Ishmuhamedov R., va boshq. Ta’limda innovasion texnologiyalar


Katta guruhda mazmunli rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari



Yüklə 98,37 Kb.
səhifə6/8
tarix07.01.2024
ölçüsü98,37 Kb.
#209082
1   2   3   4   5   6   7   8
1- mavzu

Katta guruhda mazmunli rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
Bola besh yoshdan boshlab ma'lum mavzudagi rasmlarni chiza olish qobiliyatiga ega bo'ladi. U tevarak-atrofni o'zgarishlarini tasavvur qila oladi va chizishga harakat qiladi. Bu yoshdagi bolalarga quyidagi mavzudagi rasmlar chizish tavsiya qilinadi:"Bolalarning qishki o'yinlari".
"Bog'chada senga nimalar qiziqarli, shularni chiz".
"Men onamga guldasta sovg'a qilyapman".
"Quruvchilar yangi uy quryaptilar".
"Ona bolani bog'chaga olib kyetyapti".
"Bolalar qorbobo yasayaptilar".
Katta guruxdagi bolalar badiiy asarlardan olingan taassurotlari asosida va ertak mazmunini tushungan holda quyidagi mavzuda rasm chiza oladilar. Masalan, "Ikki ochko'z ayiqcha", "Ayyor tulki va kulrang bo'ri", "Mushuk, xo'roz va tulki" va boshqalar. Bu chizdirilgan rasmlar aniq va konkret masalada bo'lishiga ahamiyat berish kerak. Masalan, "14 yanvar-ximoyachilar kuni", "8 mart-onalar bayrami", "21 mart-Navro'z bayrami". Katta guruxda o'tkaziladigan rasm mashg'ulotlari qiziqarli, savollarga javob olgan holda, asarda qatnashayotgan har bir personajga tavsif bergan holda ranglarni tanlay olish va varaqqa joylashtirish vazifalarini belgilash kyerak. Bolalar tomonidan ishlanayotgan har bir rasmda predmetlarning xajmi, o'lchovlarini chamalash bilan birga o'zoq-yaqin, oldinma-ketin, ustma-ust, ketma-ket joylash mumkinligini tushuntirish kerak. Bu yoshdagi bolalar ayniqsa ertak multfilmlarni tomosha qilishni yaxshi ko'rganliklari sababli shu mavzudagi rasmlar chizishni yaxshi ko'radilar. bola rasm chizishni varaqning eng chyetidan boshlab chizish bilan birga predmyetlarni joylanishini ko'rsatishi kyerak va bo'yoqlarni tanlay olishi ham muxim ahamiyatga egadir. Bolani rasm mashg'ulotiga tayyorlash uchun unga kerakli rasm anjomlarini hozirlagan holda, bironta kuy eshittirib akvarel bo'yoq berib ma'lum mavzu va maqsad asosida rasm chizish ishini boshlash lozim. 5-6 yoshli bolalarning mazmunli rasmlarining mazmuni ancha boy bo'ladi. Bunda bolalar faqat predmyetlarni chizishmaydi, balki predmyetlarning atrofdagi sharoitni ham tasvirlaydi. Quyidagi vazifalari bor:
• Ob'yektlar orasidagi o'zaro mazmunan bog'liqlikni tasvirlashga o'rgatish.
• Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish (bunda qog'ozda gorizontal chizig'ini byelgilab chizish).
• Rang qobiliyatlarini rivojlantirish.
Bu yoshdagi bolalarda har bir mavzuning mazmuni oldindan konkret aniqlangan bo'lishi kerak. Ularga masalan, “Bayram” mavzusini berish kerakmas, chunki bola yo mavzuga aloqador bo'lmagan narsani chizish, yo o'zining imkoniyatiga to'g'ri kelmaydigan, kuchi yetmaydigan masalani qo'yish mumkin.

Yüklə 98,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin