Ishning maqsadi



Yüklə 15,58 Kb.
tarix08.05.2023
ölçüsü15,58 Kb.
#109743
4-laboratoriya ishi


4-LABORATIRIYA.
Mavzu: RT- 250M-2 uzish mashinasining metrologik xususiyati o`rganish.


ISHNING MAQSADI:
RT- 250M-2 uzish mashinasining metrologik xususiyati o`rganish iborat.
KERAKLI JIHOZLAR: Termometr, kapillyar naycha, termoballon, manometrik termometr, shishali termomenr.
ISHNING NАZАRIY QISMI:
Uzish mashinasi RT-250 (RT-250 M-2) to‘qimachilik gazlamalarining mustahkamligini va uzilishdagi uzayishni aniqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u o‘uyidagi qismlardan tashkil topgan: mayatnikli kuch o‘lchagich, pastki va yuqori qisqichlar, o‘tkazgich mexanizmi, cho‘zilishni o‘lchagich qismi va elektryuritgich.
Elektryuritgichni harakatga keltirish “pusk” tugmachasini bosish orqali, pastki qisqichning haraktini esa qo‘l bilan tutqich (richag)ni tortib bajariladi. Pastki qisqich pastga harakatlanadi, namuna uzilgach esa avtomatik ravishda boshlang‘ich holatiga qaytadi.
Mustahkamlik mayatnikli kuch o‘lchagichda aniqlanadi. Kuch o‘lchagich mayatnigi sharikli g‘ildirak markaziga o‘rnatilgan.
RT-250 uzish mashinasining texnik va metrologik xususiyatlari.

  1. Eng yuqori uzish qiymati 250 kgk;

  2. Uzishning o‘lchash oralig‘i:

1 shkala-0-50 kgk;
2shkala 0-250 kgk.

  1. Kuch o‘lchash shkalasining oraliq bahosi:

1 shkala-0,1 kgk;
2 shkala-0,5 kgk;

  1. Qiymatning nisbiy kuch o‘lchash xatoligi belgilangan oraliq ±1%;

  2. Deformatsiyani o‘lchash oralig‘i 0dan 200gacha;

  3. Mayatnik ko‘rsatishining siljishi tutqichni to‘g‘rilashda 2 mmdan ko‘p emas;

  4. SHkalaning oraliq bahosi 1mm;

  5. O‘lchash deformatsiyasining qiymat xatolik oralig‘i ±1mm;

  6. Pastki qisqichning harakat tezligi oralig‘i 80-250 mm/min;

  7. Pastki qisqichning harakat tezligi xatoligi 5%dan ko‘p emas;

  8. Pastki qisqichning harakat tezlik bahosi 10 mm/min;



RT-250 uzish mashinasini tekshirish usuli.

  1. Mashinaning ustki ko‘rinishini tekshirish.

  2. Mashinani sinab ko‘rish.

  3. Nisbiy kuch o‘lchagich xatoligini aniqlash.

  4. Pastki qisqichning harakat tezligini tekshirish.

  5. O‘lchash deformatsiyasining xatoligini aniqlash.

  6. O‘lchashlar orasidagi masofani tekshirish.

  7. Aktiv qisqichning ishchi xarakatdagi ulchamlarini tekshirish.

Ishni bajarish tartibi.

  1. Mashinaning ustki ko‘rinishini tekshirishda elektryuritgichni erga ulash, ba’zi bir qismlarini mahkamlanganligini tekshirish, undan tashqari zavod nomeri, chiqqan yili bilan tanishib chiqilishi kerak.

  2. Mashinani sinab ko‘rishda ishonch hosil qilish yoqilg‘iga oshiq-moshiqni pastki qisqichga bog‘liqlig‘ini tekshirish kerak bo‘ladi. Tekshirishni sekin va bir xilda o‘tkazishni, mayatnikni tushirib va ko‘tarib, shu bilan birga pastki qisqich bir xilda silkinishsiz harakat qilishi zarur.

  3. Pastki qisqichning harakat tezligini tekshirish sekundomer va chizg‘ich yordamida tekshiriladi. Tekshirishlar har bir nuqtada bir martadan 80, 100, 150, 200 va 250 mm/min da o‘tkaziladi.

Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi:



SHkalaning bo‘yicha qisqichning tezligi mm/min

O‘lchash vaqti, sek

Qisqichning tushish oralig‘i, mm

qisqichning xaqiqiy tezligi, mm/min

100










150










200










250












Aktiv qisqichning harakat tezlik xatolik oralig‘i ±5%dan oshmasligi kerak.
Yüklə 15,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin