Ishlari vazirligi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə27/31
tarix06.06.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#31659
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Ishlari vazirligi


Gaz-kimiyo va yengil sanoat. 1995— yil oktabroyida O'zbekiston bilan AQSH ning «ABB Lummus Global» kompaniyasi o'rtasida Sho'rtan gaz-kimyo majmuasini qurish bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yildi. Qurilish ishiari 1997-2001 - yillarda amalga oshirildi, majmua qurilishida lmlrd. AQSH dollari hajmida sarmoya o'zlashtirildi. 2001— yil dekabrda Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga i 25 ming tonna polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Yengil va to'qimachilik sanoati tez sur'atlar bilan rivojlanib bor-moqda. Paxtani qayta ishlovchi «Qabul-O'zbekKO», «Kosonsoy-Tekmen», «Papfen», «Asnam tekstil», «Karakulteks», «Chinoz to'qimachi», «Qabul-Farg'ona», «Oq saroy to'qimachi» qo'shma korxonlari barpo etildi. Faqat 2004— yilda 17 ta yengil sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Bu tarmoqda xafq ist'emol mollari ishlab chiqarish kengaydi, minglab yangi ish o'rinlari yaratildi. Agar 1991— yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2004— yilda bu ko'rsatkich 28 foizga yetdi. Kalava, ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish hajmlari ancha oshdi.

Mustaqillik yillarida «Zarafshon-Nyumont» korxonasi, Qizilqum fosforit kombinati, Qo'ng'irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo'l va Andijon spirt zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko'plab korxonalar bunyod etildi.

Don musiaqilligi. Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishga e'tibor berildi. Xo'jaliklar ekin ekish sohasida mustaqil bo'ldilar. Respublikada don mustaqifligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashni tiklash yo'li izchillik bilan amalga oshirildi. Paxta ekiladigan maydonlar tegishli suratda qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog'i 1991— yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2000— yilda 42 foizga o'sdi.

Respublikamizda don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash yo'H izchillik bilan amalga oshirildi. Agar 1991— yilda mamlakatimizda 1,9 mln. tonna don, shu jumladan, 609,5 ming tonna bug'doy tayyorlangan bo'lsa, 2003—yilda 6,1 mln. tonna don, shu jumladan 5,4 mln. tonna bug'doy yetishtirildi. O'zbekiston g'alla mustaqilligiga erishdi.

Andijon paxtakorlari tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. Bu usul paxtadan sifatli va yuqori hosil yetishtirish imkonini yaratdi.

Iqtisodiyotda barqaror yuksalish. Iqtisodiyot tarkibidagi tub o'zgarishlar, yangi korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalarberdi. 1991-2002— yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o'zlashtirildi. 1990— yilda respublika bo'yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib, 1992— yilda 94,7 foizga, 1993— yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995— yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996— yildan boshlab barqaror o'sish ta'minlanmoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilga nisbatan 1997— yilda 106,5 foizga, 1998- yilda 105,8 foizga, 1999- yilda 106,1 foizga, 2000- yilda 106,4 foizga, 2001- yilda 108,1 foizga, 2002-yilda 108,1 foizga, 2003- yilda 108,4 foizga, 2004- yilda 109,4 foiz, 2005— yilda 7,3 ga o'sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada ko'paydi, iste'mol buyumlari importi kamaydi.

Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991-1995— yillarda pasayib bordi, 1996— yildan boshlab o'sish boshlandi. Oldingi yilga nisbatan 1996- yilda YalM 101,7 foizga, 1997- yilda 105,2 foizga, 1998-yilda 104,4 foizga, 1999- yilda 104,4 foizga, 2000— yilda 104 foizga, 2001- yilda 104,5 foizga o'sdi. 2004-2005 yillarda bu ko'rsatkich 7 foizdan oshib bordi.

Natijada, 2001— yilda birinchi bor yalpi ichki mahsulotning 1991- yilga nisbatan 103 foiz o'sishiga erishildi. MDH davlatlari orasida birinchi bo'lib O'zbekiston iqtisodiy barqarorlikka erishgan, iqtisodiy ko'rsatkichlari izchil o'sib borayotgan mamlakatdir. 2005— yilda iqtisodiyotning o'sish ko'rsatkichi 2000— yilga nisbatan 30,1 foizini 1991— yilga taqqoslaganda esa 28,2 foizni tashkil etdi. Natijada, O'zbekistonning umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va xizmatlar ulushi 50 foizdan oshdi, tashqi savdoda 1,3 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi ijobiy saldoga erishildi.

Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o'zgarib, aholi turmush saviyasi o'sib bordi. Yirik inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, izchil o'sish sur'atlari odamlar-ning moddiy va ijtimoiy hayotini, farovoniligini yildan-yilga yaxshila-nishiga zamin bo'lib, xizmat qilmoqda. Aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi salmoqli darajada o'sdi. Birgina 1999— yilda 4,5 ming km gaz tarmog'i-shundan 4,3 ming kilometri qishloq joylarida, 2 ming km.dan ziyod ichimlik suv tarmog'i - shundan 1,9 ming kilometri qishloq joylarida ishga tushirildi.

Jahondagi yetakchi firmalarning havo kemalari bilan ta'minlan-gan O'zbekiston Havo yo'llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mam-lakati bilan havo aloqalarini o'rnatgan, u mustaqillik yillarida 25 mil-Hondan ko'p yo'lovchiga xizmat qildi.



Ijtimoiy hayot. Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida e'tibor berilmoqda. O'zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat deb belgilangan edi. Bozor munosabatlariga o'tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'rib borildi. Shu maqsadda, miqdori muntazam o'zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to'lovlari tarzidagi pul to'fovlari keng qo'llanildi.

Mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam oladi. Bunday to'lovlar miqdori 2000— yilda 187,8 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Faqat 2000— yilning o'zida aholining kam ta'minlangan qismiga fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari - mahalla yig'inlari orqali 54,2 mlrd. so'm miqdorida nafaqa, ko'mak va boshqa turdagi yordamlar berildi.

Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turarjoylar, 19,5 ming o'rinli kasalxonalar, 95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 805,9 ming o'rinli maktablar, 15,3 ming o'rinli akademik litseylar, 126,5 ming o'rinli kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi.

Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash va gazlashtirish bo'yicha keng qamrovli dasturlar amalga oshirilmoqda. 1991-2000— yillarda 22,6 ming km. suv quvurlari va 54,1 ming km. gaz tarmoqlari yotqizildi. Aholining uy-joylarini gazlashtirish darajasi 46,2 foizgacha, ichimlik suvi bilan markazlashgan holda ta'minlash esa 64,2 foizdan 77,6 foizgacha ko'tarildi.

Yosh oilalarni qo'llab-quwatlash dasturi amalga oshirilmoqda.

Respublikada aholiga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko'rsatishning rivoj-langan tizimi bunyod etildi. Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika muassasalarining soni 3 mingdan 4,8 minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. Qishloq joylarda 1600 ta vrachlik punktlari ochildi.

Aholiga 81,5 mingdan ortiq shifokorlar turli ixtisosliklar bo'yicha malakali tibbiy yordam ko'rsatmoqda.

1994— yilda aholining dori-darmonga bo'Igan ehtiyoji respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo'g'i 4,5 foizga qondirilar edi. 2003— yilga kelib, katta miqdorda sarmoya jalb etilganligi hisobidan, bu ko'rsatkich 25 foizgacha o'sdi.

Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning bosh-qaruv tizimi tubdan o'zgartirildi, xo'jalik yiiritishning bozor iqtisodi-yotiga mos yangi tizimi yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy tanazzul davridan o'tib oldi, makro-iqtisodiy va moliyaviy barqaroriikka erishildi, iqtisodiy o'sishni ta'min-lovchi zarur shart-sharoitlar vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida ko'p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi, odamlarimizning tafakkuri, hayotga bo'Igan munosabati tubdan o'zgarmoqda. Turmush darajasi, oilasining farovonligi o'ziga bog'lik ekanligini tushunib yetayotgan odamlar tobora ko'payib bormoqda.



3. Mustaqillik yillarida ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyot

Ma'naviy merosning tiklanishi va rivojlanishi jamiyat ma'naviyati mamlakat barqa-rorligi va taraqqiyotinig muhim sharti va kafolatidir. Biron-bir mamlakat o'z ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg'otmay va mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko'tarila olmaydi. Shuning uchun ham, jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish O'zbekiston taraqqiyotining ustivor yo'nalishi deb belgilandi.

Tarixdan ma'lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqin-chilar hujurriiga duchor bo'Igan, qaramlik va zulm ostida qoigan. Buning oqibatida, xalqimizning boy ma'naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo'Igan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma'naviy merosimiz qadrsizlan-tirildi, ko'plab masjid-u madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O'zbekiston davlat mustaqilligini qo'lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma'naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Jamiyat ma'naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta'minlovchi ma'naviy-ma'rifiy islohotlarning yo'nalishlari beigikib olindi.

"Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o'z yo'liga. Ularni hal qilish mimkin. Xalqning ta'minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma'naviy islohotlar - qillik va mutelik iskanjasidan ozod bo'lish, qandi baland tutish, ota-bobolarimiz udunlarini tiklab, ularga munosibvoris bo'lish-bundan og'irroq va bundan sharafliroq vazifa yo'q budunyoda"

Mustaqillik yillarida boy ma'naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa qo'shgan bobolarimiz-Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, Xo'ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg'oniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur vaboshqa ko'plab ajdodlarimizning milliy va ma'naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mamlakat bo'yicha nishonlandi, ruhlari shod etildi, asarlari nashr etildi." Ularning ma'naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi jamiyat qurishda ma'naviy kuch-qudrat bag'ishlamoqda, jamiyatimizni ma'naviy yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilish, milliy axloqiy qadriyat hamda an'analar va muqaddas dinimizning o'rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o'z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma'naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o'z kelajagini tasawur eta olmaydi. Shu bois, mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o'quv maskanlarida Vatan tarixini o'qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.

O'zbek xalqi va o'zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998— yil iyun oyida bo'Igan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998— yil 27-iyulda qabu! qilingan «O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to'g'ri-sida»gi qarorida belgilab berildi.

Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o'rganish masalalari partiyaviy, sinfiyyondashuvlardan, hukmron kommunistik mafkura ta'siridan xalos etildi. Necha 10 yillar davomida buzib ko'rsatilgan yoki so'z yuritilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o'quv adabiyotlari yaratildi.

Prezident Farmoni bilan 1996— yil Amir Temur yili deb e'lon qilindi. Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga bag'ish-langan tadbirlar O'zbekistonda, dunyoning 50 dan ortiq mamlakat-larida o'tkazildi. UNESCO qarori bilan Sohibqiron yubileyi jahon miqyosida nishonlandi. Parijda Amir Temurga bag'ishlangan madaniyat haftaligi, «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi» mavzusida xalqaro konferensiya va ko'rgazmalar bo'lib o'tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal qo'yildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi, lining nomi bilan bog'liq tarixiy yodgorliklar ta'mirlandi.

1999— yilda vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, xalq dahosi yaratgan Alpomish dostonining 1000 yilligining nishonlanishi, Urganch va Termizda ular xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmuasi jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g'ururni ko'ta-rishga xizmat qilmoqda.

Vatanimiz ozodligi yo'Iida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, hurmati o(z joyiga qo'yildi, asarlari chop etildi. Prezidentimiz islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, «Qatag'on qurbonlari xotirasi» muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Xotira maydoni» majmuasi barpo etildi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g'oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Diniy va milliy qadriyatlarning tiklanishi.Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy e'tiqod qayta tiklandi. Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, qadimiy xalq bayrami Navro'z qayta tiklandi, bu kunlar Prezident Farmoni bilan dam olish, bayram kuni bo'lib qoldr: Musulmonlar O'zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo'ldilar. Prezident Farmoni bilan tuzilgan «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi, «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg'armasi jamiyatning ma'naviy- ma'rifiy ravnaqi yo'Iida xizmat qilmoqda.

Respublikada 17 diniy konfessiya ro'yxatga olingan va rasman faoliyat ko'rstamoqda. 170 dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi va ularda O'zbekistonda yashovchi 130 millat va elat vakillari o'zlarining diniy ehtiyojlarini qondirmoqdalar. 1,7 mingdan ortiq masjidlar, xristian ibodatxonalari, sinagoglar va boshqa diniy markazlar ta'mirlandi va yangidan qurildi. 10 ta diniy ta'lim muassasasi faoliyat ko'rsat-moqda. 1999— yilda Toshkentda Islom Universiteti ochildi.

O'zbekiston hududida xalqning ulug'vor va shonli tarixiga oid 2000 dan ortiq yodgorliklar ta'mirlandi.

O'zbek xalqining ming yillar davomida shakllangan, mustam-lakachilik davrida oyoq-osti qilingan insonparvar urf-odatlari va an'analari, madaniy qadriyatlari ehtiyotlab tiklandi va yangi ma'no-mazmun bilan boyitildi. Maqomchilar, to'y-marosirrr qo'shiqlari, shoir-baxshilar va folklor-etnografik dastalarning o'nlab ko'rik-tan-lovlari o'tkazildi. Pianinochi vaskripkachilarning simfonikvakamer musiqalari, zamonaviy estrada guruhlarining festival va tanlovlari bo'lib o'tmoqda.

Mamlakatimizda o'zbek tilining xalq va davlat turmushidagi o'rni va ahamiyati qayta tiklandi. Davlat till haqidagi qonunda o'zbek tili o'zbek xalqining ma'naviy mulki ekanligi, Lining ravnaqi, qo'llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta'minlanishi belgilab qo'yildi. Oliy davlat hokimiyati, mahaliiy hokimiyat va boshqaruv organlarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ish yuritish, asosan, o'zbek tilida olib borilmoqda. Respublikamizning ma'muriy-hududiy birlik-lari, ko'chalari, geografik o'rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va o'zbek tilida yozib qo'yildi. Natijada, o'zbek xalqining milliy qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O'zbekistonda istiqomal qilayotgan barcha millat va elatlarning tillari, qadr-qimmati ham o'z o'rniga qo'yilgan.

Ta'lim ravnaqi. 'Ma'naviy-ma'rifiy sohadagi yutuqlarimiz ta'lim tizimidagi tub o'zgarishlarda yaqqol namayon bo'lmoqda. Xalq ta'limini isloh qilish, kadriar tayyorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.'Yangi oliy o'quv yurtlari tashkil etilib bilimlarning yangi tarmoqlari bo'yicha kadriar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Oliy ta'lim tizimidagi 16 universitetning 12 tasi mustaqillik yillarida tashkil etildi. Mustaqillik yillarida eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo'yicha o'nlab yangi oliy o'quv yurtlari - Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyauniversiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog'-konchilik instituti, Toshkent Moliya instituti va boshqalar tashkil etildi.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta'limni tubdan isloh qilish yo'llari ishlab chiqildi. 1997— yil 27-avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida» Qonuni va «Kadriar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Milliy dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan tola xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadriar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir.

Milliy dastur ro'yobga chiqmoqda. Yoshlar umumiy o'rta ta'limni 9 yillik maktablarda oladilar, yana uch yil davomida yangidan tashkil etilgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o'rta maxsus bilim va kasb-hunar o'rganadilar.

Kadriar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxalq, umummillat ishiga aylandi. 2001— yilda Kadriar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning birinchi bosqichi yakunlandi.

2001— yilda respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta'lim muassasalarida 608500 nafar o'g'il-qizlar tarbiyalandi. Ularda 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmat qildi. 9727 ta umumta'lim maktablarida 440762 nafar o'qituvchi 6,3 mln. o'quvchiga ta'lim bermoqda. Umumiy o'rta ta'lim bo'yicha barcha o'quv fanlaridan Davlat ta'lim standartlari ishlab chiqildi va ular 346 la maktabda tajribadan o'tkazildi, ta'lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta'lim standartlariga mos o'quv dasturlari va darsliklari yaratildi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini eng muhim, O'zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini yaratishdir. 1998-2004— yillar davomida zamonaviy o'quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 54 ta akademik litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi. Bu maqsadlar uchun 135 mlrd. so'm mablag' sarflandi. O'rta maxsus o'quv yurtlariga zarur bo'lgan jihozlar sotib olish uchun jalb qilingan chet el investitsiyalarining miqdori 150 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari ishlab chiqildi, amaliyotga kiritildi va darsliklar yaratildi. 2003-2004 o'quv yilida akademik litseylarda 26,2 ming, kasb-hunar kollejlarida 531,6 ming o'quvchi ta'lim oldi.

Oliy ta'lim tizimida katta o'zgarishlar qilindi. Oliy ta'lim ikki bosqichdan - bakalavriai va magistraturadan iborat etib qayta tashkii etildi. 62 ta oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan bo'lajak bakalavr va magistrlar soni 2003-2004-o'quv yilida 254400 nafarni tashkil etdi. 18486 nafar professor-o'qituvchilar mehnat qilmoqdalar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. O'tgan 4 yil davomida barcha yo'nalishlar bo'yicha bakalavr va magistrlar uchun qo'yiladigan talablarni o'zida mujassamlashtirgan Davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari yaratildi. Oliy ta'lim uchun 1129 nomdagi darslik va o'quv adabiyotlari nashr etildi va Oliy o'quv yurtlari kutubxonlariga tarqatildi.

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko'mak-lashish, qo'llab-quwatlash bo'yicha davlat siyosati sobit qadamlik bilan olib borilmoqda. Iste'dodli yoshlarni moddiy va ma'naviy rag'bat-lantirish, chet elda o'qishini qo'llab-quwatlash maqsadida "Respublika bolalar fondi", "Sog'lom avlod uchun", "Iste'dod" jamg'armalari tashkil topdi. «Zulfiya» mukofoti ta'sis etildi. Ta'lim sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi. 2000 dan ortiq talaba va mutaxassislar chet elda o'qib keldi.

O'zbekiston ta'lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg'ot-moqda. Moskvadagi Oliy ta'limXalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V.Shukshunov O'zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo'q hujjat, deb ta'rifladi. O'zbekistonda yaratilayotgan ta'lim tizimi «Ta'limning o'zbek modeli» deb e'tirof etildi.

4. Madaniyat ravnaqi

Badiiy adabiyot. Muslaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an'analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot sinfiylik, par-tiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqidalar hukmronligi illatlaridan ozod bo'ldi.

Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o'zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo'lib qoldi.

Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Xurshid Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug' bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Z.M.Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. Xalqaro Sholoxov mukofoti laureati To'lepbergen Qayipbergenovning «U dunyoga, bobomgaxat» asari, Shukrulloning «Kafansiz ko'milganlar» romanida, Nazar Eshonqulovning «Qora kitob» povestida, O'tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», Tog'ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» singari asarlarida mustabid sovet davrida xalq boshiga solingan behad kulfatlar, g'am-alamlar haqqoniy tasvirlangan.

Tohir Malikning «Shaytanat» (4 kitob), Hojiakbar Shayxovning «Tutqin odamlar» asarlarida insonni iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafrat tuyg'ulari tarannum etiladi.

Omon Muxtorning «To'rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, Barot Boyqobulovning «O'zbeknoma» tarixiy-falsafiy dostoni, Abduqahhor Ibrohimovning «Biz kim, o'zbeklar» badiiy-tarixiy asari, Azim Suyunning «Oq va qora», Abduvali Qutbiddinning «Izohsiz lug'at» she'riy asarlari zamonaviy o'zbek adabiyotining yorqin ifodasidir.



Me'morchilik va amaliy san'at. O'zbek xalqi me'morchiligi mohiyat e'tibori jihatidan buyuk bunyodkorlik san'atidir. Mustaqillik yillarida me'morchilik san'ati yanada rivojlanib, takomillashib bormoqda. Me'morchilikda ikki asosiy tamoyil ko'zga tashlanadi. Ulardan biri sharqona me'morchilikning an'anaviy qonun-qoidalariga rioya yetishdir. Bu tamoyil Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Oliy Majlis, Senat, Toshkent shahar hokimiyati binolari timsolida o'z aksini topgan.

Me'morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O'zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o'rin olish sari intilishini namovish etuvchi jahon me'morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanishda namoypn bo'lmoqda. Bunday binolarjumlasiga «Meridian», «Afro-siyob» (Samarqand), «Buxoro» «Interkontinental», «Sheraton» meh-monxonalari, «O'zekspomarkaz», Miiliy bank, Markaziy bank, «Toshkentplaza» savdo markazi, Respublika birja markazi, banklararo moliyaviy xizmatiar Markazi, O'zbekiston Davlat konservatoriyasi va boshqa binolarni kiritish mumkin.

Toshkent shahri ko'rkiga ko'rk qo'shib turgan «Oloy», «Chorsu», «Otchopar», «Yunusobod», «Mirobod», «Parkent», «Qo'yliq» va boshqa bozor binolari, shuningdek, «Yunusobod» tennis markazi, «Jar» sport markazi singari zamonaviy inshootlar barpo etildi.

O'zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadallik bilan olib borildi. Bunga Toshkent, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta tiklangan o'nlab binolar, obidalar misoi bo'laoladi.

Kadrlar tayyorlash miiliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida yuzlab akademik litsey va kasb-hunar koilejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi.

Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san'ati jadal o'sdi. Haykaltarosh IJabborov va K.Jabborovlar tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali, Samarqand va Shahrisabzda Amir Temur haykallari, Farg'ona va Quvada al-Farg'oniy (1998), Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999) yaratildi. Haykaltarosh R.Mirboshiyev ijodiga mansub «Z.M.Bobur» (1993, Andijon), «Abdulla Qodiriy» (1994, Toshkent), «Cho'lpon» (1997, Andijon), «Ona» (1999, Jizzax shahri) kabi bir qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999— yilda Termizda «Alpomish» haykali va majmua-kompozitsiyasi (A.Rahmatullayev va boshqalar) bunyod etildi.

O'zbekistonda qadirndan amaliy san'at o'ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik, yog'och o'ymakorligi, naqqoshlik, kashtachilik, zar-do'zlik, gilamdo'zlik, bezakchilik kabi amaliy san'at turlari tiklandi va yangi ma'no-mazmun bilan rivojlanib bormoqda. Mustaqillik sharofati bilan dizayn san'ati ham jadal rivojlanmoqda. Tasviriy san'at, rassomchilik san'atining rivojida 1997— yilda tashkil etilgan O'zbekiston Badiiy akademiyasi va «Tasviriy oyina» respublika ijodiy uyushmasi muhim rol o'ynadi. O'zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiyev, Bahodir Jalolov va boshqalar xalqimiz ongida miiliy g'urur, Vatanga sadoqat tuyg'ularini uyg'otuvchi qator san'at asarlari yaratdilar. Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Bobur Mirzo portretlari shular jumlasidandir. Tasviriy va miniatura san'ati yangi ma'no-mazmun bilan boyidi. Shahar ko'chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o'rnatildi, binolarning devorlari odamlarga huzur-halovat, zavq bag'ishlaydigan naqshlar bilan bezatildi.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin