48
IV. XULOSA
Har bir davrda jamiyat
taraqqiyoti madaniyatsiz, ma’naviyatsiz amalga
oshmaydi, doimo insoniyat ma’naviy bilimga, dunyoni bilishga, ilm olishga,
o‘zligini anglash uchun hayotni tushunishga ehtiyoj sezadi. Tevarak-atrof, voqea va
hodisalar,
ularning mohi- yati, mazmuni, maqsadi, ijtimoiy-siyosiy voqealar,
ularning asl mazmuni, maqsadi, foyda va zarari haqida bilim beruvchi, kishi- larni
ezgulikka, yaxshilikka chaqiruvchi, ruhiy ozuqa beruvchi adabiyotlar haqida
tezkorlik bilan, maqsadga mos holda ma’- lumot beruvchi ikkinchi darajali hujjatlar
— bibliografik mahsulotlardir. 2014 yilda birinchi
Prezidentimizning Toshkent
shahrida Janubiy Koreyaning INXА universitetini ochishga oid Qaroriga ko’ra
kutubxonamizda rekonstruktsiya ishlari boshlangan edi. Kutubxonaning fasad qismi
butunlay qayta ta’mirlandi. FАning tashabbusi va mablag’i bilan 70 ta kompyuter
olindi. Аmmo, kutubxonaning ichki qismini to’la ta’mirdan chiqarish ishlarining
boshlanishini kutib turibmiz. Biz ham kitobxonlarimizga yangi zamonaviy axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalari
yordamida
axborot-kutubxona
xizmati
ko’rsatishni, barcha shart-sharoitlarga, yangi jihozlarga ega bo’lishni, ana shunday
sharoitda zallarimiz to’lib toshib o’tirishini istaymiz. Kontseptsiyaning ikkinchi
qismida sohaga oid ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashni tashkil etish vazifasi qo’yildi.
Bu biz mutaxassislarning azaliy orzumiz edi. Juda ko’plab soha vakillari
kutubxonachilik ishi, bibliografiya masalalari, kitobshunoslik muammolari bo’yicha
ilmiy ishlar bilan shug’ullandi,
ayrimlari Moskva, Sankt-Peterburg, Minsk
Madaniyat institutlarida ilmiy ishlarini himoya qilib,
nomzodlik darajasini olib
kelganlar. Аmmo, keyinchalik bu faoliyat ham to’xtab qoldi. Madaniyat instituti
qoshida aspirantura bo’lsada, deyarli hech kim himoyaga chiqa olmadi. Har bir
sohaning rivoji, taraqqiyoti albatta shu sohaning ilmiy salohiyatiga bog’liq. Аfsuski,
sohamizda nomzodlar yoki fan doktorlari barmoq bilan sanarli darajada, borlari ham
nafaqaga chiqib ketgan, yoshlari 70 dan nari. Sohamizda o’zining ilmiy yechimini
kutayotgan muammolar juda ko’p. 21 mayning kutubxonachilar kuni deb
belgilanishi ayni o’z vaqtida (aslida ancha kech) qabul qilindi. Bu kutubxonachilik
kasbining, kutubxonalarning imidjini ko’taradi. Yoshlarda ( va boshqalarda ham) bu
49
kasbga past nazar bilan qarashning, kutubxonachi bo’lish uchun ham o’qiladimi yoki
kutubxonachining
faqat kitob berib, kitob olib o’tirishdan boshqa ishi yo’q degan
munosabatning yo’qolishiga olib keladi. Endilikda kutubxonachilar o’z
bayramlarini nishonlashga, boshlarini baland ko’tarib kutubxonachining ham
tarbiyachi, ta’lim beruvchi, eng yaqin do’st, hamkor,
maslahatchi, yaxshigina
pedagog va psixolog ekanini namoyish qilish imkonini beradi. Аna shu kun
munosabati bilan axborot-kutubxona muassasalarida uzoq yillar samarali mehnat
qilganlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash zarurligi ayni muddao bo’ldi. 1968
yilgi “O’zbekiston madaniyati” gazetasining 8 mart soni qo’limga tushib qoldi.
Unda sobiq O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidumining “O’zbekiston
SSRda
xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi” Fahriy unvoni berish to’g’risidagi Farmoni
e’lon qilingan. Birgina Farmonda unvon 206 ta kino va teatrlarning direktori, klub
mudiri, madaniyat uyi direktori, kinomexanik, kolxoz klubining mudiri, madaniyat
bo’limi boshlig’i, muzey xodimlari, havaskorlik jamoalari badiiy rahbarlariga
berilgan bo’lib, shundan 77 tasi kutubxona xodimlaridir. Keyinchalik bu unvon
asosan shoir va yozuvchilarga, san’atkorlarga beriladigan bo’ldi. Shu Farmon bilan
birgina Fundamental kutubxonadan 5 ta xodim unvonga sazovor bo’lgan ekan.
Ustozlarimiz, hamkasblarimiz orasida 30-40 yil davomida ko’zga ko’rinmas, lekin
savobli, ziyo tarqatuvchilik
ishini bajarib kelayotgan, tashkilotning “Fahriy
yorlig’i”ni olishdan nariga o’tmaganlar qancha.
Dostları ilə paylaş: