Ishtimoiy fanlar kutubxonashunoslik va sport


II BOB. XIX ASRNING IKKINCHI YARMI VA



Yüklə 370,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix14.10.2023
ölçüsü370,41 Kb.
#155116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Djo\'rayeva Z kurs ishi

II BOB. XIX ASRNING IKKINCHI YARMI VA 
XX ASRNING BOSHLARIDA TURKISTONDA BIBLIOGRAFIYA ISHI 
2.1. Turkiston to’plami haqida tushuncha 
Yevropaning O‘rta Osiyoni o‘rganishga va uni bosib olishga bo‘lgan qiziqishi 
XVII asrning birinchi yarmidayoq boshlangan edi. Bu borada Angliya va Rossiya 
o‘rtasida raqobat kuchli bo‘lgan. XVII asrda angliyalik sayohatchi olimlarning 
Pomir va Amudaryoning yuqori sohillarini o‘rganishga oid ishlari nashr etilgan. 
1717-yilda rus podshosi Pyotr I topshirig‘i bilan knyaz Bekovich-Cherkasskiy 
boshchiligida O‘rta Osiyoga harbiy ekspeditsiya yuborilgan. Uning a’zolari Xiva 
atrofida butunlay qirib tashlangan (ekspeditsiya natijalari arxiv hujjatlari asosida 
XIX asrning oxirida I. Ò. Beschin tomonidan „Bibliografik monografiya“ nomi 
bilan nashr qilinadi). Shu davrdan boshlab rus olimlari va sayohatchilarida ham 
O‘rta Osiyoni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish oshib bordi. N. Muravyov, N. A. 
Seversov,A. P. Fedchenko, I. V. Mushketov, P. P. Semyonovlar bosh- chiligida 


28 
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida bir necha bor O‘rta Osiyoga ekspeditsiya 
yuboriladi. Bu ekspeditsiyalar natijasida Rossiyaga O‘rta Osiyoning katta qismini 
bosib olish uchun imkoniyat yaratildi. 
1867- yili rus qo‘shinlarining Òoshkentni bosib olishlari bilan Òurkiston 
general-gubernatorligi tashkil qilindi. Rus biblio- graflari tomonidan O‘rta Osiyo 
haqidagi rus va chet tillardagi adabiyotlarning bibliografiyasi tuzila boshlandi. Bu 
davrda O‘rta Osiyoda bibliografiyaning paydo bo‘lish sababini XIX asrning yirik 
rus bibliografi, birinchi bo‘lib O‘rta Osiyo haqidagi adabi- yotlarni to‘plagan V. I. 
Mejov „O‘rta Osiyoni har tomonlama chuqur o‘rganishga sof savdo va ilmiy maqsad 
sabab bo‘ldi“, deb ko‘rsatadi. Albatta, bu fikr ma’lum darajada to‘g‘ri, lekin ilmiy 
maqsad emas, balki sof harbiy maqsad ko‘zda tutilib, O‘rta Osiyo chuqur 
o‘rganilgan, desak mantiqqa to‘g‘ri keladi. Buni rus qo‘shinlarining qo‘mondoni, 
Turkiston general-gubernatori N. P. Kaufmanning V. I. Mejovdan O‘rta Osiyo 
haqidagi adabiyotlarning bibliografiyasini tuzib berishni so‘ragani isbot qilib 
turibdi. V. I. Mejov bunga rozi bo‘lib, Òurkiston haqida bibliografik ko‘rsatkich 
emas, balki Òurkiston haqidagi adabi- yotlar to‘plamini tuzib berishni taklif qiladi. 
O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda XIX asr yirik rus bibliografi V. I. Mejovning 
Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston milliy kutub- xonasining nodir kitoblar bo‘limida 
saqlanayotgan, hozirga qadar o‘zining ilmiy-amaliy ahamiyatini saqlab kelayotgan 
„Turkiston to‘plami“muhim ahamiyatga egadir. Uning vujudga kelishi hamda 
ahamiyatiga oid V. I. Mejov zamondoshlari, hozirgi davr mutaxassislari Logofet, Y. 
K. Betger, N. M. Benediktova, O. G‘. Qosimova, O. V. Maslova, Z. L. Fratkina va 
boshqalarning qator ilmiy tanqidiy maqolalari mavjud. Lekin bu maqolalarda 
„Turkiston to‘plami“ning yaratilishi tarixi, ahamiyati, unga tuzilgan yordamchi 
ko‘rsatkichlar yetarlicha yoritilmagan. 

Yüklə 370,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin