Differensiya tamoyili. Bu tamoyilga ko`ra, shakli yoki talaffuzi bir xil bo`lgan so`zlar yozuvda turli shartli belgilar vositasida (yoki ba’zan ma’noga ko`ra) farqlanadi. Masalan,
1. Urg`u vositasida farqlash: atlas-mato, material. Atlas-geografik atlas. Akademik-ot, akademik-sifat (masalan, akademik yil).
2. Unlining cho`ziq-qisqaligi orqali farqlash (bundan so`zlarda unlining cho`ziqligini tutuq belgisi ta’minlaydi, demak bunday so`zlarning shakli va ma’nosi tutuq belgisiga ko`ra farqlanadi): da’vo-davo, a’yon-ayon, a’lam-alam kabi.
3. Boshqa-boshqa tovush ifodalovchi harflar vositasida so`z ma’nosini farqlash: xol (yuzdagi xol) – hol (ahvol, holat).
4. Kirill yozuvida so`z ma’nolarini yumshatish () belgisini qo`llash va qo`llamaslik vositasida farqlash holati mavjud: kontrol – ot, kontrol (ish) – sifat, gorizontal – ot, gorizontal (yo`nalish) – sifat kabi.
Grafik tamoyil. Bu tamoyil asosidagi imlo qoidalari tovush bilan uning yozuvdagi shakli o`rtasidagi munosabatlarni ifodalashga asoslanadi. Masalan, sirg`aluvchi j tovushi bilan qorishiq portlovchi j tovushlari yozuvda bitta shakl – harf bilan berilishi (jo`ja-gijda kabi), sayoz til orqa –ng tovushini ifodalovchi harflar birikmasi ng va n va g tovushlarini ifodalovchi n va g harflari yonma-yon kelganda ham n va g talaffuz etilishi grafik tamoyil asosida belgilangan: ko`ngil, singil, senga, ingliz kabi.
Morfologik tamoyil o`zbek orfografiyasining etakchi tamoyili bo`lib, imloga doir ko`pgina qoidalar ana shu tamoyilga asoslanadi.
I BOB: Andijon davlat universiteti hududidagi shior, chaqiriq, e'lon, ko'rgazma va boshqa yozuvlarning imlosi tahlili. Punktuatsiya va uning tamoyillari.
Punktuatsiya haqida umumiy ma’lumot Hozirgi zamon yozuvini punktuatsiyasiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki punktuatsiya milliy til yozuvining tarkibiy qismi bo`lib, yozuv «notasi» hisoblanadi. Tinish bеlgilari yozuvda ma'lum ma'no va vazifada – aniq bir maqadda ishlatiladi. Ularning qanday ma'noda ishlatilganligi funktsiyasiga bog`liq, ya'ni tinish bеlgilarining ma'nosi ularrirn funktsiyasidan – vazifasidan – kеlib chiqadi. Grammatik jihatdan bir xil shakllangan va bir xil lеksik vositalarga ega bo`lgan quyidagi bеsh gapni olib ko`raylik, bularda bеsh xil ma'no birligi tinish bеlgilaridan bilinadi. Masalan:
1.Biz fazoni o`rganmoqdamiz. (Xabar ma'nosi)
2.Biz fazoni o`rganmoqdamiz? (So`roq ma'nosi)
3. Biz fazoni o`rganmoqdamiz! (Undov ma'nosi)
4.Biz fazoni o`rganmoqdamiz... (fikrning bo`linishi)
5.Biz fazoni o`rganmoqdamiz!.. (Kuchli emotsiya – sеvinch – fikrning bo`linishi ma'nosi)
Punktuatsiya termini lotincha punctum so’zidan olingan bo’lib, aslda nuqta, o’rin, joy tushunchalari bilan bog’langan bo’lsa ham, tilshunoslikda nutq oqimidagi intonatsion-prasodik to’xtamlarni, yozuvda ifodalanadigan shartli belgilar yig’indisini (tinish belgilarini) anglatadi.
Punktuatsiya tilshunoslikning bir sohasi bo’lib, tinish belgilari (punktorgramma) va ularning qo’llanish qonun-qoidalarini o’rgatadi. Punktogramma muayyan yozuv tizimi (grafika) ning uzviy qismi bo’lib, yozma nutqning ayrim yozuv belgilari (masalan, raqamlar, harflar, diakritik va transkripsion belgilar kabi) bilan ifodalash mumkin bo’lma-gan tomonlarini aniq belgilashda muhim ahamiyatga egadir.
Tinish belgilari yozma nutqni to’g’ri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni ixchamlashda, gap qismlarining o’zaro logik-grammatik munosabatlarini ko’rsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan, yozuvchiga o’z yozma nutqini aniq, to’g’ri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, o’quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi Demak, tinish belgilari "Yozma nutqning tushunilishini osonlashtirish uchun qo’llaniladi" (Baduen de Kurtene) va uni oydinlashtiradi, aniqlik kiritadi. Tinish belgilarining o’rinli qo’llanmasligi ma'lum bir sintaktik qurilmani ham mazmun, ham tuzilishii jihatidan o’zgarib ketishiga olib keladi.
Enter Title