Ishtimoiy fanlar kutubxonashunoslik va sport



Yüklə 370,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix14.10.2023
ölçüsü370,41 Kb.
#155116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Djo\'rayeva Z kurs ishi

1.4. Tazkirachilik 
O‘rta Osiyo xalqlari adabiyotida va kitobatchilik ishi tarixida tazkira janri 
alohida o‘rin kasb etadi. Bu bibliografiya rivojiga ham ta’sir ko‘rsatgan. 
Tazkiralarda mashhur shaxslar, asosan, shoirlar, kitob san’ati ustalari, diniy arboblar 
va boshqa ijodkorlar haqida biografik va bibliografik ma’lumotlar berilgan bo‘lib, 
alohida bir to‘plamni tashkil etgan. Bu manbalarda ma’lum bir shaxsning qalamiga 
mansub asarlari, devonlari haqida, ulardan namunalar va uning qo‘li bilan 
ko‘chirilgan kitoblar haqida ma’lumot ilova qilingan. Tazkirachi shaxsning 
xattotlikdagi, kitob san’ati bilan bog‘liq faoliyatidagi yutuqlariga alohida e’tibor 
bergan, uning ayrim asarlariga adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan baho beradi. 
O‘sha paytda tazkiralarning uch xili — sof adabiy tazkiralar, shayx va avliyolarga 
bag‘ishlangan tazkiralar, xattotlar va kitob ishi bilan bog‘liq shaxslar haqidagi 
tazkiralar mavjud bo‘lgan. Oxirgi tazkira «Tazkirayi xattotiy» deb nomlangan 
bo‘lib, uning maqsadi o‘tmish va zamondosh kitob san’ati namoyandalarining 
hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlarni bir joyga to‘plashdan iborat. Bu turdagi 
manbalar orasida XVI asrda yashab ijod etgan xattot qozi Ahmad Qumiyning 
«Xattotlar va musavvirlar haqida risola» nomi bilan mashhur asari muhimdir. 
Tazkiralar hozirgi zamon va Yevropa adabiyotidagi mavjud adabiy antologiyalar va 
bibliografik lug‘atlarga yaqin turadi. Unda shaxsning hayoti va faoliyati, so‘ngra 
uning asarlari, u haqda zamondoshlarining fikrlari beriladi. Bunday tuzilish uslubi 
va ma’lumotlar «Bibliografik lug‘atlar»da ham qo‘llaniladi. Yirik shoir, 
adabiyotshunos M. Shayxzoda tazkira janriga quyidagicha tavsif bergan: «Sharq 
xalqlarining adabiyot tarixini asl manbalar orqali tekshirilgan, degan 


20 
tadqiqotchining asosiy suyanadigan manbasi turli zamonlarda, turli shaxslar 
tomonidan, turli sabablar bilan yozilgan tazkiralardir»[3]. 
«Tazkira» arabcha so‘z bo‘lib, maqsadni unutmaslik uchun uni yozuvda 
bayon etish degan ma’noni anglatadi. Ularda tazkira yaratilgan davrdagi va 
mamlakatdagi mashhur kishilar, yozuvchi va shoirlar, olimlar haqida ma’lumot 
beriladi. Bu mazmuniga ko‘ra hozirgi davrdagi biobibliografik ma’lumotnomalarga 
o‘xshab ketadi. Bunday tazkiralar Sharq mamlakatlari xalqlari orasida keng 
tarqalgan va mashhur bo‘lgan. Sharq adabiyotida birinchi marta yaratilgan va 
bizgacha yetib kelgan tazkira 1017-yilda Mansur as-Salibiyning arab tilida yozilgan 
«Yatimat udduhr» kitobi bo‘lib, uning bitta bobi maxsus turkistonlik va xurosonlik 
124 shoirning hayoti va ijodi hamda asarlariga bag‘ishlangan. Muallif o‘sha 
davrdagi Buxoro hamda Xorazmdagi adabiy jarayon, uning ahvoli, zamondosh 
xattotlar, ular ko‘chirgan qo‘lyozma asarlar, mualliflari, asar nomi, ko‘chirilgan joyi 
va yili haqida qisqa ma’lumot bergan. Forsiy tilda yozilgan dastlabki tazkira 
Muhammad Avfiyning 1221 — 1222- yillarda yaratgan «Lubob ul-albob» nomli 
asaridir. U marvlik bo‘lib, Buxoroda tahsil olgan, tarbiya topgan. Avfiy o‘z asarida 
O‘rta Osiyoda fors-tojik tilida XI — XII asrlarda yashab ijod etgan shoirlar haqida 
ma’lumotlar beradi. Fors-tojik tilida yaratilgan mashhur tazkiralar qatoriga A. 
Jomiyning «Bahoriston» asaridagi badiiy ijod namoyandalariga bag‘ishlangan VII 
bobini kiritish mumkin. Bunda X— XV asrlarda yashab ijod etgan 30 dan oshiq 
o‘rta osiyolik shoirlarning hayoti va ijodi hamda ular tuzgan devonlar haqida 
ma’lumot beriladi. XV asrda yashab va fors-tojik tilida ijod etgan shoir va adiblarga 
bag‘ishlangan yana bir tazkira Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro» 
asari bo‘lib, 1488-yilda yozib tugatilgan va unda 150 ta shoir haqida ma’lumot 
berilgan. Samarqandiy Temuriylar davrida harbiy xizmatchi bo‘lgani holda badiiy 
asarlar ham yaratgan, ularda shoirlar haqida ma’lumotlar, ularning asarlariga 
sharhlar bergan. Navoiydan keyingi davrlarda yashagan adiblar uning tazkirachilik 
an’analarini davom ettirdilar. Ana shulardan biri 1566- yilda yaratilgan «Muzakkiri 
ahbob» tazkirasining muallifi buxorolik Hasan Xoja Nisoriy edi. Bu tazkira XVI 
asrda yaratilgan yagona tazkira bo‘lib, u o‘sha asrning birinchi yarmidagi O‘rta 


21 
Osiyoning adabiy hayoti, Turkiston adabiy muhitiga oid va o‘sha davrda yashab 
o‘tgan 250 dan oshiq adiblar haqida to‘la ma’lumot beradi. 
XVII — XIX asrlarda O‘rta Osiyoda yana 10 dan oshiq tazkiralar tuzilgan 
bo‘lib, ular o‘z zamonasining adabiy muhiti, ijod ahli, kitobatchilik ishi va kitob 
ustalari haqida umumiy ma’lumot beradi. Shulardan biri Muhammad Malix 
Samarqandiyning «Muzakkir ul-as’hob» va Mutribning «Tazkirat ush-shuaro» 
tazkiralaridir. Birinchi tazkirada 161 ta muallif haqida, ikkinchisida XVI va XVII 
asrda yashab ijod etgan 323 ta shoir, xattot va kitob ustalari haqida ma’lumot beradi. 
1759-yil Muhammad Amin bin Nurmuhammad Nasafiyning «Mazhar ul-
musannifin» tazkirasi XVIII asrning birinchi yarmida yashagan ijodkorlar haqidagi 
o‘sha davrda yaratilgan va bizgacha yetib kelgan yagona antologiyadir. XVI asrda 
Beruniy asos solgan ustozlar asarlarining bibliografik ro‘yxatini tuzish an’anasi 
keyingi asrlarda ham davom etdi. Navoiy o‘z do‘sti, maslakdoshi, ustozi A. Jomiy 
vafotidan so‘ng unga bag‘ishlab 1492-yili «Xamsat ul-mutaxayyirin» asarini yozadi. 
Uning kirish qismida Navoiy risolaning yozilish sabablari va tuzilish uslubi haqida 
qisqacha ma’lumot beradi va qo‘llanma muqaddima, uch maqolat va xotimadan 
iborat ekanligini yozadi. Muqaddima qismida A. Jomiyning hayoti, nasl-nasabi, 
Jomiy bilan birinchi marta tanishgan onlari haqida, 1- maqolatda ikki buyuk shaxs 
hayoti davomida yuz bergan do‘stlik, ijodiy hamkorlik jabhalari haqida ma’lumot 
beruvchi manbalar haqida sharh beriladi. 2- maqolat ularning bir-birlariga yozgan 
qator maktublari va bu maktublarning yozilish sabablari, 3- maqolat Jomiy yaratgan 
30 ta asar, ularning yozilish sabablari, tarixi haqida ma’lumot beriladi va ro‘yxati 
keltiriladi. Bir-biri bilan maslahatlashib yozgan asarlari, ularning manbalari haqida 
ham ma’lumot beriladi [5]. 
Navoiyning zamondoshi, shogirdi, tarixchi olim Xondamir yaratgan 
«Makorim ul-axloq» asari Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish uchun muhim 
bibliografik manba sifatida shu kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bu asar 
Navoiyning vafot etgan yili yozilgan va kirish, 1 ta bob va so‘ngi so‘zdan iborat 
bo‘lib, birinchi marta buyuk shoirning ijodiga badiiy-estetik baho beriladi. Uning 
«Xamsa» va «Chor devon» asaridan tashqari, 20 dan ortiq turk va fors tillarida 


22 
yozilgan asarlari, 30 dan ortiq Navoiy ijodiga bag‘ishlangan boshqa shoir va 
yozuvchilar, olimlarning asarlari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Xondamir 
o‘zi guvoh bo‘lgan yoki o‘qib chiqqan asarlarni ro‘yxatga kiritgan. Shuning uchun 
u asarning ro‘yxatini beribgina qolmay, har bir asarning mazmuni haqida o‘zining 
va boshqalarning fikrlarini, bahosini yozib boradi. Xondamir birinchi Navoiyshunos 
olim sifatida Navoiy shaxsi va ijodiga oid barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘la 
berganligiga shubha yo‘q. Navoiy asarlarining yozilishi tarixi, uning yaratilishiga 
ta’sir ko‘rsatgan tarixiy shart-sharoitlar, omillar haqida batafsil to‘xtaladi. 
Xondamirning bunday ma’lumot berish tartibi hozirgi zamonda bibliografiyadagi 
annotatsiya tuzish yoki bibliografik sharhni eslatadi. Xondamir «Xamsa»ning turkiy 
tilda yozilganligini, 27 ming baytdan iborat ekanligini, «Chor devon» esa 25 ming 
baytdan iborat turkiy tilda yozilgan g‘azallardan jamlangan to‘plam ekanligini, 
to‘rtala devon Navoiy hayotining turli fasllarida yaratilgan g‘azallarni jamlab 
turuvchi nomlar bilan atalganligi haqida ma’lumot bergan. Tarixchi bu asarida 
Navoiy haqidagi manbalar ro‘yxatini ham beradi. Ular kitobning turli bo‘limlarida 
Navoiy hayoti va faoliyatining qirralariga ko‘ra joylashtirilgan. Masalan, «Ilm 
fazilati va olimlar martabasi haqida» bo‘limida Toftazoniy, Nasimiy, Koshifiy, 
Imom Navaviy kabi zamondosh olimlarning Navoiyga bag‘ishlangan 21 ta asari 
haqida ma’lumot beradi. 
«She’r fazilati va shoirlarning ulug‘ darajalari haqida»gi bo‘limida A. Jomiy, 
Kirmoniy, Gulistoniy, Kamoliddin Mir Husaynning Navoiyning ulug‘ nomi bilan 
tugallangan asarlarining ro‘yxati berilgan. Manbalarning bunday tartibda 
joylashtirilishi bibliografik qo‘llanmalardagi adabiyotlarni mavzuli joylashtirish 
uslubiga o‘xshab ketadi. Shundan ko‘rinib turibdiki, Xondamirning bu asarida 
bibliografiyaning juda ko‘p elementlari uchraydi. Asar ham tarixiy, ham o‘zbek 
mumtoz adabiyotining tarixini o‘rganuvchi, Navoiy hayoti va ijodi haqida ilk bor 
to‘la ma’lumot beruvchi eng muhim bibliografik qo‘llanma, o‘zbek milliy 
bibliografiyasining tarixini o‘rganishda muhim manba sifatida ahamiyatga ega. 
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida ham tazkirachilik san’ati davom etdi. O‘rta 
Osiyoning ayrim hududlarida yashab ijod etgan shoir va yozuvchilar, kitob san’ati 


23 
ustalari haqida, o‘sha davr adabiy hayoti haqida alohida ma’lumotlar to‘pladi. 
Qo‘qonda Fazliy rahbarligidagi bir guruh shoirlar 1821- yili «Majmual shoiron» va 
boshqa tazkiralarni yaratishdi. Buxoroda bu davrda 6 ta tazkira yaratilgan, ulardan 
Abdumutallib Fahmiyning «Tazkir al-Fahmiy», Hoji Abdulazim Shar’iyning 
«Tazkirat ushshuaro» va boshqalarni esga olish mumkin. Xorazmda mashhur shoir 
va tarixchi Ahmad Tabibiy tazkiralar yaratgan. O‘rta Osiyoda kitob bosish ishi 
(litografiya) boshlangunga qadar tazkira janri keng tarqaldi. XIX asr oxiri xivalik 
shoir Yusuf Tunkrat «18 shoir to‘plami» tazkirasini yaratdi. Buxoroda amir 
saroyining ma’rifatli kishilaridan biri Sharifjon Mahdum tazkira janrida faol ijod 
qildi. U «She’rlar to‘plami», «Qadimgi shoirlar, zamonaviy davlatmandlar va 
diyonatli kishilar antologiyasi»ni tuzdi, bayoz janrida asarlar yaratdi, turli tarixiy 
davrlarda yashab ijod etgan mualliflarning she’rlar to‘plamlarini tuzdi. Sh. Mahdum 
Turkistonda o‘z davrining yirik kitob shinavandasi edi. Boy va qimmatli 
qo‘lyozmalari bilan boshqa kutubxonalardan ajralib turuvchi shaxsiy kutubxonasi 
haqida ma’lumot yozib qoldiradi. Kutubxona fondidagi adabiyotlar katalogini 
tuzadi, uning kirish qismida kutubxonada mavjud muhim qo‘lyozmalar, ularning 
ahamiyati haqida ma’lumot beradi. Katalogda adabiyotlarni tartibga solishda 
ma’lum bir xronologik yoki mavzuli joylashtirish prinsiðiga amal qilmaydi. U 
o‘zicha qo‘lyozmalarni tavsiflash qoidasiga rioya etadi: asar nomi, muallif yoki 
xattotning ism-sharifi, qog‘ozning sifati va uning ishlab chiqarilgan joyi, zamonaviy 
mualliflar, uning qarindoshlari haqida ma’lumot beradi. Undan tashqari, 
qo‘lyozmaning asl narxini va uni sotib olingan narxini ham keltiradi. Mashhur 
mualliflar asarini tavsiflashda muallifning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotni 
keltiradi, uning asarlariga baho beradi. Shunday qilib, bu katalog 300 dan oshiq 
adabiyot haqida keng axborot beradi. Sh. Mahdumning katalogi qimmatli kitob 
shinavandasining ishi bo‘lib, ko‘pgina elementlarni berishi bilan hozirgi zamon 
bibliografik qo‘llanmalariga yaqin keladi. Tarixiy manbalardan shu narsa ma’lum 
bo‘ladiki, qadimdan ma’lumki O‘rta Osiyo kutubxonalarida olimlar, o‘z davrining 
mutafakkirlari, matematiklar, tilshunos va adabiyotshunoslar, tabiatshunoslar 
xizmat qilgan, shu yerda xattotlik va kitob miniatura san’ati shakllangan va 


24 
takomillashib borgan. Bibliografik qo‘llanmalar ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra boshqa 
mahsulotlardan ajralib turadi va ularga nisbatan keng qamrovli va katta hajmga ega. 
Shunga ko‘ra maxsus va davlat bibliografiyasining turlari tayyorlanadi. Davlat 
bibliografik ko‘rsatkichlari davlat hisobini olib boradi. Maxsus bibliografik 
qo‘llanmalar ilmiyyordamchi, kasbiy-ishlab chiqarishga oid, tavsiya xarakterida 
bo‘ladi. Nashriyotchilik va kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari nashrdan 
chiqadigan yangi adabiyotlar yoki nashr etilgan asarlar va kitob savdosi tizimlarida 
mavjud adabiyotlar haqidagi axborotdan iborat bo‘ladi. Berilayotgan 
materiallarning mazmuniga ko‘ra bibliografik qo‘llanmalar quyidagi turlarga 
ajratiladi: universal, ko‘p tarmoqli, mavzuli, shaxsga oid, mamlakatshunoslik, 
o‘lkashunoslik. 
Universal qo‘llanmalar bilimning va amaliy faoliyatning hamma sohalariga 
va fan tarmoqlariga oid, ko‘p tarmoqlilari esa bir necha bilim sohasiga ega bo‘ladi. 
Tarmoq qo‘llanmalar bilimning bir sohasiga, mavzuli qo‘llanmalar aniq bir 
mavzuga, oid materiallarni o‘z ichiga oladi. Shaxsga oid qo‘llanmalar bir shaxsning 
hayoti va ijodiga oid barcha adabiyotlarni, mamlakatshunoslikka oid qo‘llanmalar 
esa bir yoki bir necha mamlakat haqidagi materiallarni, o‘lkashunoslik xarakteridagi 
qo‘llanmalar esa mamlakat haqidagi adabiyotlarni aks ettiradi. Qo‘llanmalar turiga, 
maqsadiga ko‘ra ayrim xususiyatlarga ega bo‘ladi. Birinchi xususiyati xronologik 
aniq chegaraga ega. Qo‘llanmaning maqsadidan kelib chiqqan holda aniq yillar 
davomida nashrdan chiqqan adabiyotlar va boshqa materiallar tanlab olinadi. 
Ikkinchi xususiyati— agar ko‘rsatkich hisobga olish maqsadida tuzilsa, har 
tomonlama to‘la bo‘lishi shart. Masalan, davlat bibliografik ko‘rsatkichlarini 
tayyorlashda tanlangan davrda nashr etilgan, tanlangan usulda qaysidir mezonga 
amal qilingan holda barcha turdagi adabiyotlar va boshqa materiallar hisobga 
olinadi, ya’ni ijtimoiy yoki ilmiy ahamiyati, nashrlarning turi yoki biror-bir belgisiga 
ko‘ra tanlanadi. Har bir bibliografik qo‘llanma ko‘plab bibliografik yozuvlarning 
tartibga solingan ko‘rinishidir. Bu esa tanlangan tartibdagi (alifbo, sistemali, 
xronologik va boshqa) usulni qo‘llash bilan uzoq va mas’uliyatli mehnat natijasida 
yuzaga keladi. Bibliografik elementlarning qo‘llanilish me’yori ham qo‘llanmaning 


25 
turiga va maqsadiga ko‘ra belgilanadi. Axborot xarakteridagi ko‘rsatkichlarda 
bibliografik tavsif bilan chegaralansa, tavsiya ko‘rsatkichlarida, albatta, annotatsiya 
beriladi, referativ ko‘rsatkichlar esa referat bilan ta’minlanadi. Ayrim bibliografik 
qo‘llanmalarda turli xil elementlar aralash keladi. Masalan, kutubxona xodimlari 
uchun mo‘ljallangan, avval uslubiy-bibliografik to‘plamlar deb yuritilgan uslubiy 
tavsiyanomalar. Ular bibliografik ro‘yxatlar, bibliografik sharhlar matni, tanlangan 
mavzu bo‘yicha ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish uchun namunalar bilan 
boyitiladi. 
Bibliografik qo‘llanmalar mustaqil nashr sifatida ham, boshqa nashrlar ichida 
(kitob, gazeta, jurnal, to‘plam) ham yoki ilova shaklida ham bosilishi mumkin. 
Bibliografik qo‘llanmalar nodavriy, davriy bo‘ladi. Nodavriy ko‘rsatkichlar, asosan, 
kitob, risola, varaqa, buklet, bir yoki bir necha jildlik, ruknli shaklda bo‘ladi. 
Masalan, shaxslarga oid bibliografik ko‘rsatkichlar mustaqil yoki bir ruknda 
alohida-alohida kitob va risola holida nashr etiladi. Davriy qo‘llanmalar haftalik, 
oylik, kvartallik, yillik, yarim yillik bo‘ladi. Kartochka ko‘rinishidagi bibliografik 
nashrlar Kitob palatalari yoki nashriyotlar tomonidan tayyorlab nashr qilinadi. Bular 
kitobga, gazeta va jurnal maqolasiga, taqrizga bosma kartochkalar shaklida tuziladi. 
Annotatsiyali bosma kartochkalar nashr etish sohasida Rossiya Davlat kutubxonasi 
tajribasini misol qilish mumkin. Ular 1998- yil 1sonidan boshlab har bir sonida 200 
— 250 ta adabiyotga annotatsiyali kartochka (nashriyotlar manzili, telefon raqamlari 
bilan birgalikda) berib bormoqda. Mutaxassislar so‘rog‘iga to‘la javob berish 
maqsadida kutubxona va axborot organlari xodimlari bibliografik qidirish 
jarayonida mavzuli ro‘yxatlar, kartotekalar tuzadilar, bibliografik ma’lumotlar 
bazasini yaratadilar. Keyinchalik ular negizida mavzuli to‘plamlar, daydjestlar, 
faktografik ma’lumotlar, tahliliy sharhlar yaratadilar va iste’molchilarga xizmat 
ko‘rsatish jarayonida foydalanadilar. 
Jamiyatda to‘laqonli axborot resurslarini yaratishga mo‘ljallangan 
adabiyotlarni aniqlash imkoniyati iste’molchilarga elektron shaklda bibliografik 
qidirishni taqdim etish bilan yaratiladi. Bu esa hujjatlar mazmunini tasvirlashning 
ko‘p qirraliligini ta’minlaydi: to‘ldirish, iste’molchilar so‘rog‘i bo‘yicha 


26 
shakllanadigan individual ma’lumotlar bazasini faollashtirish, axborotni ish yoki 
yashash joyiga yetkazish. Texnologik tarmoqlardan foydalanishda hududiy jihatdan 
imkoni bo‘lmagan va uzoq hududlarda istiqomat qiladigan kitobxonlarga elektron 
pochta orqali yoki chat texnologiya orqali xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. 
Maxsus dasturiy ta’minotga asoslangan chat xizmat ko‘rsatish iste’molchi-
bibliograf ikkiyoqlama ta’sirga yo‘naltirilgan bibliografik punktda iste’molchilarga 
xizmat ko‘rsatishga o‘xshaydi. Kitobxon-bibliograf muloqoti bo‘lmagan paytda 
mustaqil avtomatlashgan qidiruvni olib borish uchun so‘roqlarning ma’lumotlar 
bazasini kitobxonlarga tavsiya etish ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Elektron ma’lumot 
xizmati ko‘rsatish boshlanishida so‘roqlar epizodik yoki tartibsiz bajarilgan bo‘lsa, 
hozirgi paytda hamma xorijiy kutubxonalarning veb saytlarida „...dan so‘ra“ nomi 
bilan sahifa ochilgan. Uchinchi bir tendensiyaga bibliografik xizmat ko‘rsatishning 
murakkablashuv jarayonida axborot faoliyatini ma’naviylashtirish kiradi. Bu 
tendensiya kunlik va kelgusi xizmat ko‘rsatish jarayonida turlicha shaklda namoyon 
bo‘ladi. Bir martalik bibliografik ma’lumotlarni bajarishda hujjatlarni kompleks, 
muammoli aks ettirish, uni sifatli tanlash, xabarlar matnining mazmunini ochib 
berish va qaysidir muammoning holati haqida tasavvur beruvchi umumlashma 
ma’lumotni taqdim etishga qaratiladi. Adabiyotlarning retrospektiv ko‘rsatkichlari 
yoki ma’lumotlar bazasini yaratish imkoniyati tadqiqotlar va kashfiyotlarning yangi 
yo‘nalishlari yuzaga kelganda bo‘ladi. Muammoli mahsulotlarni tayyorlashning 
o‘ziga xos xususiyati axborotni to‘plashning chegarasini belgilashda, turli-tuman 
manbalarning keng doirasini jalb etishda, materiallar guruhini qayta ishlab chiqishda 
va obyekt (voqea, hodisa) haqida ma’lumotlarni berishda ko‘rinadi. Masalan, 
„Bozor iqtisodiyotida innovatsiya“ nomli bibliografik qo‘llanma ishlab chiqarishni 
yangilash, takomillashtirish, investitsiyalarni va yangi zamonaviy texnologiyani jalb 
qilish bilan band keng mutaxassislar guruhiga mo‘ljallangan. turli axborot 
manbalarini ko‘rib chiqish bilan quyidagicha bo‘limchalar ochish mumkin:
 
innovatik yangiliklar va o‘zgarishlar haqidagi fan sifatida; innovatsiyaning mohiyati 
va turlari; innovatsion jarayonlarning asosiy bosqichlari; ilmiy va innovatsion 
sohaning o‘zaro ta’siri; innovatsion faoliyatni investitsiyalash; innovatsion faoliyat 


27 
uchun investitsiyalar ajratish, innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish; 
o‘zgarishlar menejmenti, tashkilotlarni ana shu yo‘lga o‘tkazish; yangi narsaning 
mohiyatini qabul qilishning ijtimoiypsixologik xususiyatlari; innovatsion 
to‘qnashuvlarning oldini olish mohiyati, uslubiyati va sabablari; innovatsion 
kommunikatsiyalar, innovatsion faoliyat infratuzilmasi; turli sohadagi innovatsion 
faoliyat tajribasi. Internet ma’lumotlaridan foydalanish kitobxonlarga bibliografik 
xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi va uni bir vaqtning o‘zida ham 
bibliografik, ham faktografik xizmatga aylantiradi. Hujjatlarni tanlashda axborotni 
bilish, uning imkoniyatlarini, ayrim matnli materiallarning imkoniyatlarini 
aniqlashga asoslanadi. Bundan tashqari, hujjatlarni tanlashda mamlakatning, 
tashkilotning ilmiy-texnik potensiali, muammoni ishlab chiquvchi mualliflarning, 
an’anaviy va elektron hujjatlarning turlichaligi va alohidaligi ham hisobga olinadi. 
Òo‘plangan hujjatlar mazmuni ularda va ma’lumotlar bazasida mavjud tayyor 
referatlar va annotatsiyalar yoki ularni mustaqil tuzish yordamida ochib beriladi. 
Mazmun aniq va to‘la ochib berilsa, u iste’molchilar uchun foydali va keyingi ilmiy-
tadqiqot ishlari uchun zarur bo‘ladi. 

Yüklə 370,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin