Ishmuhamedov R., va boshq. Ta’limda innovasion texnologiyalar


Maktabgacha ta'lim muassasasida mazmunli rasm solishga o'rgatishning vazifalari



Yüklə 98,37 Kb.
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü98,37 Kb.
#209082
1   2   3   4   5   6   7   8
1- mavzu

Maktabgacha ta'lim muassasasida mazmunli rasm solishga o'rgatishning vazifalari. Mazmunli rasm chizishning asosiy maqsadi bolaning atrof-muhitdan olgan taassurotlarini ifodalashga o'rgatishdir. Mazmunli rasm-bu bir nyecha mazmunning ma'lum rangda tasvirlanishini tushuniladi. Bolalar qaysi mazmun bo'yicha rasm chizadilar? Bolalar kichik hikoya, ertak asosida va bolalarni o'rab turgan tevarak-atrofni, tabiatni chizishga harakat qiladilar. Bolalar tomonidan chizilgan «Biz shanbalikda» va «Kech kuz» rasmlari bunga misol bo'la oladi. Bolalar bilan olib boriladigan bunday mashg'ulotlar ularning har tomonlama kamol topishiga yordam byeradi. Bunda bolalarning aqliy qobiliyati rivojlanadi.
• Bu bolada asta-sekinlik bilan rivojlanadi, shuning uchun mazmunli rasm chizish o'rta guruhdan boshlab kiritilgan. Bunda ham yonma-yon turgan 2-3 ta predmetni tasviriy o'rgatiladi. mazmunni tasvirlashda predmetlarning bir-biridan ajratish uchun uning razmerini, fazodagi o'rinlariga qarab, predmetlarning katta yoki kichikligini o'rgatish kerak. Maktabgacha yoshdagi bola uchun predmetlar orasidagi fazoviy munosabatlarni farqlay olish juda qiyin. Mazmunli rasm chizishni, bog'chada o'rgatishning umumiy vazifalari quyidagilar:
• Mavzuning mazmunini ifodalashga uning asosini ajratishga o'rgatish.
• Ob'yektlar orasidagi o'zaro aloqani tasvirlashga o'rgatish.
• Ob'yektlar orasidagi proporцional joylashuvni tasvirlashga va ularning fazodagi o'rinlarini ko'rsatishga o'rgatish.
O'rta guruhda mazmunli rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
O'rta guruh bolalariga rasm mashg'ulotlari asosan yil boshidan o'ta boshlanadi, sababi kichik gurux bolalariga qaraganda ular ma'lum mazmun asosida lo'nda qilib rasm ishlay olish qobiliyatiga egadirlar. Bolalarda rasm chizish malakasini rivojlantirish maqsadida 2-3 predmetni ko'rsatish mashqlari bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Rasm ishlash mazmuni quyidagilardir:
• Mazmuni jihatdan bir-biriga o'xshash 2-3 predmetli rasm chizdirish.
• Bir necha predmetlarning joylanishini belgilash.
Bola 4 yoshdan boshlab predmetlarning yonma-yon joylanishini odamlarning ko'rinishini faqat old tomondan, hayvonlarning ko'rinishini faqat yon tomondan bir yo'lda chiza olish qobiliyatiga egadirlar. Masalan: "Bolalarnig qishki o'yinlari".
O'rta guruxlarda rasm chizish orqali bolalarning og'zaki nutqini o'stirish bilan ularni o'rab turgan tevarak-atrof bilan ham tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Bu yoshdagi bolalar uchun quyidagi rasmlarni tavsiya qilish mumkin:
• "Qizcha uy atrofida o'ynayapti".
• "Qish, bolalar qorbobo yasayaptilar".
• "Bo'g'irsoq", "Chipor tovuq".
O'rta guruhdagi bolalar rasm chizishni faqat bir yo'nalishda chizishlaridan tashqari bir varaqni to'ldirib chizish malakalarini ham rivojlantirib boradi.
Ma'lum narsani ko'rib tasavvur qilgan holda rasm chizadi, uning aqliy qobiliyati rivojlanadi, o'sib boradi. Har bir mashg'ulot bolalarning aqliy, estetik ruhda tarbiyalashga, jamoat ishlarini bajara olishiga asos bo'ladi. Bu mashg'ulotlarni o'tkazish asosan bolalarning kuzatuvchanligi asosida olib boriladi, shunda ularning og'zaki nutqi, mustaqil fikrlay olishi, har-xil mavzularda rasm chiza olish ko'nikmalari rivojlanadi.Bolalarida rasm chizish ko'nikmasi asosan og'zaki nutq orqali amalga oshiriladi. Masalan: bola bironta qiz, uy rasmlarini chizib, unga kichik ertak ham to'qishi mumkin. Ma'lum maqsadli rasm bolaga ko'rsatilayotganda aniq maqsadga ega bo'lishi kyerak. Bola ko'rsatilayotgan rasmni aniq ko'rib chiza oladi, lekin uni yon tomonini, ustini chizishni bilmasligi mumkin. Talabalarga ishlangan rasmlar namunasidan ko'rsatib quyidagilarga alohida e'tibor berishlarini eslatish kerak. Masalan: predmetlarning proporsional, simmetrik joylanganligi uylar, daraxtlar, samolyotning parvoz qilayotganini chizdirish orqali bolalarda taxlil-sintez usulidan foydalanish muximdir. Yuqorida qayd qilinganidek, quyidagilarga ahamiyat berish kerak:
• Mavzuning mazmuni aniq bo'lishiga;
• Ob'yektlar orasidagi bog'lanishga;
• Ma'lum maqsadga yo'naltirilgan mavzu bo'lishiga e'tibor byerish kyerak.
Bu yoshdagi bolalarga rangli qog'ozlar byerilib maqsad aytiladi. Masalan, bola ko'k rangda-o'tlarni, havo rangda-suv, sariq rangda-qum ko'rinishida tasvirlay oladilar. Masalan, "Baliqlar suzyapti", "Jo'jalar o't ustida o'ynayaptilar" ni ko'rsatish. Bolalarning aqliy qobiliyatlarini tekshirish maqsadida tarbiyachi bir predmet yoki jismni ko'rsatib uning varaq ustida joylanishini so'roqlar byergan holda suxbat orqali aniq maqsad asosida rasm chizdirish kerak. Bunda albatta tarbiyachining bilimdonligi katta maxorat talab qiladi. Bolalarning bir yarim yilda chizishgan rasmlari o'lchovlari asosan bir xil bola chizgan rasmlarini past va balandligini ko'rsatish va farqini tushuntirish lozimdir. To'rt yoshli bolalarda rasm chizish ko'nikmalari o'sib boradi, ular kattalar chizgan rasmlarni tomosha qilgan holda taqlid qilib rasm chizishga urina boshlaydilar. Hoh ota-ona, hoh tarbiyachi bola tomonidan chizilgan rasmlarni bola oldida baxolashi kerak. Bolalar o'rtoqlarining chizgan rasmlarini yaxshi, yomon va xatolarini ko'rsatishlari kerak. Quyidagi vazifalari bor:
• Bir-biriga mazmunan bog'liq 2-3 ta predmyetni tasvirlashga o'rgatish.
• Kompozitsion qobiliyatlarni o'stirish (1 ta chiziqda bir nechta predmetni joylashtirish yoki yonma-yon yoki butun varaqda osmon va yerni chizish).
Bolalarga beriladigan mavzular qiyin emas: uy, uyning yonida daraxti o'syapti, skameyka turibdi; uy yoki daraxt yonida qizcha sayr qilib yuribdi, o'tloqda jo'jalar sayr qilishyapti; o't, gullar, quyosh nur sochyapti. Bu rasmlarda mazmunli rivojlanishni bolalar ko'rsatishmaydi. Bolalar 2-3 predmetni yonma-yon chizishadi. ular orasida hech qanday harakat bog'lanmagan.

Yüklə 98,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin