Lining bajarilishini ta'minlashga qaratilgan Respublika hukumatining 1998—yil 5-dekabrda qabul qilingan «Muzeylar faoliyatini qo'llab-quvvatlash masalalari to'g'risida»gi qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyat ishlari vazirligi, «Oltin meros» jamg'armasi, Badiiy Akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan hamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta'minoti bo'yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta'mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat budjeti hiso-bidan moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko'rsatish, moddiy jihatdan qo'llab-quwatlash maqsadida 1998—yilda «O'zbekmuzey» Respublika jamg'armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko'maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali ta'sis etildi va u 1999— yildan boshlab o'zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Faqat 1999— yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyidi.

O'zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv.m.ni tashkil etadigan 510 ta muzey faoliyat ko'rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyum-eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me'moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro'yxatiga kiritilgan. 2500 ta me'moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo'riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me'moriy obidalar, monumental san'at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e'tirof etifgan.

O'zbekiston muzeylari aholi orasida o'lkamiz tarixi, xalq amaliy san'ati asarlaridan iborat etnografik ko'rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma'naviy kamoloti yo'lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzey-qo'riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san'at asarlari oldida ta'zim etmoqdalar. Fransiya, Turkiya, Eron, Pokiston, KoRaya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda O'zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi.

Sport. Mustaqillik yillarida sport O'zbekiston milliy madaniyati-ning tarkibiy qismi sifatida rivojlantirildi.

1992—yil 5-fevralda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlaryaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshootlari - sport sog'lomlashtirish klublari, bolalar-o'smirlar sport maktablari, olimpiya o'rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari, o'yingohlar, sport zallari, may-donlari, hovuzlar barpo etildi va ta'mirlandi. Ularda 7 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'ldi.

1992— yil yanvarda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tuzildi va 1993— yil sentabrda xalqaro olimpiya qo'mitasining 101-sessiyasida rasmiy e'tirof etildi.

Sportningboks turijadal o'sdi. 17 marta jahon chempioni Artur Grigoryan, Sidney Olimpiadasi chempioni Muhammadqodir Abdullayev kabi bokschilarimiz nomi jahonga mashhur. 1999— yil avgust oyida Amerikaning Xyuston shahrida o'tkazilgan X jahon chempionatida O'zbekiston boks komandasi 83 mamlakat o'rtasida AQSH va Kuba komandalaridan keyin faxrli uchinchi o'rinni egalladi.

Vatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng zamonaviy Yunusobod tennis majmui barpo etildi. Yunusobod tennis saroyida 1994-2002— yfflarda O'zbekiston Prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis musobaqalari o'tkazildi. 1999— yilning iyul oyida Londonda o'tgan tennis bo'yicha yoshlar xalqaro turnirida toshkentlik sportchi Iroda To'laganova Uimbldon uchrashuvida g'otib chiqib, kumush kubokning kichraytirilgan nusxasini qo'lga kiritdi.

1998—yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog'ining eng baland «Everest» cho'qqisiga ko'tarilib, O'zbekiston dovrug'ini dunyoga taratdilar.

Mustaqillik sharofati bilan milliy o'zbek kurashi tiklandi. 1992— yilda Termiz va Shahrisabz shaharlarida dastlabki milliy kurash bo'yicha xalqaro musobaqa o'tkazildi. Milliy kurashimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan e'tirof etildi, xalqaro sport turlari qatoridan o'rin oldi. 1999— yil may oyida Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirokida kurash bo'yicha birinchi jahon chempionati bo'lib o'tdi. Unda o'zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvonlar nomi butun jahonga taraldi.


14-mavzu. O'ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA INTEGRASIYALASHUVI


  1. Xalqaro ahvol. O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga

qo'shilishi

  1. O'zbekistonning Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari bilan ko'p tomonlama va ikki tomonlama aloqalari

3. Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida hamkoriik aloqalari

4. O'zbekistonning AQSH va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi.


1. Xalqaro ahvol. O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo'shilishi

Xalqaro vaziyatning o'zgarishi. XXI asr bo'sag'asida jahon tapaqqiyotining mazmuni tubdan o'zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan - SSSR va AQSH yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. Dunyoning tin-chligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, blokning o'zaro mu-xoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. XX asrning 90— yillariga kelib, sotsialistik dunyoning yetakchisi bo'lgan ulkan imperiya - SSSR parokanda bo'ldi, sotsialistik sistema halokatga uchradi. Varshava Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O'zbekiston davlati bunyod etildi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi.

Xalqaro vaziyatda tub o'zgarishlar sodir bo'lsa-da, dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon bo'lmoqda:

• Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o'rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar yanada o'sdi. Mamlakatlar o'rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg'or texnologiya, erkin sarmoyalarni to'plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta. Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar mavjud.

• Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o'rtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy mojarolar tufayli 30 millionga yaqin odam

o'zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo'lgan.

• Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayir-machilik va diniy ekstremizm tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar o'rtasida «haqiqiy» va «soxta» dindorlik belgilari bo'yicha qarama-qarshilik chiqarishga, mil-latlarni parchalashga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizatsiyalar o'rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga urinmoqdalar. Xalqaro terroristlarning O'zbekiston, AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik urinishlari dunyo ahlini tashvishlantirmoqda.

• «Sovuq urush» siyosatiga chek qo'yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo'lsa-da, bu turdagi ommaviy qirg'in qurolining ko'p miqdorda saqlanayotganligj, yadro quroliga ega bo'lgan davlatlar sonining ko'payib borayotganligi (Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy tahdid bo'lib qolmoqda.

• Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog'lom skologik vaziyat, jumladan, Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar insoniyat boshiga xavf solib turibdi.

• Tobora kuchayib borayotgan korrupsiya, uyushgan jinoyat-chilik, giyohvandlik, yashirin qurol oldi-sotdisi insoniyatni tash-vishlantirmoqda.

Bularning barchasi dunyo hali ham ilgaridek mo'rt bo'lib turgan-ligidan dalolat beradi. Bizni qurshab typran olam g'oyat murakkab va muammoli bo'lib keldi, hozir ham shunday bo'lib qolmoqda.

Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog'liq bo'lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo'lib qoldi. Hatto, ayrim olingan mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon hamjamiyatining vazifasiga aylandi.

Davrimizning muhim xususiyati aholi talab ehtiyojlarming g'oyat darajada o'sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning aholisi talablari, ehtiyojlarini qondirib bo'lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish obyektiv zaru-riyat bo'lib qoldi.

Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi ham, boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyo-ramiz yaxlit va bo'linmasdir. Shu boisdan, barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog'langan, o'zaro aloqadadir.

O'zbekistonning geosiyosiy o'rni. O'zbekiston xalqaro aloqalarni yoiga qo'yish nuqtayi паzаridan va o'z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulayjug'rofiy-strategik imkoniyatlarga ega.

• Qadim zamonlarda Sharq bilan G'arbni bog'lab turgan Buyuk ipakyo'li O'zbekiston hududi orqali o'tgan.Bu yerdasavdo yo'llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlar tutashib bir-birini boyitgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Osiyoni bog'laydigan yo'llar Markaziy Osiyodan, uning o'rtasida joylashgan O'zbekis-tondan o'tmoqda.

• Markaziy Osiyoda jug'rofiy-siyosiy jihatdan markaziy o'rin tutgan O'zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvoza-natini saqlash, barqarorlikni ta'minlash, hamkorlikni mustahkam-lash imkoniyatlariga ega.

• O'zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan.

• Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqada yetakchi o'rinda turadi.

• Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o'zini ta'minlashga qodir.

• O'zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o'zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta'minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega.

• Yurtimizning jahonga mashhur boy ma'naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o'rin egallab, dunyoning ma'naviy va siyosiy jarayonlariga ta'sir o'tkazish salohiyatiga ega.

Jug'rofiy-siyosiy jihatdan O'zbekistonda qiyinchiliklar tug'diruvchi omillar ham mavjud. Jumladan:

• O'zbekiston Fors ko'rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlarijoylashgan yarim xalqaning strategik markazida joylashgan. Shu boisdan, bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko'pgina yirik davlatlarning manfaatlari bir-biri bilan kelishmasligi kuzatilmoqda.

• Yana bir noqulayhk shundan iboratki, O'zbekistonni etnik, demografik, iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan mamlakatiar qurshab turibdi.

• Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan, O'zbekistonda kommunikatsiyalar nomaqbul ravishda shakllantirilgan. Janubiy yo'nalishda transport kommunikatsiyalari amalda rivoj topmagan. O'zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat. Bu bir necha davlatlar hududidan o'tadigan olis yo'l bo'fib, O'zbekistonning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishni qimmatlashtirib, mah-sulotlarning raqobatga bardosh berishiga salbiy ta'sir etadi.

• Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muammolar, Orol fojiasi ham mamlakatimiz uchun noqulay omildir.

O'zbekiston tashqi siyosatining huquqiy asoslari va tamoyillari. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O'zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo'lni belgilash, jahon namjamiyatiga qo'shilish, horijiy mamlakatiar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o'matish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko'ndalang bo'lib turardi. Bu osongina yechiladigan vazifalar emas edi. Masalaning murakkabligi shundan iborat ediki, Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy hokimiyat tomonidan olib borilar edi. Respublikalar esa, jumladan, O'zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilolmaydigan yopiq mamlakat edi. Shu bois, davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlarga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar tayyorlovchi birorta ham o'quv yurti yo'q edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishni talab qilmoqda edi.

Prezident Islom Karimovning «O'zbekistonning o'z istiqlol va taiaqqiyot yoii» va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalari nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berildi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida tashqi siyosat qoidalari qonunlashtmldi va u jahondagi ko'plab mamlakatiar bilan hamkorlik jarayonlari ortga qaytmasligining huquqiy kafolati bo'lib xizmat qilmoqda.O'zbekistonni xalqaro huquq subyekti sifatida belgilaydigan, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. «O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to'g'risida»gi, «Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida»gi va boshqa qonunlar hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko'lamli hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi.

Tashqi aloqalarni ta'minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari shular jumlasidandir. Jahon iqtisodiyoti vadiplomatiyasi universiteti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyor-lash yo'lga qo'yildi.

Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo'li asos qilib olindi.

O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

• mafkuraviy qarashlardan qat'iy nazar hamkorlik uchun ochiq-lik,umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

• davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;

• boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

• nizolarni tinch yo'l bilan hal etish;

• kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;

• inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish;

• ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;

• davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo'stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;

• tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;

• davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o'zaro manfaatdorlik, daviat milliy manfaatlarining ustunligi;

• tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko'p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir daviat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.

Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo'lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil daviat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O'zbekiston Respublikasining daviat mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tanoldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o'matildi. Toshkentda 43 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa-larni kiritish mumkin. Shuningdek, O'zbekistonda 88 xorijiy mamla-katlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda - AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O'zbekistonning elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi.

O'zbekistonning BMTga a'zo bo'lishi.

O'zbekiston Respublikasi o'zining xohish irodasi va taklifiga ko'ra 1992— yil 2-martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot - Birlashgan MillatlarTashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosi bo'ldi.

Mamlakatimiz Prezicfenti l.Karimovning BMT Bosh Assam-bleyasining 1993— yilda bo'lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27-sentabrda qilgan ma'ruzasi O'zbekistonni jahonga ko'hna va yosh navqiron daviat sifatida namoyon etdi. O'zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masaialari bo'yicha BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muam-mosini hal etish va boshqa masalalar bo'yicha bir qator takliflar o'rtagaqo'yildi.

1993—yil 24-oktabrda Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va ish boshladi. O'zbekiston rahbariyati va BMT rahbarlarining sa'y-harakatlari natijasida O'zbekiston BMTning Xalqaro tele-kommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi bo'yicha oliy qo'mitasi, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aholi joylashish jamg'armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan muassasalarga a'zo bo'ldi.

O'zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995— yil 15-16-sentabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag'ishlangan Toshkent kengash-seminari bo'lib o'tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 daviat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli tizimini barpo etish masaialari yuzasidan o'z fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash yakunlari yuzasidan qabul qilingan Bayonot jahon xalqlarini, xususan, Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarini Ьафо etishga chaqirdi.

O'zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida o'z ifodasini topdi. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasi minbaridan turib so'zlagan nutqida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish g'oyasini ilgari surgan edi. O'zbekistonning bu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo'llab-quwatlandi.

1997—yil 15-16-sentabr kunlari Toshkentda «Markaziy Osiyo -yadro qurolidan xoli zona» mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi. Uning ishida 56 daviat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. Ushbu masala yuzasidan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining Bayonoti imzolandi. Markaziy Osiyo minta-qasining yadro qurolidan xoli zonaga aylanishi mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamlaydi.

2000—yil oktabr oyida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, giyohvand moddalar tijorati, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash mavzusida xalqaroo konferensiya bo'lib o'tdi. O'zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001— yilda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo'yicha maxsus qo'mitasi ta'sis etildi. 2002—yil 18-20-oktabr kunlari BMT Bosh kotibi Kofe Annanning O'zbekistonga tashrifi mamlakatimizning xalqaro jamiyatdagi o'rni mustah-kamlanib, obro'-e'tibori ortib borayotganining dalilidir.

UNESCO1 bilan hakorlik. O'zbekistonning BMT homiyligidagi ta'lim, fan va madaniyat bilan shug'ullanuvchi xalqaro tashkilot — UNESCO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993— yil 29-oktabrda UNESCO ning Parijdagi qarorgohida O'zbekistonni UNESCO ga a'zolikka qabul qilish marosimi bo'ldi. O'sha kuni Ulug'bek tavalludining 600 yilligini nishonlash UNESCO dasturiga kiritiJdi. 1994— yil oktabrida Parijda Ulug'bek haftaligi tantana bilan o'tdi. Xiva va Buxoro UNESCO ning jahon madaniy qadriyatlar ro'yxatiga kiritildi. Bu ro'yxatda 411 ta obyekt bor.

UNESCO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o'rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. «Ipak yo'li - muloqot yo'li» deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995— yil iyul oyida UNESCO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. UNESCO Bosh direktori Federiko Mayorning O'zbekistondagi rasmiy tashrifi chog'ida 1995— yil iyul oyida mazkur institut ochildi. UNESCO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996— yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag'ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo'lib o'tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri UNESCOning madaniy qadriyatlar ro'yhatiga kiritildi.

1997— yilda jahon madaniyati durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi. Xalqaro anjuman va ko'rgazmalar o'tkazildi. Bu O'zbekiston va UNESCO o'rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo'ldi. 1997—yil 19-20-oktabr kunlari Vatanimizda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan bo'lib o'tgan ulkan tantanalarda BMT, UNESCO va boshqa ko'plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatiarning elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar.

UNESCO — BMT fa'lirii, fan vu madaniyat bo'yicha xalqaro tashkilotining inglizcha qisqartmasi 460 O'zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar -Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intel-lektual mulk tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg'armasi (YuNISEF), Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo'yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiada qo'mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilot laming a'zosi sifatida ular bilan hamkorlik qilmoqda.

O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar - Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko'maklashmoqda. Xalqaro savdo markazi (YuNKTAD), Tariflar va saydo Bosh bitimi (GATT) bilan hamkorlik qilinmoqda.

YEXHT bilan hamkorlik. O'zbekiston 1992- yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot -Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti - YeXHTga a'zo bo'lib kirdi. I.Karimovning 1992—yil 9-10-iyulda bo'lgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq so'zlashi va Kengashning 10-iyulda bo'lgan majlisiga raislik qilishi O'zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallayotganligining dalilidir. I. Karimov o'z nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishi mumkin bo'lgan mojarolar yaqinlashuvining oldini olish, mojarolarga yo'l qobymaslik muammolari bilan shug'ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta'sirchanligini oshirish, hujjatlar mojarolarni oldini olish, yo'l qo'ymaslik ruhida bo'lishini ta'minlash takliflarini ilgari surdi. 1999—yil noyabr oyida bo'lgan YeXHTning Istanbul sammitida Islom Karimovning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma'qullandi. 1996—yil fevral oyida O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasida hamkorlik o'rnatish bo'yicha muzokaralar bo'ldi. Shu yil iyul oyida Florensiya shahrida Yevropa Ittifoqi bilan O'zbekiston o'rtasida sherikchilik va hamkorlik to'g'risida Bitim imzolandi. Bu hujjat O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi va unga a'zo bo'lgan 15 ta mamlakat bilan o'zaro munosabatlarining huquqiy negizi bo'lib siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi.

Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik O'zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotini ta'minlovchi muhim omillardan biri bo'lib xizmat qilmoqda.

O'zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish bo'yicha Vena Konvensiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar haqidagi Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta'sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida qo'llashni taqiqlovchi Konvensiyaga, Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi sharlnomaga qo'shilgan.

Shunday qilib, O'zbekiston tarixan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo'shildi, xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga ko'tarildi.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin