Ishtimoiy fanlar kutubxonashunoslik va sport


III. BOB. TURKISTON TO’PLAMI YANGI DAVRDA



Yüklə 370,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix14.10.2023
ölçüsü370,41 Kb.
#155116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Djo\'rayeva Z kurs ishi

III. BOB. TURKISTON TO’PLAMI YANGI DAVRDA
 ................................. 38
 
3.1. „Turkiston to‘plami“ning davom ettirilishi...................................................... 38
 
3.2. V. I. Mejov an’analarining davom ettirilishi.................................................... 39
 
IV. XULOSA
 .......................................................................................................... 48
 
V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
 ......................................................... 50
 



KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng jamiyat 
taraqqiyotining barcha bo’g’inlarida siyosatda, iqtisodda, shuningdek, ma’naviyatda 
va madaniyatda ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Mustaqillik yillarida to‘plangan 
tajribalar, dunyo jamoatchiligi tomonidan o‘zbek modeli deb tan olingan o’zimizga 
xos va o‘zimizga mos bo‘lgan taraqqiyot yo‘li — kelajagi buyuk davlatni barpo etish 
yo‘lidagi amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar 
yurtdoshlarimizning qalbi va ongiga hamda shuuriga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Ma’naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, 
o‘zligimizni chuqurroq anglash, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini 
xalqimiz ongiga singdirish asosiy vazifalarimizdandir. Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturida belgilab berilgan vazifalarimizni izchil davom ettirish, ta’lim-tarbiya 
tizimini zamon talablari asosida takomillashtirib borish davlatimiz qudrati va 
mamlakatimiz kelajagi boklgan bilimli, dono va ma’naviy barkamol kadrlarga 
bog’liq. Bu har bir kishidan ana shunday ulkan axborot olamiga kirib borishda, 
undan o‘ziga zarur va eng qimmatli axborotni ola bilish ko‘nikmasini, mahoratini, 
san’atini egallashni talab etmoqda. Internet tizimi ham juda kengaydi. Endi kitobxon 
dunyo miqyosida o‘zi istagan davlatning kutubxonasi fondidagi adabiyotlar haqida 
ham, dunyo m a’naviyatidagi o fczgarishlar haqida ham bemalol o‘z kutubxonasida 
o ktirib ma’lumot olish imkoniga ega. Bu esa axborot manbalari bilan axborot iste’- 
molchilari o‘rtasida qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda. Endi iste’molchi 
tobora axborot qidirishda, uni tanlashda, undan unumli foydalanishda, uni qayta 
ishlab chiqishda yordamga muhtojlik sezmoqda. 2006- yil 20- iyunda qabul qilingan 
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning „Respublika 
aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qarori“da aholiga 
axborot-kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, axborot-resurs markazlari 
sifatida kutubxonalarni qayta tashkil etish, buning uchun chora-tadbirlar belgilash, 
ularda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini o ‘stirishga e’tiborni 
qaratish, aholining olamshumul axborotga boyigan ehtiyojini qondirish uchun shart-
sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalarining ham imkoniyatlaridan 



foydalanish vazifasi qo‘yildi. 2011-yil 23-fevralda qabul qilingan bu qaror „2011—
2015- yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborotkutubxona 
va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli takomillashtirishning chora-tadbirlari 
to‘g‘risida“ deb nomlandi va 2015-yilga qadar mamlakatimiz kutubxonalari qoshida 
1815 ta elektron kutubxona va ular uchun 400 mingdan oshiq elektron shakldagi 
axborot-kutubxona resurslarini yaratish vazifasi belgilab berildi. Ana shu vazifalarni 
amalga oshirishda bibliografiya yordamga keladi. Bibliografiya shuningdek 
bibliografiyashunoslik maxsus predmetlardan bo‘lib, kutubxonachi kadrlar 
tayyorlovchi fakultetlarda, madaniyat, san’at hamda pedagogika kollejlarining 
kutubxonachilik bo‘limlarida o‘tiladi. Bibliografiya kursini o‘rganish nazariy 
masalalar, amaliy mashg‘ulotlar, tajriba darslari, mustaqil ishlar yordamida olib 
boriladi. Kutubxonalarda olib boriladigan ishlab chiqarish amaliyotlari davomida 
ma’ruza matnlarida berilayotgan nazariy masalalar amaliy mashg’ulotlar va 
mustaqil ish orqali mustahkamlanib boriladi. Talaba o‘zini o‘zi muntazam tekshirib 
borish, nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Mazkur o‘quv qo‘llanma birmuncha 
murakkab, ammo juda qiziqarli bo‘lib, kutubxona ish faoliyatida foydali bo‘lgan 
bibliografik va axborot jarayonlarini o‘rganishda sizga yordam beradi. Chunki 
barcha mutaxassislikka oid fanlar bu fan bilan bog‘liq holda o ‘rganiladi, kutubxona 
ish jarayonlarining barcha sohalarida ana shu fan yordamida olingan bilim zarur 
bo‘ladi, kitobxonlarga o‘ziga mos axborotni topish va yetkazib berish, o‘z vaqtida 
axborot berish hamda shu fan yordamida o‘rganiladi. Bibliografiya predmeti 
o’quvchilarni kitobni bilish, uning sirlarini anglash, axborot tanlash, uni kitobxonga 
yetkazib berish ilmi bilan qurollantiradi. Bibliografiya milliy g‘oyaning asosiy 
tushuncha va tamoyillarini targ‘ib etishda, Prezident asarlaridan, ko‘rsatma hamda 
farmonlaridan foydalangan holda shuningdek o’quvchilarga amaliyotda bibliografik 
sharhlashni, adabiyotlarning turli xil ro‘yxatlarini tuzishni, ko‘rsatkich va 
bibliografik qo'llanmalarni tuzish metodikasini, kerakli ma’lumotlarni qayerdan, 
qaysi 4 yo‘l bilan, qaysi vositalar yordamida olish kerakligini, kutubxonada 
kartotekalar tuzish, kitobni targ‘ib qilish metodikasini o’rgatadi [1].



Ma’naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib 
borish, o‘zligimizni chuqurroq anglash, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi 
tamoyillarini xalqimiz ongiga singdirish asosiy vazifalarimizdandir. Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan vazifalarimizni izchil davom ettirish, 
ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida takomillashtirib borish davlatimiz 
qudrati va mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan bilimli, dono va ma’naviy barkamol 
kadrlarga bog‘liq. 
Bu har bir kishidan ana shunday ulkan axborot olamiga kirib borishda, undan 
o‘ziga zarur va eng qimmatli axborotni ola bilish ko‘nikmasini, mahoratini, san’atini 
egallashni talab etmoqda. Internet tizimi ham juda kengaydi. Endi kitobxon dunyo 
miqyosida o‘zi istagan davlatning kutubxonasi fondidagi adabiyotlar haqida ham, 
dunyo ma’naviyatidagi o‘zgarishlar haqida ham bemalol o‘z kutubxonasida o‘tirib 
ma’lumot olish imkoniga ega. Bu esa axborot manbalari bilan axborot 
iste’molchilari o‘rtasida qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda. Endi iste’molchi 
tobora axborot qidirishda, uni tanlashda, undan unumli foydalanishda, uni qayta 
ishlab chiqishda yordamga muhtojlik sezmoqda. Kutubxonalarda to’plangan yoki 
yangi bosmadan chiqqan bosma asarlarni targ’ib qilib, Bibliografiya alohida ilmiy 
muxit, siyosiy, falsafiy va estetik qarashlarni tarqalishiga, shuningdek texnikaviy 
malakani oshishiga ta’sir etadi. Bibliografiya ilmiy va texnika xabarlari bilan yaqin 
aloqada. Ulardan farqli o’laroq, ilmiy nazariya, g’oya, dalillar haqida emas, balki 
ular haqidagi bosma asarlar to’g’risida ma’lumotlar berib, ilmiy xabar bilan birga 
ilmiy, ma’rifiy va tarbiyaviy vazifani bajaradi. Ko’pgina mamlakatlarda, jumladan 
O’zbekistonda ham bosma asarning majburiy (kontrol) nusxasi joriy qilingan bo’lib, 
shu asosda bosma asarni hisobga olish, so’ng kitobxonlarga mo’ljallab saralash 
yo’lga qo’yilgan. Bosma asarlarni ularning ilmiy va g’oyaviy ahamiyati, shuningdek 
mazmunini yoritib guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Bosma asarlar turlar 
(kitoblar, davriy nashrlar va boshqalar), rasmiy belgilar (alfaviti, nashr joyi yoki 
sanasi), mazmuni (mavzu, fan va tarmoqlar) bo’yicha guruhlanadi. Bu bosma 
asarlarni guruhlarga ajratishning umumiy asosidir, bibliograflar har bir alohida 
hollarda o’zlarining tarmoklar rejasini yaratadi. Bosma asarlarning tavsifnomasi 



muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy qismi tasvirlash bo’lib, unga muallif 
familiyasi, asar sarlavhasi, sarlavhachasi, nashr joyi, nashriyot nomi, nashr vaqti 
(yili), hajmi (sahifa va bezaklar soni), zarur bo’lganda adadi, narxi va boshqalar 
haqidagi ma’lumotlar kiradi. Tasvirlash elementlari, odatda, o’rnatilgan qoidalar, 
shuningdek 
standartlar 
asosida 
belgilanadi. 
Bosma 
asarlar 
mazmuni 
tavsifnomasining asosiy shakllari — annotasiya, referat, guruh axborot (obzor). 
Ijtimoiy vazifasiga ko’ra, davlat Bibliografiyasi, ilmiy yordamchi Bibliografiya 
hamda tavsiya Bibliografiyasiga; mazmuniga ko’ra, umumiy, soha va mavzuli 
Bibliografiyaga bo’linadi. Bibliografiyaning alohida turini bibliografiya 
bibliografiyasi, biobibliografiya (shaxs Bibliografiyasi), va o’lkashunoslik 
Bibliografiyasi tashkil etadi. Bu bo’linish nisbiydir. Nashr shakliga ko’ra, 
bibliografik qo’llanmalar, bibliografik jurnallar, byulleten, gazeta, kitob va 
maqolalar ko’rsatkichlari va adabiyotlar ro’yxati kabilar farqlanadi. Turkistonda 
Bibliografiya ishi 9 — 15-asrlardayoq rivojlana boshlagan. Fan va adabiyotimizning 
yirik vakillari (Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar) ning asarlarida 
saroy kutubxonalari tomonidan o’z jamg’armalarining Bibliografiya ro’yxati va 
ularni tasnif qilish ishlari olib borilganligi haqida ma’lumotlar bor. Jumladan, 
Beruniy «Fihrist kutub Muhammad ibn Zakariyo ar Roziy» («Muhammad ibn 
Zakariyo ar Roziy kitoblarining ro’yxati») nomli Muhammad ibn Zakariyo Roziy 
ijodiga oid Bibliografiya tuzadi. Ko’rsatkichda Roziyning 184 asarining ro’yxatini 
berish bilan birga Beruniyning 1036 yilgacha yozgan 113 asarining ro’yxati ham 
keltiriladi. Bibliografiya qo’llanmalari tuzish keyingi davrlarda ham davom etdi: Ibn 
Abdullahab Yoqutning «Ismlar lug’ati va fanlar mazmuni» (12-asr); Xoja 
Xalifaning «Kitob va fan nomlaridagi Shubxaning bartaraf etilishi» (18-asr) va 
boshqalar. Turkistonni Rossiya bosib olgandan keyin Bibliografiya bilan rus 
bibliograflari (N. V. Dmitrovskiy, V. I. Mejov va boshqalar) shug’ullangan. 20-asr 
20 — 30-yillaridan Bibliografiya ishiga jiddiy ahamiyat berila boshlandi va hozirgi 
kunda muhim davlat ishiga aylangan. 1926 yildan O’zbekiston Respublikasi kitob 
palatasi, 1930 yildan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi davlat 
kutubxonasi Bibliografiya bo’limining tashkil qilinishi o’zbek milliy 



Bibliografiyasining rivojlanishiga zamin yaratdi. O’zbek tilida tuzilgan dastlabki 
ko’rsatkich S. Dolimov va F. Ubaydullayevning «Mukammal ilmiy bibliografiya» 
(1934) asari bo’lib, unda 3 ming kitobning tavsifi berilgan. O’zbekiston 
Respublikasi milliy kitob palatasi respublika davlat Bibliografiyasining asosiy 
markazidir. O’zbekiston Respublikasida Bibliografiya ishi bilan, shuningdek 
O’zbekiston Davlat kutubxonasi, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi asosiy 
kutubxonasi va boshqa kutubxonalar ham shug’ullanadi. Bibliografiya ishiga oid 
ilmiy ishlar asosan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat 
institutining «Bibliografiya” kafedrasida olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi 
mustaqillikka erishganidan so‘ng jamiyat taraqqiyotining barcha bo‘g‘inlarida — 
siyosatda, iqtisodda, shuningdek, ma’naviyatda va madaniyatda ham tub 
o‘zgarishlar yuz berdi. Mustaqillik yillarida to‘plangan tajribalar, dunyo 
jamoatchiligi tomonidan o‘zbek modeli deb tan olingan o‘zimizga xos va o‘zimizga 
mos bo‘lgan taraqqiyot yo‘li —kelajagi buyuk davlatni barpo etish yo‘lidagi amalga 
oshirilayotgan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimizning qalbi 
va ongiga hamda shuuriga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda kutubxonalarda 
amalga oshirilayotgan yutuqlar, vazifalar hali zamon talablari, jahon kutubxonalari 
tendentsiyalariga mos emasdir. Rivojlangan mamlakatlar kutubxonalarida 
qo’llanilayotgan eng so’nggi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
hali bizga yetib kelmagan. Kitobxonlarning kutubxona xizmatidan to’la va samarali 
foydalanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar, qulayliklar yetarli emas. 
Kutubxonalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlikka da’vogar. Kadrlar 
masalasi ham asosiy muammo. Kutubxonalarda uzoq yillar xizmat ko’rsatib kelgan 
fidoiy va oliy ma’lumotli xodimlarning ko’pchiligi 70-80 yoshdan narida. Bizga 
ustozlik qilgan o’qituvchilarimiz ham shunday, ularning ko’pchiligi hayot bo’lsa, 
ko’pchiligi boqiy dunyoda. 1958 yil Qo’qon pedagogika instituti tarkibida faoliyat 
yuritgan “Kutubxonachilik” fakulteti 1960 yildan Toshkent davlat pedagogika 
instituti tarkibiga o’tkazildi. 1974 yilda sobiq Ittifoqda 14-bo’lib Toshkent Davlat 
madaniyat instituti ochiladi va alohida “Kutubxonachilik fakulteti” ham shu 
institutga o’tkazildi. Bu fakultet 2012 yilga qadar barcha tipdagi va turdagi 17 ming 



kutubxonalar uchun an’anaviy kutubxonachilik va bibliografiya ishi bo’yicha oliy 
ma’lumotli kadrlar, magistrlar, aspirantlar yetishtirdi. O’sha davrda birgina Kasaba 
uyushmalari tizimida 300 kutubxona, Mudofaa vazirligi tizimida 101 ta kutubxona, 
kolxoz, sovxoz, qishloq, tuman, shahar va mahallalar tarkibida kutubxonalar bo’lib, 
deyarli har bir qadamda, har bir aholi punktida kutubxonalar aholiga xizmat 
ko’rsatgan edi. Kitob va kutubxona aholiga yaqin, qulay edi. 2012 yilda esa zamon 
talablaridan kelib chiqib, Аbdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat 
instituti San’at instituti bilan birlashib, kutubxonachilik fakulteti Toshkent Аxborot 
Texnologiyalari universitetining “Аxborotlashtirish va kutubxonashunoslik” 
kafedrasi sifatida ishini davom ettirdi. 2006 yilgi birinchi Prezidentimizning 
“Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish 
to’g’risida”gi Qarori munosabati bilan shu universitetning “Аxborot tizimlari” 
kafedrasi tarkibida “Аxborotlashtirish va kutubxonashunoslik” yo’nalishi ish 
boshlagan edi. Shu qaror munosabati bilan mamlakatimizda mavjud barcha 
ommaviy kutubxonalar o’quv muassasalari kutubxonalari bilan birlashtirildi. 
Аvvalgi markazlashgan kutubxonalar tizimiga barham berildi. Аmmo, kutubxonalar 
qisqarib, aholidan uzoqlashib ketdi, nazarimda bir oz shoshqaloqlik qildik. 
Kutubxonachilik ishini isloh qilamiz, zamon talablaridan kelib chiqib, 
kutubxonachilik ishini takomillashtiramiz deb, kitobxonlarimizni yo’qotdik. Kitob 
o’qilishi, kitob berilishi degan ko’rsatkichlarimiz tushib ketdi. Buning sabablari: 
o’quv muassasalarining o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinmadi, aholining o’quv 
muassasasiga kirish vaqti, qiziqishi, intilishi, muassasaning ish rejimi bir-biriga 
to’g’ri kelmadi, muassasa rahbarlari aholining binoga kirib-chiqishiga ruxsat 
bermadi, maktablar, kollej va litseylar qoshida tashkil etilgan axborot-resurs 
markazlari 4 va 5 qavatlarga joylashtirildi. Eng yomoni har kimning xohishiga ko’ra 
turli xil arzimagan sabablar bilan kitob fondlari yo’qotildi. Minglab kitoblar- 
xalqimizning ma’naviy merosi, ilmiy va madaniy boyligi qog’oz sifatida topshirildi, 
undan kelgan arzimas mablag’ga esa juda oz kitoblar sotib olindi yoki izsiz yo’qoldi. 
Аfsuski, bu talablarning ko’pchiligi og’zaki ko’rinishda bo’lgan. Moddiy texnik 



baza, kadrlar yetishmovchiligi, qulay shart-sharoitlar, kitob fondini boyitish, 
kutubxona va kutubxonachilik kasbiga munosabat masalalarini hal etish zarur edi. 

Yüklə 370,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin