Қишлоқ хўжалигида кичик корхоналарни ривожлантириш йўналишлари



Yüklə 291 Kb.
səhifə2/12
tarix13.05.2023
ölçüsü291 Kb.
#113118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
7-мавзу O‘sish dvigateli

6.1.1-jadval
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillar majmuasi

Miqdoriy xarakteristikaga ega omillar

Sifat omillari

Shartli (ballarda) baholanadigan omillar

Asosiy (birinchi darajali) omillar

Ikkinchi darajali omillar

Tasodifiy omillar

Bevosita kuzatiladigan (o‘lchanadigan) omillar

Bevosita kuzatilmaydigan (o‘lchanmaydigan) omillar

Murakkab (kompleks) omillar

Oddiy (birlamchi) omillar

Ichki omillar

Tashqi omillar

Juda chuqur yashirin (yuqori tartibli) omillar

YAshirin (2-tartibli latent) omillar

YUzaki ko‘zga tashlanadigan (1-tartibli) omillar

Rostlanuvchi (boshqariluvchi) Omillar

Qisman rostlanuvchi omillar

Tartibga solinmaydigan omillar

Qisqa muddatli

O‘rta muddatli

Uzoq muddatli ta’sirlar

Talab tomon omillari

Taklif tomon omillari

Iqtisodiy rivojlanishni bevosita tezlashtiruvchi omillar

Iqtisodiy rivojlanishga bilvosita ijobiy ta’sir etuvchi omillar

Iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiruvchi omillar (unga tahdidlar va xavflar)

Intensiv omillar

Ekstensiv omillar

Sintetik omillar

Iqtisodiy-ijtimoiy

Ilmiy-texnikaviy

Ma’naviy, ruhiy, axloqiy, siyosiy, ekologik, tabiiy-geografik tarzdagi va hokazo.

Barqaror iqtisodiy rivojlanishning va makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat:

  • aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YAIM), milliy daromad (MD) ning qator yillar davomida o‘sishi (YAIM, MD o‘sishi aholi o‘sishidan yuqoriligi);

  • aholi real daromadlarining o‘sishi;

  • aholi daromadlarida jamg‘armalar ulushining ortishi;

  • inflyatsiya darajasining tabiiy minimumi;

  • ishsizlik darajasining tabiiy minimumi;

  • davlat budjeti kamomadi minimumi;

  • joriy to‘lov hisobi balansi kamomadi;

  • tashqi va ichki qarzlar (barqarorlikka xavfsiz chegaradan oshmasligi);

  • samaradorlik ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi (xususan, YAIMda energiya sig‘imi ko‘rsatkichining kamayishi; sanoat mahsulotlari material sig‘imining kamayishi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligining oshishi; mehnat unumdorligining o‘sishi; ishlab chiqarish rentabelligining oshishi; eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushining oshishi).

Bular orasidan eng asosiysi, ya’ni eng asosiy makromaqsad: ishsizlik va inflyatsiyaning tabiiy minimumida maksimal iqtisodiy rivojlanishga (aholi turmush darajasining maksimumiga) erishishdir. Albatta, qolganlari ham, muhim, o‘ta zaruriy shartlardir. Shunday ekan, aynan ushbu makromaqsad bilan, shunday barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liq muammolar va ko‘rsatkichlar asosiy hisoblanishi va aynan shularni o‘rganish, shularga e’tiborni qaratish muhimdir.
Ma’lumki, BMT tomonidan iqtisodiy o‘sishning va turmush darajasining asosiy indikatori sifatida jon boshiga yalpi mahsulot (YAIM) yoki milliy daromad ko‘rsatkichi tavsiya etilgan. YAIMning o‘sishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholining turmush darajasiga ta’sir qiladi. YAIMning o‘sish sur’ati (dQ/Q) aholining o‘sish sur’atidan (dL/L) qancha yuqori bo‘lsa, uning turmush darajasi ham shuncha yuqori darajada o‘sadi. Demak, bularni, iqtisodiy aksioma sifatida qabul qilib, sanalgan va quyida yana aniqlanadigan mezon va ko‘rsatkichlarni ham e’tiborga olishimiz zarur. Boshqa tomondan, YAIMning o‘sishi, o‘sib borayotgan aholini ish bilan ta’minlashda ham muhimdir. Shuning uchun ham, har bir mamlakatda davlat organlari iqtisodiy o‘sishga o‘z e’tiborini qaratadi va u davlatning iqtisodiy siyosatida muhim o‘rin tutadi.
Iqtisodiy rivojlanishning birlamchi manbasi - bu mamlakatdagi ishlab chiqarish omillari va resurslarning miqdori hamda sifatidir.
Asosiy ishlab chiqarish omillari quyidagilardan iborat:

  • kapital - binolar, inshootlar, jihozlar, uskunalar, texnologik liniyalar va h.k.;

  • mehnat - malakali va malakasiz mehnat, boshqaruv mehnati; hozirgi sharoitda tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘ziga xos mehnat resurslarini ham alohida ajratish muhim;

  • axborotlar - ayniqsa, bozor segmentlari va talab bo‘yicha, tovarlarning narxlari bo‘yicha axborotlar, xomashyo, uning sifati, miqdori, yangi texnologiyalar, yangi uskuna-jihozlar va yangi mahsulotlar to‘g‘risidagi axborotlar rivojlanish uchun muhimdir; hozirgi sharoitda har qanday iqtisodiy faoliyatni kerakli axborotlarsiz va bilimlarsiz tasavvur qilish qiyin;

  • materiallar - xomashyo, elektr energiyasi, gaz, butlovchi qismlar va yarimfabrikatlar. Xomashyo manbasining etarli darajada bo‘lishi, ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.

Iqtisodiy rivojlanishning yana bir muhim manbasi va omili - ilmiy-texnik taraqqiyot (ITT) dir. ITTning asosiy ko‘rsatkichlari - bir yil davomida yaratilgan yangi jihozlar, uskunalar, texnologiyalar soni va ularni ishlab chiqarishga joriy qilinishi, yangi kashfiyotlar bo‘yicha patentlar, raцionalizatorlik takliflari soni, har ming kishiga to‘g‘ri keladigan mutaxassislar soni (ayniqsa, zamonaviy yo‘nalishdagi oliy ma’lumotli mutaxassislar, fan nomzodlari, fan doktorlari, akademiklar soni).
Iqtisodiy rivojlanishning yana bir manbai - bu ishlab chiqarishni tashkil etishning yuqori samarali shakllari, xususan, ichki va tashqi ixtisoslashuv, kooperaцiya va kombinaцiyalashdir.
Iqtisodiy o‘sishning asosiy ko‘rsatkichlari, manbalari va omillarini o‘rganish, ularning ishlab chiqarishning o‘sishiga ta’sirini miqdoriy tahlil etish, ulardan yanada samarali foydalanish imkoniyatlarini ochishga yordam beradi. Iqtisodiy rivojlanishni o‘rganishda va omillar ta’sirini miqdoriy baholashda ishlab chiqarish funksiyasidan (IChF) foydalanish maqsadga muvofiq. Ishlab chiqarish funksiyasi - ishlab chiqarishga jalb qilingan asosiy ishlab chiqarish omillari (taklif tomon omillari) va ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o‘rtasidagi miqdoriy bog‘lanishni aks ettiradi.
Iqtisodiy rivojlanishga yangi yondashuvlardan biri investitsiyalarga va ularning tashqi samarasiga asoslanadi. Investitsiyalar - nafaqat mehnatning, balki kapitalning ham samaradorligini oshiradi va “tashqi ijobiy ta’sirlarga” ega. Investitsiyalarning bu “tashqi samarasi” ko‘pincha bevosita baholanmaydi, shuning uchun kapitalning iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan “xissasi” odatda kamroq baholanadi. Ayniqsa, inson omiliga investitsiyalar o‘ta muhimdir.
Jahonda va O‘zbekistonda oxirgi yillarda iqtisodiy rivojlanishga bo‘lgan munosabatda kuzatilayotgan ba’zi yangi tendensiyalarni ko‘rib o‘tamiz. Keyingi paytlarda an’anaviy miqdoriy iqtisodiy o‘sish nazariyalaridan inson salohiyotining barqaror rivojlanish konsepsiyasiga o‘tish kuzatilmoqda.
“Inson salohiyoti taraqqiyoti indeksi” (ISTI) - nafaqat moddiy farovonlikning oshishi, balki ta’lim, sog‘likni saqlash, atrof-muhit muhofazasi kabi omillar bilan ham bog‘liq. Ushbu indeks e’tiborga oladigan va baholaydigan asosiy ko‘rsatkichlar: aholi jon boshiga real YAIM, o‘rtacha kutiladigan umr va ma’lumot darajasidir.
ISTI indeksi 0 va 1 oralig‘ida o‘zgaradi. ISTI qanchalik yuqori bo‘lsa, inson salohiyati rivojlanishi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Iqtisodiy jihatdan an’anaviy muammoning: mehnat unumdorligiga inson sifatlari va xarakteristikalarining ta’siri muammosining ham roli behad ahamiyatlidir, chunki “mehnat potensialining” muhim komponenti - aholining ma’lumot va ta’lim olish darajasidir.

Yüklə 291 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin