18
bo‘lgan adiblar haqidagina ma’lumot beradi, zamonaviy hayot, adabiyot, hayot tarzi
va adabiy jarayon haqidagi ma’lumotlarni birlashtiradi.
Navoiyning qo‘lyozma
kitoblarni mukammal bilishi, adabiy mahorati va
o‘zining shaxsiy mavqeyi yirik kitobshunos, bibliograf bo‘lib tanilishiga sabab
bo‘ldi. Uning tashabbusi bilan qurilgan kutubxona 10 mingdan oshiq qo‘lyozmani
saqlagan va turli kitobxonlarga xizmat qilgan. Uning fondidan ko‘plab olimlar,
kitobsevarlar, adabiyot muxlislari foydalangan.
XVII asrda taniqli turk olimi va bibliografi Hoji Xalifa o‘rta osiyolik olimlar,
yozuvchi va shoirlarning asarlarini hisobga oluvchi «Kitob va fandagi shubhaning
bartaraf etilishi» nomli ko‘rsatkichini tuzadi. Ko‘rsatkich XIX asrda lotin tilida
G.Fluger tomonidan nashr qilinadi. Ko‘rsatkichda olimlar, yozuvchi, shoir va din
namoyandalarining 15007 asarlari fan tarmoqlari bo‘yicha ro‘yxat shaklida
tartibga
solingan. Asarlar haqidagi ma’lumotdan avval asar muallifining nasl-nasabi, kasbi,
egallagan mansabi haqida, tug‘ilgan va vafot etgan yillari, ijtimoiy kelib chiqishi
haqida ma’lumot, asarlarining to‘liq ro‘yxati berilgan. Ular orasida Ibn Sino,
Beruniy, Xorazmiy, shoirlardan Sa’diy, U. Xayyom va boshqalar haqida
ma’lumotlar bor. Hoji Xalifaning bu ko‘rsatkichi ko‘p jildlik bo‘lib, 400 yildan
oshiq davrdan beri Sharq madaniyatining ajoyib namunasi sifatida o‘zining ilmiy
qiymatini yo‘qotgan emas. O‘rta Osiyo tarixi, fan va madaniyati, kitobatchilik ishi
haqida ma’lumot beruvchi yana bir ish XVII asrda tuzilgan AsSomoniyning «Ismlar
genealogiyasi kitobi» nomli lug‘atidir. Uning muallifi Muhammad Ibn Mansur As-
Somoniy aslida
Marv shahrida tavallud topgan, O‘rta Osiyoning ko‘plab
shaharlarida bilim olish maqsadida yashagan, 1144- yili Marv shahriga qaytib, Al-
Ahmad madrasasida dars bera boshlaydi va bir vaqtning o‘zida ilmiy ish bilan
shug‘ullanadi. Uning asarlari 40 dan ortiq bo‘lib, ular orasida «Geografik lug‘at»,
ustozlariga bag‘ishlab tuzilgan «Shayxlar lug‘ati», ayniqsa, O‘rta Osiyo tarixini
o‘rganishda yordam beruvchi «Ismlar genealogiyasi kitobi» 4000 ta diniy asarlar
haqida ma’lumot berilgan.
XVI asrda Amin Ahmad Roziy tomonidan tuzilgan «Yetti iqlim» nomli lug‘at
ham geografik, ham ensiklopedik asar hisoblanadi. Unda Sharqning musulmon
19
mamlakatlari
va shaharlari, ulardagi yirik arboblar, mashhur kishilarning hayoti,
faoliyati, ularning asarlari haqida ma’lumotlar berilgan. O‘zFAning Beruniy
nomidagi Sharqshunoslik institutida bibliografik mazmundagi bir qancha asarlar
saqlanadi. Ulardan biri «Shayx urrais asarlari ro‘yxati», ya’ni
Ibn Sino kitoblari
bibliografik ko‘rsatkichidir. Bunda Ibn Sinoning 142 ta asari ro‘yxati berilgan
bo‘lib, 1664- yili noma’lum muallif tomonidan tuzilgan.
Dostları ilə paylaş: