Ishsizlarni davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilish yo'nalishlari


Aholini ishsizlikdan himoya qilish borasida davlat tadbirlari



Yüklə 121 Kb.
səhifə5/6
tarix20.10.2023
ölçüsü121 Kb.
#158196
1   2   3   4   5   6
Ishsizlarni davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilish yo\'nalishlar

Aholini ishsizlikdan himoya qilish borasida davlat tadbirlari

Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 28-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi (Yangi tahriri) Qonunining 4-bo‘limida keltirilgan moddalar ushbu bandni yoritishda muhim vosita hisoblanadi.
Jiddiy talafotlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat ish bilan ta’minlashni oshirish siyosatini o‘tkazadi. Chunonchi, ishsizlikning friktsion va boshqa turlari o‘sganda davlat:

  • qaytadan kasb o‘rgatadi;

  • ta’lim berish tizimini kengaytiradi;

  • bo‘sh ish joylari haqidagi axborotlarni keng tarqatadi;

  • mehnat birjalariga investitsiyalarni ko‘paytiradi.

  • Agar ishsizlik davriy xususiyat kasb etsa, davlat byudjet, fiskal, kredit-pul vositalarini ishga soladi, ya’ni:

  • ish bilan ta’minlashni kuchaytirish uchun ishlab chiqarishga ko‘proq mablag‘ sarflaydi;

  • tadbirkorning manfaatdorligini oshirish uchun ssuda hamda kreditorlarning foiz stavkalarini pasaytiradi;

  • ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga solinadigan soliqlarni kamaytiradi.

  • Bu tadbirlardan tashqari, davlat mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solishda:

  • aholi soni, yosh va jinsi salmog‘idagi o‘zgarishlarga;

  • ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud o‘zgarishlariga;

  • qo‘shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezonlariga;

  • ishlab chiqarish hajmiga, uning o‘sish sur’atiga, ishlab chiqarish tarkibiga;

  • ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi kabi omillarga alohida e’tibor beradi.

Ishsizlikni kamaytirishning iqtisodiy tadbirlaridan eng asosiysi iqtisodiyot tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq kichik korxonalarni barpo etishdir. Bu esa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning miqyosini oshirishga qaratilgan bo‘lishi darkor. Bunga esa, mehnat unumdorligini oshirish, ish joylarining moddiy-texnikaviy, texnologiya va sarmoya ta’minotlarini yaxshilash, yangi noqishloq xo‘jaligi mehnati zonalarini tashkil etish, ish vaqtidan unumli foydalanish, ishlovchilar moddiy manfaatdorligini oshirish va oqilona soliqlar orqali erishish mumkin.
Xulosa


Ishsizlik darajasi mamlakat iqtisodiyotining qay darajada taraqqiy etganligining hamda iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ishsizlik darajasi deganda ishsizlar sonining iqtisodiy faol aholi tarkibidagi salmog‘i tushuniladi.
Respublikada ishsizlik darajasini bandlik xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tgan ishsizlar sonining iqtisodiy faol aholi umumiy soniga nisbatan olib hisoblash mumkin.
Ishsizlik darajasiga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi: mehnat haqining pastligi, mehnat sharoitlari yaxshi emasligi, ish haqining vaqtida berilmasligi, ish joylarini qisqartirishlar va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari barqarorlashayotgan davrda ishsizlikning bo‘lishi tabiiy holatdir,chunki ishchi kuchiga bo‘lgan talabning taklifiga mos kelishi oqilona bandlikni shakllantirib, jamiyat uchun tabiiy bo‘lgan ishsizlik darajasini tarkib toptiradi.
Ish bilan band bo‘lmagan shaxslarni yangi kasblarga o‘rgatish, malakasini oshirish, moddiy yordam berish va ish joylarini tavsiya etish mehnat birjasi tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy tadbirlarning eng muhimi hisoblanadi.

Yüklə 121 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin