Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi



Yüklə 149,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü149,02 Kb.
#169516
1   2   3   4   5   6   7
2 amaliy pdf

 
 
 
3. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" 
Kontseptsiyasining o’rni va ahamiyati.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y- harakatlarini birlashtirish maqsadida
1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" 
Kontseptsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, 
vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish 
borasida ma’lum dasturilamal bo’ldi.
Respublikamizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya 
to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining 
"Ta’lim to’g’risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti 
sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni 
tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog’onaga 
ko’tarishni taqzo etadi.
Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir,
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, birinchidan, yosh avlodga 
o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p 
asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan 
oliy maqsad va vazifalarni singdirish;


ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan hurfikrlikdan qat’iy nazar 
yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, 
elyurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya — milliy 
mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda
O’zbekistonga munosib hurmat tug’dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash;
to’rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va 
insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
beshinchidan, yosh avlodni ulug’ 
ajdodlarimizning 
munosib vorislari ekanliklari, 
ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida 
tarbiyalash O’zbekistonda o’quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb 
masalasidir.
Davlatimiz rahbari ko’rsatib berganidek, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar:
birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko’rsatishga, umuman
mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o’zgartirishga; ikkinchidan, insonning 
hayotda o’z o’rnini topishini tezlashtirishga; uchinchidan, jamiyatda mustaqil 
fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishda; to’rtinchidan, insondagi mavjud 
salohiyatni to’la ro’yobga chiqarishga; beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga 
ega, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga voris bo’lgan, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil 
insonlarni tarbiyalashga qaratilgan.
Mazkur Kontseptsiyada taraqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy 
tarbiyaning quyidagi o’zaro aloqalari, uyg’un yo’nalishlari belgilab olindi.
Milliy tarbiya yo’nalishi orqali yoshlarda o’zlikni anglash, vatanparvarlik, 
milliy g’urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy 
odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi.
Umuminsoniy yo’nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, 
ekologik, gigityenik va boshqa tarbiya yo’nalishlari amalga oshiriladi. Bu 


Kontseptsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini 
ta’minlaydi.
Kontseptsiyada oilaga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekistonda 1998 yil "Oila 
yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd etilgan 
masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqyosidagi 
syosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g’oyat katta ahamiyatga ega 
ekanligiga O’zbekiston 
Respublikasi Va
zirlar Mahkamasining 1998 yil 26 martda 
qabul qilingan "Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, diniy 
aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 130-sonli qarori misol 
bo’la oladi.
SHuningdek,
O’zbekiston
Respublikasining "Ta’lim 
to’g’risida"gi qonunining 30-moddasida "Voyaga yetmagan shaxslarning ota-
onalari yoki qonuniy vakillari shaxsning qonuniy huquqlari va manfaatlarini 
himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, o’quv muassasasigacha, umumiy 
o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar", deb belgilab 
qo’yilgan.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning 3.2 bandida esa ta’lim 
oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish 
borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga alohida 
e’tibor berilgan. Bu "Oila, o’quv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi kunning 
ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy 
an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan 
samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy 
etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini 
ta’minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz 
fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila, 
mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiyasining asosiy maqsadidir.


O’zbekistonda ruy berayotgan o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti 
hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim 
yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo 
qiladi.
4. 

Yüklə 149,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin