1.2. Beruniy va bibliografiya
O‘rta asr Sharqi olimlaridan biri, bibliografik faoliyati hamda ilmiy amaliy
ahamiyatga ega bo‘lgan mashhur qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy mashhur
asarlarida o‘zining turli-tuman qiziqishga, chuqur bilimga ega ekanligini,
astronomiya, geologiya, matematika, falsafa, botanika, tibbiyot kabi sohalarda ham
betakror ekanligini ko‘rsatdi. Salkam 80 yillik umri davomida 150 dan oshiq asar
yozdi, ulardan 30 tasi bizgacha yetib kelgan. Beruniy bir umr kitobga katta hurmat
va mehr bilan munosabatda bo‘lgan, unga bilimlar manbayi, kishining ma’naviy
kuchi sifatida qaragan. Beruniy buni «Fixrist» nomli bibliografik asarining
so‘zboshisida yozadi va kitobxonlarga quyidagicha murojaat qiladi: «Sen mening
yoshlik davrimda va keyingi paytlarda ham yozgan asarlarimni bilishing shart.
14
Ularni xor qilma va ularga bepisand bo‘lma. Ular hammasi mening farzandlarim,
zero hamma o‘z farzandi va ijodi bilan faxrlanadi». «Hind falsafasi»da ko‘rsatilgan
boblar o‘ziga xos bibliografik sharh bo‘lib, Hindistonning falsafasi va dinshunosligi,
astronomik va tilshunoslik masalalariga bag‘ishlangan. Beruniyning bibliografik
faoliyati ancha mashhur bo‘lib, hayotining so‘ngi 10 yilida unga yaxshigina
muvaffaqiyatlar keltirdi. Uning «Geodeziya», «Hindiston», «Mas’ud qonuni» va
boshqa ko‘pgina ishlari va 1036-yilda tugatgan «Biobibliografiya» (arabcha
«Fixrist») bizgacha yetib kelgan. Beruniy bibliografik ro‘yxatni tuzishda Abu Bakr
Muhammad Ibn Zakariyo ArRoziy asarlariga to‘xtaldi. Ar-Roziyni o‘zining buyuk
o‘tmishdoshi, yirik Eron filosofi, ximik, vrach va tabiiy sinovchi, o‘rta asr Sharqi va
G‘arbining mashhur olimi sifatida tan olardi. Beruniy Ar-Roziyning asarlarini eng
ishonchli va obro‘li manba sifatida bilar va undan faoliyatida va asarlarida
foydalanar edi va bu Ar-Roziy asarlarining ko‘rsatkichini tuzishga turtki bo‘ldi. Bu
ishni Beruniy ko‘rsatkichni tuzishdan ancha oldin boshlagan edi. U Eronning uzoq
bir qishlog‘ida yashab turgan vaqtida ArRoziy haqidagi materiallarini yig‘a
boshlagan va keyinchalik uni to‘ldirib borgan. Vaqti kelib uni to‘la bibliografik
ishga aylantirdi. Bu bibliografik ko‘rsatkichda avval Ar-Roziyning tarjimayi holi,
undan so‘ng esa uning 184 ta asari haqida ma’lumot beradi. Unga ko‘ra Ar-Roziy
865-yili 28-avgustda Rey shahrida tug‘ilgan. Uning otasi savdogar bo‘lgan, Roziy
yoshligida falsafa, matematika, astronomiya, kimyo fanlarini katta qiziqish bilan
o‘rganadi, 30 yoshlarida tibbiyot fanini chuqur o‘rganadi va keyinchalik tibbiyot
uning asosiy kasbiga aylanadi. Ar-Roziy Rey va Bag‘dod shahar kasalxonalarini
boshqargan. Ar-Roziy 925yili 60 yoshida vafot etadi. Uning IX asr oxiri X asr
boshlarida Yaqin Sharqdagi ilm-fan taraqqiyotida xizmati shu qadar katta bo‘lganki,
Beruniy bu davrni «Roziy asri» deb atadi. Beruniy Ar-Roziy asarlarini bilim sohalari
bo‘yicha tartibga keltiradi. Ko‘rsatkich anchagina to‘la bo‘lib, Ar-Roziyning ilmiy
faoliyati haqida ma’lumot beruvchi ko‘rsatkich sifatida o‘sha davr va hozirgi davr
uchun ham muhim ilmiy qimmatga ega.
«Fixrist» asarining 2- qismi Beruniyning 1036- yilgacha yozgan asarlari
haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lib, Beruniyning ilmiy faoliyati haqida dastlabki
15
manba sifatida ahamiyatga ega. Unda 113 nomdagi asari mavzular bo‘yicha
guruhlashtirilgan, tartibda ayrim xatoliklar uchraydi. 113 ta asardan 70 tasining
hajmi ham ko‘rsatilgan. 27 tasini zamondoshlari Abu Sa’lam Mosihiy, Abu Ali
Hasan kabilar bilan yozganligini ko‘rsatadi. Ko‘rsatkichga 1036- yildan keyingi
davrda yozgan 30 dan ortiq asari kirmagan. 1- guruh 18 ta asardan iborat bo‘lib,
astronomiyaning umumiy masalalariga oid. 2- guruh geodeziyaga oid 15 ta asardan
tashkil topadi. 3- guruh matematikaga oid 8 ta asardan iborat. 4- va 5guruhlar kichik
bo‘lib, astronomiyaning u yoki bu masalasiga oid. Keyingi 2 ta guruh 5 ta kometalar
va vaqt aniqligi masalasiga oid adabiyotlardan iborat. 8-guruh 12 ta geometriyaga,
meteorologiyaga, astronomiyaga oid turli xil adabiyotlar haqida ma’lumot beradi. 9-
guruh 7 ta nomdagi astrologiyaga oid asarlar haqidagi sharhdan iborat. 10- guruh,
asosan, 13 ta nomdagi tarjima qilingan asarlarni, 11-guruh esa dinga va diniy
masalalarga oid 6 ta asarni o‘z ichiga oladi, oxirgi guruhda qo‘shimcha ish va
to‘ldirishni talab etadigan asarlar ro‘yxati berilgan. Guruhlar ichida adabiyotlar
tartibi na alifbo, na xronologik xususiyatga ega, bu esa o‘rta asrlarda hali
bibliografiyaning u darajada rivojlanmaganini ko‘rsatadi. Beruniy ko‘pgina
asarlariga o‘ziga xos annotatsiya beradi, unda asarning yozilish sabablari, kimga
bag‘ishlangani, nima uchun yozilgani ko‘rsatiladi. Bu ko‘rsatkich XVIII asrning
o‘rtalariga qadar 200 yillar atrofida Ar-Roziy ilmiy merosi haqida ma’lumot
beruvchi yagona manba sifatida qadrlanadi. XVIII asr o‘rtalarida tarixchi olim Ibn
Abu Usotba Ar-Roziyning 236 ta asarlari ro‘yxatini tuzadi.
O‘rta Osiyoda qadimiy asar matnlari va kitob ichidagi bibliografiyaning
paydo bo‘lishi ham Beruniy nomi bilan bog‘liq. Sharqda birinchi bo‘lib
foydalanilgan adabiyotlar haqida ma’lumotlarni shaklga solishga, ya’ni manbalar
haqida aniq ma’lumot berishga katta e’tibor bergan. Beruniyning bibliografik
faoliyati haqida rus arxeolog va etnograf olimi S. P. Tolstov shunday yozadi:
«Beruniy manbalarni tanqidiy analitik usul bilan o‘rgandi. To‘g‘ri, manbalarga
tanqidiy yondashish Beruniygacha ham bo‘lgan, lekin Beruniy ishlarida manbalarga
tanqidiy yondashish — izlanishning asosiy sharti qilib olingan». Beruniyning 998
— 1004- yillar o‘rtasida yozgan «Yilnoma» (xronologiya) nomi bilan mashhur
16
asarida berilgan manbalar ro‘yxati bunga misol bo‘ladi. Bunday ro‘yxat
Beruniygacha bo‘lmagan va birorta olimning asarida keltirilmagan. Beruniy bu
asarida antik va o‘rta asrlarda yashagan grek, Vizantiya, Hindiston va O‘rta Osiyo
mualliflarining asarlaridan foydalanganligini ko‘rsatadi.
Kitob ichi bibliografiyasining muhim namunasi sifatida Beruniyning 1030-
yilda yaratgan «Hindiston» asarini ko‘rsatish mumkin. Bu yirik ilmiy asar kirish
qismi va 80 bobdan iborat bo‘lib, uni yaratishda Beruniy 10 yil davomida turli bilim
sohalariga oid 207 ta qo‘lyozma asarlarni o‘qib o‘rgangan. Bu asarning 12 — 14-
boblarini alohida bibliografik manba deb hisoblash mumkin. Beruniy har bir fan
tarmog‘iga oid bo‘limlar ichida, avvalo, eng muhim ilmiy asarlarga batafsil
to‘xtagan, keyin boshqa manbalar haqida ma’lumot bergan. Asar mazmunini ochib
berish maqsadida boblarni sanab o‘tgan, agar u yoki bu kitobni ko‘rish imkoniyatiga
ega bo‘lmagan bo‘lsa, bu haqda eslatib o‘tadi.
Beruniydan bizga meros bo‘lib qolgan bibliografik ishlar o‘zining ko‘lami,
hajmi, manbalarning xronologiyasi va hududiy chegarasi, tilining xilma-xilligi bilan
kishini hayratga soladi. Manbalar Hindiston, Yaqin Sharq va Gretsiyagacha antik
davrdan to XI asrgacha bo‘lgan davrda yaratilgan arab, fors, grek hamda boshqa
tillardagi adabiyotlardan iborat. Bu bilan Beruniy bizga ming yillar davomida, hatto
bizgacha yetib kelmagan ko‘plab mualliflarning asarlari, hayoti va ijodi haqida
ma’lumot beradi. Uning bibliografik ishlari O‘rta Osiyoda yaratilgan dastlabki
bibliografik ishlardir, o‘zi esa O‘rta Osiyoning birinchi bibliografi deb tan olinishga
loyiq. O‘rta asrlarda yaratilgan yana bir yirik bibliografik manba — XVIII asrlarda
yashab va ijod etgan arab yozuvchisi va sayohatchisi Ibn Abdulloh Yoqutning
«Ismlar lug‘ati va fanlar mazmuni» nomli ko‘rsatkichidir. U ko‘plab shaharlar qatori
Xorazm, Samarqand, Buxoroda ham bo‘lgan. Hozirgi Turkmanistonning Mari
shahrida 2 yil yashagan va muhim tarixiy manba hisoblanuvchi «Lug‘at»i uchun boy
material yig‘adi. Yoqut o‘zining bibliografiyasi uchun ma’lumotlarni tarix,
adabiyotshunoslikka oid bo’lgan asarlardan, ayniqsa, As-Somoniyning «Ismlar
genealogiyasi kitobi»dan oladi. 1907- yilda ingliz olimi R. Morgalius bu asarni
nashr qildiradi.
|