Shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini
amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari.
Yosh
avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda
ularning yosh jihatlariga, xarakteriga
alohida ahamiyat berish lozim
, chunki bularsiz
tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Oila, mahalla, o’quv bilim yurti
hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda samaradorlik
yanada yuqori bo’ladi:
•
ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari
harakatlarining ish birligi;
•
tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi;
•
hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng huquqliligi va yuksak
mas’uliyati;
•
faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi;
•
hamkorlikning ilmiy asoslanganligi;
Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va
uning
tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga
tibbiyot xodimlari, obro’li xotin - qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, "Yosh onalar va
otalar o’quv muassasasilari" faoliyatini yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchi bosqich. Farzandning o’quv muassasasigacha bo’lgan davridagi
jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasida ularga rasm chizish,
voqealarni bayon qilish, o’ziga o’zi xizmat qilish, harf tanish, qo’shiq, aytish va raqs
tushish, turli o’yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdirish va mustaqil
ravishda bilim olish ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan o’quv
muassasasiga
tayyorlash sinflari, "Yakshanbalik o’quv maskanlar" ishini tashkil qilish.
Uchinchi bosqich. Kichik yoshdagilar uchun mo’ljallangan (6-11 yosh)
o’quv muassasalarida shaxslarning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini
ta’minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o’z hatti -
harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo’sh vaqtini to’g’ri
tashkil qilishni
o’rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lib, do’stlik, baynalmilallik,
vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish.
To’rtinchi bosqich. O’smirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga
chanqoqlik va aql zakovatini hisobga olgan holda
ijtimoiy faoliyatga tortish,
jismonan baquvvat bo’lishini ta’minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli
kasblarga yo’naltirish, o’smirlar sinflari va jamoatchilik orasida o’z o’rnini topa
olishiga ko’maklashish, o’z hatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari
oldida javobgarlik tuyg’usini
shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil
dunyoqarashini yuzaga keltirish.
Beshinchi bosqich. Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga
mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini ta’minlash.
Ularning imkoniyatlari darajasida ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari bo’yicha ish
bilan ta’minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo’lishlariga shart-sharoit yaratish.
Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado etishga javobgarlik
hissini to’la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.
Ta’lim va tarbiya sohasiga e’tiborni kuchaytirish,
bu borada hukumatimiz
tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, direktiv ko’rsatmalarni samarali
bajarish uchun oila, mahalla, o’quv muassasasi hamkorligi faoliyati o’ziga xos
pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo’lishi zarur
2
.
O’tkazilgan
tadbirlar har tomonlama puxta
, shuning bilan qatnashchilarning
yoshlariga mos pedagogik
va psixologik mujassamlashgan, mantiiqan teran,
qiziqarli va ko’rgazmali, ta’sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo’nda,
estetik jihatdan keng ko’lamli bo’lishi kerak.
Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlar va
toifadagi fuqarolarni qamrab olishi hamda ularning qiziqish va intilishlariga mos
bo’lishi lozim. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari "Sog’lom avlod uchun",
"Otaonangga rahmat", "Odobinga balli", "Sog’ tanda sog’lom aql", "Mehr
chashmasi", "Qizlar ibosi", "Bir yigitga qirq, hunar oz", O’g’lim posbonim",
«Hayot—ustoz, xalq—muallim", "O’zbekiston Vatanim manim!", "Milliy burch va
mas’uliyat", "Oila saboqlari", "Oila etikasi", "Oila tinch — mahalla tinch",
"Mustaqil hayot bo’sag’asida", "Askarlik — yigitlik o’quv muassasasii", "Oila baxti
— Vatan baxti", "Sportchi oila", "Oilamiz ohanglari", "Vatan ostonadan boshlanadi",
"Biz kimmiz" kabi tadbirlardan iborat bo’lishi mumkin.
Bahslar, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bag’ishlangan anjuman
va tantanalardan iborat bo’lishi mumkin.
Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o’z faoliyati to’g’risida mahalla ahliga
har chorakda bir marotaba hisobot beradi. Zarurat tug’ilganda o’quv-tarbiya
muassasalari,
mahalla faollari, mahalla hududida joylashgan tashkilot, korxona va
idoralarning ta’lim-tarbiya yuzasidan olib borilayotgan ishlari to’g’risida
hisobotlarini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va
uning izchilligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Adabiyotlar
:
1.
Tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi. 2005y.
2.
A. Avloniy “Turkiy Guluston yohud ahloq” (nashirga tayyorlovchi
Holiqov L)- Toshkent: O’qituvchi, 1992. 160b
.