Ishsizlik darajasi va davomiyligi.
Ishsizlik darajasi – mehnat bozorining hozirgi paytdagi ahvoli haqida va unda muayyan vaqt mobaynida ro‘y bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida tasavvur beradigan asosiy ko‘rsatkichdir.
Mehnat potentsialidan foydalanishning ijtimoiy - iqtisodiy samaradorligini oshishi ko‘proq ishsizlik darajasiga bog‘liq va bu chet el va o‘zimizning iqtisodiy adabiyotlarimizda turlicha aniqlanadi. Masalan, yapon statistikasida ishsizlik darajasining (I) ikkita usul amal qiladi:
ishsizlar soni
1) I q ----------------------------------------
yollanma ishchilar + ishsizlar
ishsizlar soni
2) I q ----------------------------------------
ish bilan bandlar + ishsizlar
Boshqacha yondashishda esa ishsizlik normasi ishsizlar sonini (Inor) mehnatga layoqatli aholi soniga nisbatan (A) bo‘lish orqali aniqlanadi:
Inor q I / A * 100%
Birinchi yondashishning asosiy kamchiligi shundaki, ishsizlik normasining bo‘linuvchisi sifatida barcha ishchi kuchining miqdori emas, balki ish bilan band ishlovchilar soni tanlangan.
Boshqacha yondashishda esa ishsizlik normasini xarakterlashda mehnatga layoqatli aholi soni noto‘g‘ri foydalanilgan. Chunki mehnatga layoqatli aholining barchasi ish joylarida talabga ega bo‘lavermaydi.
Bizningcha, ishsizlik darajasini ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga bo‘lish orqali aniqlash lozim:
ishsizlar soni
I q ------------------------------------ * 100% (8)
iqtisodiy faol aholi soni
Ma’lumki, amaliyotda tarkibiy omillarning ta’sirini davriy omillarning ta’siridan farqlash qiyin bo‘ladi, shuning uchun fan foydalanadigan ta’riflar (friktsion, tarkibiy, davriy ishsizlik va ishsizlikning boshqa turlari) anchagina shartli tusga ega bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, ushbu ta’riflar foydali tarzda qo‘llanilishi mumkin, masalan, ulardan mehnat bozoriga ta’sir etadigan uzoq muddatli va qisqa muddatli omillarni aniqlash uchun foydalansa bo‘ladi. Ishsizlikni miqdoriy baholash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishsizlik darajasi – mehnat bozorining hozirgi paytdagi ahvoli haqida va unda muayyan vaqt mobaynida ro‘y bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida tasavvur beradigan asosiy ko‘rsatkich.
1. Ishsizlik darajasining ko‘rsatkichlari:
a) ro‘yxatga olingan ishsizlik darajasi (Rid):
Rid = Ris / Ifas x 100 = Ris / (Bs+Ris) x 100,
b) umumiy ishsizlik darajasi (Uid):
Uid = Ius / Ifas x 100 = Ius / (Bs+Ius) x 100,
v) to‘liq ishsizlik darajasi (Tid):
Tid = Shbs / Ifas x 100,
Bunda; Ris – ro‘yxatga olingan ishsizlar soni, kishi;
Ifas – iqtisodiy faol aholi soni, kishi;
Ius – ishsizlar umumiy soni, kishi, mehnatga layoqatli aholi orasida tanlama tarzda o‘tkaziladigan so‘rovlar natijasida aniqlanadi;
Shbbs – shartli ma’nodagi ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar soni:
Shbbs = (ΣTf - ΣAf): Xf
bunda ΣTf – mintaqa iqtisodiy faol aholisining tadqiq qilinadigan davrdagi ish vaqti (kishi-soatlar, kishi-kunlar)ning to‘liq jamlama fondi;
ΣAf – amalda ishlab berilgan vaqtning jamlama fondi;
Xf – bir nafar xodimning tadqiq qilinayotgan davrdagi ish vaqti (soatlar, kunlar)ning to‘liq fondi.
2. Ishsizlikning davomliligi (oy) – ko‘rib chiqilayotgan davrning oxiriga kelib ishsiz maqomiga ega bo‘lgan shaxslarning, shuningdek ushbu davrda ishga joylashgan ishsizlarning ish izlashlarining o‘rta hisobdagi davomliligini tavsiflaydigan miqdor.
3. Mehnat bozoridagi tig‘izlik koeffitsienti (Tk) bir bo‘sh o‘ringa to‘g‘ri keladigan ro‘yxatga olingan ishsizlar soni (Ris) bilan o‘lchanadi:
Tk = Ris : ΣBs,
bunda ΣBs – mazkur davrdagi bo‘sh ish o‘rinlarining jamlama soni.
Ishsizlik darajasining tabiiy miqdori qancha bo‘lishi mumkin, degan masala ustida iqtisodchilar juda ko‘p fikr bildiradilar, lekin biror mamlakatda uning aniq miqdori belgilangan emas. Masalan, AQShda ishsizlar sonining tabiiy darajasi 1960 yillarda 4-6% ga ko‘tarildi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan davrdagi ishsizlik darajasi tabiiy me’yoriy holat deb ifodalanib, ishlab chiqarishning potentsial imkoniyati bilan bog‘liqlikda bo‘ladi. Agar bandlik yuqori bo‘lib, ishlab chiqarishda ham ko‘p bo‘lsa, spiralsimon inflyatsiya yuzaga keladi.
Ishsizlik darajasi doimo noldan yuqori bo‘ladi, chunki ixtiyoriy va tarkibiy ishsizlik u yoki bu ko‘rinishda mavjud bo‘ladi. Lekin ishsizlikning tabiiy darajasi inflyatsiyaning kuchayishini to‘xtatib turadi.
Hozirga vaqtda rivojlangan mamlakatlarda tabiiy ishsizlik darajasi quyidagi sabablarga ko‘ra ortishi mumkin:
Mehnatga o‘smirlar, ayollarning jalb etilishi.
Davlatning iqtisodiy siyosati ishsizlarga kam maosh to‘laydigan ishlarga yollanmasdan uzoq muddat yuqori ish haqi to‘laydigan ishni qidirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtdi ko‘pchilik mamlaktlarda ishsizlarga 16 dan 26 haftagacha olayotgan eng so‘nggi ish haqining 50 foizi miqdorida ishsizlik nafaqasi to‘lanadi va soliqlardan ozod etiladi, natijada ular ish haqining 60-70 foizi miqdorida pul ola boshlaydilar.
Tarkibiy ishsizlikning kuchayishi ishsizlik tabiiy darajasining o‘sishiga olib keladi. Masalan, qishloq xo‘jaligining sust rivojlanishi.
Turli mualliflar ishsizlikning tabiiy darajasini turlicha hisoblaydilar. G‘arb mamlakatlarida ishsizlikning tabiiy darajasi 4-6% doirasida deb yuritiladi. Bizning iqtisodchilarimiz bu ko‘rsatkichni 3-5% deb hisoblaydilar.
Turli mamlakatlarda har bir muayyan davrda ishsizlik darajasi bir-biridan jiddiy farq qiladi, bu esa har bir mamlakat uchun qaror topgan “tabiiy” ishsizlik darajasiga, mamlakatdagi iqtisodiy davriylik fazasiga, shuningdek, davlat tomonidan ishlab chiqilgan ish bilan bandlik siyosatiga bog‘liq bo‘ladi.
Amalda ishsizlik tabiiy darajasining eng maqbul miqdori yo‘q. Hali hech kim iqtisodiyot uchun eng maqbul ishsizlik darajasini isbotlashga erishgani yo‘q.
Aksincha, ayrim hisoblardan ko‘rinadiki, yalpi milliy mahsulotning yuqori darajada o‘sishi ishsizlikning tabiiy darajasini pasaytiradi. Ammo u maqbul miqdordan yuqori bo‘lib qolaveradi. Chunki, yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarish o‘z imkoniyat darajasiga etmagan bo‘ladi. Yalpi milliy mahsulotni potentsial darajasiga o‘stirish esa haddan tashqari iqtisodiy farovonlikka olib keladi va oqibatda inflyatsiya kuchayishi mumkin. Quyidagi tadbirlar ishsizlik tabiiy darajasiga erishishga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
aholini mavjud ish o‘rinlari haqida xabardor etishni yaxshilash;
mutaxasislar tayyorlashni takomillashtirish;
ishsizlarni davlat tomonidan hamoyalash darajasini kuchaytirish.
Xalqaro mehnat tashkiloti standarti bo‘yicha tabiiy ishsizlik darajasi 1,5 – 2,5% ni tashkil etadi.
Amerikalik iqtisodchi olim Artur Ouken notabiiy yoki davriy ishsizlikning salbiy ta’sirga ega ekanligini matematik holda isbotlab berdi. A.Ouken qonuniga ko‘ra, ishsizlikning tabiiy darajasi 1 foizga oshganda yalpi milliy mahsulot 2,5 foizga kamayadi.
Ishsizlikning davomiyligi- ishsizlik maqomiga ega bo‘lgan shaxslarning shu davr oxiriga kelib, ish qidirish muddati o‘rtacha qancha davom etganligini ko‘rsatuvchi hajmdir.
Ishsizlikni tahlil qilishda uning davomiylik ko‘rsatkichi alohida ahamiyatga ega. Ishsizlikning o‘rtacha davomiyligi va uzoq vaqt ishlamayotganlar ishsizlar orasidagi hissasi haqidagi ma’lumotlar nisbiy ishsizlik haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Ayrim hollarda ishsizlarning asosiy qismi tezda (1-4 oy ichida) yangi ish joyi topishi mumkin, ba’zilari esa yarim yil va undan ham ko‘proq muddat ish topolmay yuradilar. Davlatning iqtisodiyotni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi faoliyati aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasidagi muhim yo‘nalishdir. Davlat iste’mol va investitsiya tusidagi tovar va xizmatlarga bo‘ladigan talabni rag‘batlantirib, shu asosda mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalarda yangi ish o‘rinlari yaratib borishi, iqtisodiyotning xususiy tarmog‘ini va ushbu tarmog‘da yangi sh o‘rinlari ochilishini rag‘batlantirishi lozim. Lekin davlat faoliyatining shu jihatini takomillashtirish talab etiladi.
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida, umuman, aholini ijtimoiy himoyalashning muhim sharti sifatida ish bilan bandlik va ishsizlikdan himoyalash siyosati dunyodagi ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning boy tajribasiga asoslangandir. Ammo, bu tajribalarning ko‘pchiligi O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tub mohiyatiga tatbiqan etarlicha to‘g‘ri kelavermaydi.
Biz umumlashtirgan va 7.3-chizmada keltirilgan aholini ish bilan bandlik siyosatining asosiy yo‘nalishlari ish bilan bandlik siyosati evolyutsiyasining faqat tarkibiy emas, balki tarixiy-mantiqiy tasvirini ham beradi. Aslini olganda, aholini ish bilan bandligining faol siyosatidan oldin yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ishsizlarni hisobga olish, ro‘yxatga olish, ishsizlarni samarali qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni ijtimoiy himoyalash uslublari (passiv siyosat) amalga oshirilishi mamlakatda zarur edi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko‘rsatishicha, hukumat ishsizlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlagandan keyingina, boshqa ishlarga kiritishi – dastlab ish bilan bandlikni barqarorlashtirish (saqlash)ga, so‘ngra uning o‘sishini rag‘batlantirishga kirishishi mumkin. Bunda ish bilan bandlikning o‘sishini rag‘batlantirish uch yo‘nalishda amalga oshiriladi:
tadbirkorlar bilan ishlash, masalan, yangi ish joylari yaratilganda soliq imtiyozlarini berish, ishsizlarning ish izlashlarini faollashtirish;
ishchi kuchi taklifini rag‘batlantirish;
yollanma ishchilar sinfini mehnat bozoridan chiqarish, xususiy tadbirkorlik bilan o‘z-o‘zini ish bilan band qilishni rag‘batlantirish (kasanachilik, uy sharoitida ochilgan mayda tsexlar va boshqa).
O‘zbekistonda ishsizlikning keskin ko‘payishi ish bilan bandlik siyosatining me’yoriy evolyutsiyasi yo‘lidan izchil borishga vaqt qoldirmaydi. Shuning uchun ish bilan bandlikni ta’minlashning xilma-xil dasturlari mo‘ljallanganlarni davlatning haqiqiy moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilab muvofiqlashtirib olmay, ish bilan bandlik ishining barcha yo‘nalishlarini bir yo‘lga qamrab olishga urinilmoqda. Bu erda eng avvalo, aholini ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirishga yo‘llaniladigan moliyaviy mablag‘larni muvofiq tarzda taqsimlab, mehnat bozorini tartibga solishning umumdavlat va mintaqaviy sohalarini belgilab olish kerak. Mahalliy mehnat bozorini tahlil qilish asosida ajratilgan mablag‘larning har bir so‘mini ish bilan bandlikning o‘sishi ko‘rinishidagi samara bilan qaytishi uni qaerga yo‘llash kerakligini aniqlash kerak bo‘ladi.
chizma. Ish bilan bandlik va ishsizlikdan himoyalash siyosatining umumiy tuzilmasi
Ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirish usullari ham qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Ma’lumki, har qanday tartibga solish jarayoni, ma’muriy yoki iqtisodiy bo‘lishi mumkin bo‘lib, shu jumladan, mehnat bozoriga ham taalluqlidir. Tartibga solishning bu usullari o‘rtasidagi chegara bozor mexanizmiga aralashuv darajasi chizig‘i bo‘ylab o‘tadi. Ma’muriy usullar mehnat bozori ishiga bevosita, ba’zida hatto bozor mexanizmini buzib aralashuvni nazarda tutadi. Tartibga solishning iqtisodiy usullari buyruq beradigan emas, tavsiyaviy, rag‘batlantirish usullari asosida amalga oshadi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar ishlab chiqilgan besh tamoyillar asosida bo‘lib, unda ma’lum davrda iqtisodiyotni boshqarishda davlat tomonidan tartibga solishning ustuvorligi nazariy hamda amaliy jihatdan muhim o‘rin egalladi va shu bilan bu bozor iqtisodiyotida o‘z-o‘zini boshqarish g‘oyasini ham inkor etmadi.
Shunday qilib, aholini ish bilan bandlikni tartibga solishning faol iqtisodiy usullariga quyidagi tadbirlarni kiritish mumkin:
mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni umumiy sog‘lomlashtirish, investitsiya faolligini rag‘batlantirish, barqarorlashtirish va keyinchalik iqtisodiy o‘sishga erishish;
iqtisodiyotni nodavlat tarmoqlarini rivojlantirish va kengaytirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik asosida o‘z-o‘zini ish bilan band qilishni qo‘llab-quvvatlash;
ish bilan bandlikning oqil tuzilmasini yaratish maqsadida kasbiy o‘qitish, qayta tayyorlash va maslahat berishni ta’minlash.
Ko‘rinib turibdiki, bu vazifalarni amalga oshirish bugun ham –kelajakda ham muhim omil bo‘lib, ish bilan bandlikni ta’minlash ishsizlik darajasining kamayishiga imkon beradi.
O‘zbekistonda aholini ish bilan ta’minlash, ularga munosib hayot va mehnat sharoitlari yaratib berishga qaratilgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotning turli jabhalarida mehnat qilayotganlar soni ortib bormoqda, mavjud mehnat salohiyatidan samarali foydalanish ko‘rsatkichi tobora yaxshilanmoqda.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki yillarda yuzaga kelgan ishsizlik davriy ko‘rinishga ega bo‘lib, bu holat mamlakatda iqtisodiy tizimning o‘zgarishi bilan chambarchas bog‘liq tarzda ro‘y bergan. O‘sha yillarda iqtisodiy davrning pasayish fazasi kuzatilib, ko‘plab sanoat va ishlab chiqarish korxonalari to‘xtab qoldi yoki to‘liqsiz quvvatda faoliyat yuritdi. Mazkur holatning bosh sababi, sobiq Ittifoq davrida mamlakat korxonalarining boshqa respublika korxonalari bilan chambarchas bog‘liqlikda faoliyat yuritgani hisoblanadi. O‘sha davrlarda O‘zbekiston sobiq Ittifoqning xom ashyo etkazib beruvchi asosiy bazasi hisoblanib, ittifoqdosh respublikalardagi zavod-fabrikalarni xom ashyo resurslari bilan ta’minlab turgan. Shu bilan birga respublikaning tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan zavod-fabrikalari ehtiyot qism, butlovchi materiallar, xom ashyo hamda yarim tayyor mahsulotlarni o‘zga ittifoqdosh respublikalardan olib kelgan. Yoki O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning buyurtmachi va iste’molchilari ittifoqning boshqa davlatlari hisoblangan. Qisqacha aytganda, mamlakatimizdagi deyarli barcha ishlab chiqarish korxonalari iqtisodiy jihatdan qaram hisoblangan, ya’ni ta’minot, resurs, rejalashtirish, olib kelish, etkazib berish, sotish, buyurtma berish va iste’mol kabi masalalarni mustaqil hal qila olmagan.
Dostları ilə paylaş: |