Mavzu: Milliy tarbiya konsepsiyasi va jahon tarbiyaviy konsepsiyalari
namunalarining qiyosiy-pedagogik tahlili. “Oila, mahalla va ta’lim
muassasasi hamkorligi” Konsepsiyasi
Reja:
1.
Tarbiyaviy konsepsiya tushunchasining mazmuni.
2.
Milliy tarbiya konsepsiyasi va jahon tarbiyaviy konsepsiyalari
namunalarining qiyosiy-pedagogik tahlili
.
3.
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab
hamkorligi"
Kontseptsiyasining o’rni va ahamiyati.
4.
Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati.
Tarbiyaviy konsepsiya tushunchasi.
Pedagogika nazariyasida qiyosiy
yo‘nalishni kuchaytirishni, turli zamon va makonlarda yaratilgan tarbiya
konsepsiyalarini vertikal va gorizontal nuqtai nazaridan tahlil qilishni, xatolarni
chetlab o‘tib, tarix sinovidan o‘tgan, insonparvarona mohiyatga ega bo‘lgan
tarbiyaviy konsepsiyalar yutuqlaridan, texnologiyasidan samarali foydalanishni
taqozo qilmoqda.
Pedagogika nazariyasida qiyosiy yo‘nalishni kuchaytirishni, turli zamon va
makonlarda yaratilgan tarbiya konsepsiyalarini vertikal va gorizontal nuqtai
nazaridan tahlil qilishni, xatolarni chetlab o‘tib, tarix sinovidan o‘tgan,
insonparvarona mohiyatga ega bo‘lgan tarbiyaviy konsepsiyalar yutuqlaridan,
texnologiyasidan samarali foydalanishni taqozo qilmoqda.
O’zbekiston
mustaqillikka erishgach
, tarbiyani izohlashda yangi sog’lom
pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda
tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog’liqdir. Buning uchun xalq
pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik
bilan o’rganilmoqda. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida
ahamiyat kasb etadi.
Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada
ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir.
Tarixdan ko’pgina allomalarimiz tarbiyaga katta ahamiyat berib jamiyatning
asosiy vazifalaridan deb bilishgan . ‘’Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo
najot –
yo halokat
, yo saodat – yo falokat masalasidir’’ A.Avloniyning ushbu
so’zlaridan ham tarbiya naqadar muhum ijtimoiy jarayon ekanligini bilib olishimiz
mumkin.
2.Tarbiyaviy
ishlar
metodikasi
fanining
predmeti
bo’lajak
o’qituvchitarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib
tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yo’llari hamda bilim, ko’nikma va malaka
hosil qilish haqida bahs yuritadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining o’rganish
obyektini esa ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga
xizmat qiladi. Tarbiya - yosh avlodni
har tamonlama voyaga yetkazish
, unda ijtimoiy
ong va xulqatvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib,
shaxsni aqliy
,jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning
jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib
toptirishning jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo’lib,
shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: |