O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PЕDAGOGIKA UNIVЕRISTЕTI FIZIKA VA TEXNOLOGIK TA’LIMI FAKULTETI
TEXNOLOGIK TA’LIM VA TASVIRIY SAN’AT FANLARI KAFEDRASI
TASVIRIY SAN’AT O’QITISH METODIKASI FANIDAN KURS ISHI
MAVZU:
Bajardi: ______ Tekshirdi: _________
MUNDARIJA KIRISH I BOB: Andijon davlat universiteti hududidagi shior, chaqiriq, e'lon, ko'rgazma va boshqa yozuvlarning imlosi tahlili. Orfografiya (imlo) o’zbek imlosi va uning asosiy tamoillari.
Punktuatsiya va uning tamoyillari.
II BOB: Yozuvlar imlosini tahlil qilishda stilistika va texnik jihatlar o’rni. 2.1. O’zbek tili stilistikasi.
2.2. Shior, chaqiriq, e'lon, ko'rgazma va boshqa yozuvlarning imlosi texnik jihatlari tahlili.
XULOSA. ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
Kirish. Kurs ishining umumiy tavsifi. Andijon davlat universiteti hududidagi shior, chaqiriq, e’lon, ko’rgazma va boshqa yozuvlarning imlosini tahlil qilshda turli tahliliy qonunlardan foydalanamiz. Jumladan orfografiya, punktutsiya, stilistika va texnik jihatlardir. Bu kurs ishi mavzusi universitet hududidagi turli yozuvlar imlosi tahlili ustida ishlash uchun yo’nalish beradi. So‘zlarni adabiy til me’yorlari asosida to‘g‘ri yozish – savodxonlik madaniylikning muhim belgilaridandir. Savodxon bo‘lmoq uchun imlo qoidalarini bilish shartdir. Binobarin, imlo qoidalari – savodxonligimiz asosidir. Imlo adabiy tilning yozma shakli bilan aloqador bo‘lib, u to‘g‘ri yozish qoidalarini o‘rgatuvchi hamda ular haqida batafsil ma’lumot beruvchi tilshunoslikning alohida bir bo‘limidir. Imlo yozuv vositalari orqali so‘z va so‘z shakllarining bir xilda yozilishini tartibga soladi. Imlo tufayli so‘zlar yagona yozuv shakliga ega bo‘ladi. Imlo muayyan qonun-qoidalarga asoslanadi. Bu qoidalarga unli va undoshlarning yozilishi, asos va qo‘shimchalarning yozilishi, qo‘shma so‘zlarning yozilishi, bosh harflarning qo‘llanishi, ko‘chirish qoidalari kabilar kiradi. Imlo qoidalari til taraqqiyotining ma’lum bir bosqichini nazarda tutgan holda tuziladi. Tilning rivojlanishi hamda ba’zi hollarda yozuvning o‘zgarishi bilan imlo qoidalari ham shunga mos ravishda takomillashtirilib boriladi. Imlo orfoepiya hamda alfavit bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Adabiy talaffuz me’yorlarining aniq ishlab chiqilishi o‘z navbatida imlo qoidalarining puxta va pishiq bo‘lishida yordam beradi. Alifbo adabiy tildagi fonemalarni to‘la va to‘g‘ri ifodalash uchun yetarli harfiy belgilarga ega bo‘lsa, imlo ham shunga muvofiq ravishda davr talablariga javob bera oladigan mukammal va qulay qoidalarni o‘zida tarkib toptiradi. Har qanday yozuv tizimi ma’lum qonun-qoidalarga, ularning asosida yotuvchi imloviy tamoyillarga asoslanib ish ko‘radi. Imloviy tamoyillar yozuv me’yorlariga oid qoidalarni bir xilda, turg‘un shakllarda muayyan tartibda ushlab turuvchi asosiy omil sanaladi.