O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT VILOYAT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TEXNIKUMI
Internet texnalogiyalari fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Frameworklar bilan ishlash
Guruh: DI 02-21
Topshirdi: Almatova Feruza
Qabul qildi: Toxirova Dildora
Toshkent Viloyat – 2022
Mundarija
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. Framework nima?
2.Framework turlari.
3.Framework bilan ishlash.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Kirish
Hozirgi kunga Respublikamizda kompyuter texnologiyalari, internet kirib bormagan birorta ham shahar yoki aholi punktlari qolmagan. Joylarda qurilayotgan zamonaviy umumta’lim maktablari, kasb-hunar kolejlari va akademik litseylar internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar bilan ta’minlangan. Ushbu ta’lim maskanlarida bilim olayotgan talaba yigit va qizlar katta qiziqish bilan ushbu texnologiyalar asoslarini o‘rganmoqdalar. Davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan AKT sohasini rivojlantirishga bo‘lgan diqqat-e’tibor sababli Respublikamizda internet xizmati hajmi, internetdan foydalanuvchilar soni, xalqaro kanallarga chiqish tezligi yildan-yilga o‘sib bormoqda.
Hozirgi vaqtga kelib, yoshlar o‘rtasida Web-dasturlash tillariga qiziqish kuchayib bormoqda. Shu ma’noda, yosh dasturchilar oldida katta Web-loyihalarni amalga oshirish uchun qaysi Frameworkdan foydalanish kerak degan savol ko‘ndalang turadi. Frameworklar nima?
Web-dasturlash sohasida ish yurituvchilar PHP dasturlash tili bilan bir vaqtning o‘zida HTML, CSS, JavaScript kabi dasturlash tillaridan ham foydalanadilar. Biroq so‘nggi 10 yillikka kelib, ish unumdorligini oshirish, vaqtni maksimal darajada tejash, loyihaning xavfsizligini oshirish, mijozning talabini tez va sifatli bajarish maqsadida web-dasturlash sohasida yangi Framework tushunchasi paydo bo‘ldi.
Framework — bu PHP tilida yozilgan va uning ishlashi MVC konsepsiyasi asosida qurilgan (MVC —Model-View-Controller).
Mode — Frameworkning bu qismi MB (ma’lumotlar bazasi)ni ulash, ular bilan ishlashga mo‘ljallangan.
View — saytning bizga ko‘rinib turadigan qismidir.
Controller — Frameworkni nazorat qiladi va chaqirilgan yo‘l bo‘yicha ruxsat oladi (View, Model va boshqa), fayllarni ulash uchun xizmat qiladi.
Framework Web-loyiha (application) uchun ‘karkas’ vazifasini bajaradi. Hozirgi kungacha juda ko‘plab Frameworklar yaratildi, ular mingdan ortiq (www.blogerator.ru). Frameworklar kundan-kun takomillashib bormoqda. PHP Frameworklar asri keldi desak ham bo‘ladi. Aslida, frameworklar evolyutsiyasi qachon boshlangan?
Frameworklarning paydo bo‘lishi
Eng birinchi frameworklardan biri — bu CakePHP (www.blogerator.ru). Biroq CakePHP o‘sha vaqtda hozirgi Frameworklardan anchagina farq qilar edi. Bu Frameworkda OOP (Object Oriented Programming — Obyektlarga Asoslangan Dasturlash)dan deyarli foydalanilmagan. Ular MVC konsepsiya asosida ishlamas edi, shuning uchun ham ortiqcha yuklanish talab etuvchi kodlari ko‘p bo‘lgan. Undan so‘ng 2007-yilda yana bir kuchli — Zend Framework 1.0 yaratildi (www.blogerator.ru). Zend Framework 1.0 funksionalligini Framework Zend 1.11 tenglashtirish mumkin. Keyinchalik bu Frameworklardagi kamchiliklar bartaraf etildi, ortiqcha kodlar olib tashlandi. Hozir esa Ajax yordami bilan sahifalarni ortiqcha yuklanishlar va qotib qolishlarsiz yuklab olish imkoniyati tug‘ildi. 2011-yildan Frameworklarning yangi davri boshlandi. Chunki bu paytga kelib, Frameworklar PHP5.3 versiya asosida tuzila boshlandi (PHP 5.3 2009-yil avgust oyida chiqarilgan).
2013-yilga kelib, Frameworklarga talab va ulardan foydalanuvchilar soni yanada oshdi. Fikrimizning isboti sifatida, 2012–2013 yillarda PHP dasturlash tiliga talabning oshganini iyul–avgust oylaridagi o‘zgarishlar misolida ko‘rish mumkin.
Iyul oyi:
Avgust oyi:
PHP dasturlash tiliga talabning ko‘payishi esa o‘z navbatida, PHP Frameworklarning qulayligi, ishonchliligi, funksionalligi oshishiga sabab bo‘ldi.
2014-yil avgust oyining oxirlariga kelib, PHP 6.0 versiya yaratildi (www.php.net). Bu esa web-loyihalarni yaratishdagi хatoliklarni kamaytirish va ish unumdorligini oshirish uchun Frameworklarni yanada takomillashtirish imkonini yaratdi.
Hozirda Web-dasturchilar tomonidan CodeIgniter, Yii, Medoo, Flight, Pop PHP, Laravel, Symfony, Zend, CakePHP, Kajona va boshqa ko‘plab qulay va ko‘p funksiyali PHP Frameworklardan foydalanilmoqda.
CodeIgniter — eng ko‘p qo‘llaniladigan MVC tizimli Frameworklardan biri. EllisLab kompaniyasi, Paul Burdick va Rick Ellis tomonidan yaratilgan. Birinchi marotaba 2006-yil 28-fevralda ommaga havola etilgan. 2011-yil 28-yanvarga kelib, CodeIgniter2.0 yaratildi. Bu Framework ikki bo‘limli: CodeIgniter Core va CodeIgniterReactor (www.ru.wikipedia.org)dan iborat.
2014-yil 6-mayda CodeIgniter2.2.0 versiya yaratildi (www.ellislab.com).
Mazkur versiya boshqa frameworklardan ko‘ra ancha tez va yengil hisoblanadi. MySql, PostgreSQL, MSSQL,SQLite, Oracle kabi ma’lumotlar bazasini quvvatlaydi. O‘rganish juda oson. Sozlash va o‘rnatish uchun ko‘p vaqt talab qilmaydi. Deyarli mikroframework desak ham bo‘ladi. Biroq ma’lumotlarni bazadan Modelga avtomatik generatsiya qilsh imkoni mavjud emas
Yii Frameworkning asoschisi Qiang Xue bo‘lib, u Yii Frameworkni 2008-yil 1-yanvarda yaratdi. Oradan bir yil o‘tib, dekabr oyida Yiiframework 1.0 ni ommaga havola qildi. Yii’ni yaratishdan oldin u ko‘p ishlatiladigan barcha frameworklarni o‘rganib chiqdi. Natijada, qolgan Frameworklarda yo‘l qo‘yilgan kamchiklarni o‘z Frameworkida bartaraf etdi. Hozirda Yii Framework’ga talab kuchli va u o‘z o‘rnida boshqa Frameworklar bilan raqobatlasha, ulardan bemalol ustunlik qila oladi ham. Yii yuqori samarador, komponentlarga asoslangan PHP framework. Yii Web-dasturlarni yaratishni sezilarli darajada tezlashtiradi (www.yiiframework.com).
Yii — Yes It Is (ha bu o‘sha) degan so‘zning qisqartmasidir. Yii’da yaratilgan Web-dasturlarning ishlashi uchun kamida PHP 5.1.0 versiyasi o‘rnatilgan Web server kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, Yii’da ishlash uchun OOP (Object Oriented Programming — Obyektlarga asoslangan dasturlash) ni tushunish dasturchi uchun juda muhim, chunki Yii to‘liq OOP’ga asoslangan Frameworkdir. Yii umumiy Framework hisoblangani uchun ham u yordamida ixtiyoriy web-dasturlarini yaratish mumkin. Yii yengil, ko‘p resurs talab qilmaganligi va murakkab keshlash mexanizmlariga ega bo‘lganligi uchun ham katta trafikli dasturlarni, masalan, portallar, forumlar, kontentni boshqarish tizimlari (CMS), elektron kommersiyani yaratishga mos keladi.
Zend — juda mustahkam, dasturchidan OOP chuqur bilishi talab qiladigan ko‘plab modul va kutubxonalarga ega, JS framework, DOJO va uning kutubxonasi o‘rnatilgan. Ixtiyoriy hajmdagi Web loyihalarni yaratish imkonini beradi. 2014-yil 15-aprelda yangi ZendFramework 2.3.1 versiyasi ishlab chiqildi.
Symfony — 2005-yilda ishlab chiqilgan Framework bo‘lib, juda kuchli MVC Framework hisoblanadi. Dasturchilar orasida anchagina ommalashgan. 2011-yil lider Frameworklar qatoriga kirgan va hozirgacha mashhurligini yoqotmagan.
Medoo — bu Framework boshqalaridan farqli ravishda, eng yengil (hajm jihatdan kichik) Framework hisoblanadi. Modooning xotira hajmi bor-yo‘g‘i 10,9 Kb. Uning barcha imkoniyatlari shu hajmli birgina fayldan tashkil topgan. Juda ajoyib mikroframework va miniloyihalardir.
POP php — har qanday Framework ham o‘ziga yarasha murakkab, o‘rganish qiyin. Biroq POP Php ish tajribasidan qat’iy nazar (professional dasturchi yoki havaskor), har qanday dasturchi va qiziquvchilarga mo‘ljallangan. O‘rganish va loyihani yaratish boshqa Frameworklarga nisbatan oson bo‘lgan, ochiq kodli Frameworkdir.
Laravel — deyarli barcha professional Web-dasturchilar bu Framework haqida xabardor. Hozirgi kunda eng ommabop Frameworklardan biri bo‘lgan Laraver dastlab yaratilgan versiyalari MVC konsepsiya asosida ishlamagan. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, kesh bilan operatsiyalar, sessiyalar, modul va kutubxonalar, sodda mexanizmlar formalar va HTML kodlar ham ORM (Object Relational Mapping) struktura bo‘yicha ish 2011-yil 24-noyabrga kelib, 2-versiya, 2013-yil 28-mayda esa Laravel 4 yaratildi.
Dostları ilə paylaş: |