Ishtimoiy fanlar kutubxonashunoslik va sport


 V. I. Mejov an’analarining davom ettirilishi



Yüklə 370,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix14.10.2023
ölçüsü370,41 Kb.
#155116
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Djo\'rayeva Z kurs ishi

3.2. V. I. Mejov an’analarining davom ettirilishi 
V. I. Mejov an’analari 1970-yillarigacha davom ettirildi. Ko‘p yillar 
mobaynida Toshkent davlat pedagogika instituti „Bibliografiya“ kafedrasi mudiri, 
1974- yildan Toshkent davlat madaniyat instituti, „O‘zbekiston tarixi“ kafedrasi 
mudiri, tarix fanlari doktori, professor G. N. Chabrov 1940- yildan boshlab 
„O‘zbekiston madaniy hayotining solnomasi“ mavzusida gazeta maqolalari 
to‘plamini tuzib bordi. 1940- yildayoq tasviriy san’at masalalari bo‘yicha gazeta 
maqolalarini to‘plash ishlarini boshlagandi. Frontdan qaytgach, ya’ni 1940 — 1951- 


40 
yillar uchun maqolalarni yig‘adi. Mavzular ko‘lami ham sal kengayadi. O‘zFA va 
respublika muzeylariga oid maqolalar yig‘iladi. 1960- yilgi to‘plamning tuzilishi 
murakkablashib, asta-sekin to‘ldirib, boyitib borildi. 1940—1972- yillarni o‘z ichiga 
olgan 56 ta jild tarkibida O‘zFA, Sharqshunoslik instituti va uning 40 yilligi, 
Geografiya jamiyati, Arxeologiya, O‘rta Osiyo tarixi, O‘zbekis- ton rassomlari 
uyushmasi, San’at, Arxitektura, Me’morchilik, Amaliy san’at, Havaskorlik san’ati, 
Kolleksiya, Kutubxonalar va Arxivlar, Bibliografiya, Personaliya, turli masalalar, 
Nekrologlar kabi bo‘limlar mavjud bo‘lib, 11748 maqola va xabarlar, 6823 muallif 
haqida ma’lumot berildi. Hayotining oxirigacha professor G. N. Chabrov 
to‘plamning 77 jildini tuzadi. U to‘plamga, asosan, respublikamizda chiqayotgan 
materiallarini kiritgan. Har bir jild 2 ta yordamchi ko‘r- satkich, maqola va xabarlar 
mualliflari hamda sistemali ko‘r- satkichga ega. Shuni ta’kidlash kerakki, G.N. 
Chabrov tayyorlagan to‘plam uning fikricha, V. I. Mejovning „Turkiston 
to‘plami“ga qaraganda ancha past darajada turadi. To‘plamda O‘zbekiston 
madaniyatiga oid ayrim masalalar yoritilgan, xolos. Chunki chiqayotgan 
adabiyotlarning soni shu qadar ko‘p ediki, ularni bitta to‘plamga joylashtirishning 
hech qanday iloji bo‘lmagan. „Turkiston to‘plami“ning noyob o‘lkashunoslik 
materiallari hozirgi paytdagi turli ilmiy-tadqiqot ishlarida, o‘lkashunoslik va 
mavzuli ko‘rsatkichlar tuzishda juda katta ahamiyat kasb etadi. 1908- yildayoq 
Sharqshunoslik jamiyati O‘rta Osiyo bo‘limining a’zolari V. F. Geyns, B. P. 
Kareyev va S. D. Maslovskiy „Turkiston to‘plami“dan foydalanib, („Afg‘oniston 
bibliografiyasi“) ko‘rsatkichini tuzadi. Unga „Turkiston to‘plami“ning 416 jildidan 
joy olgan Afg‘oniston haqidagi 350 maqola va kitoblar kirgan. 1946- yili „Turkiston 
to‘plami“ning materiallari asosida Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 
xodimlari N. M. Bendektova va Y. K. Betgerlar („Qirg‘iziston „Turkiston to‘p- 
lami“ sahifalarida“). 1958- yilda Qozog‘iston FA Òarix instituti ilmiy xodimi A. 
Xo‘jayev („Qo- zog‘iston etnografiyasi“) nomli annotatsiyalangan ko‘rsatkich tuzdi. 
Qozog‘istonning ikkita—Sirdaryo va Yettisuv viloyatlariga oid kitob va maqolalarni 
o‘z ichiga olgan „Turkiston to‘plami“ respublikaning 1917- yilgacha bo‘lgan hayoti 
bilan qiziquvchi tarixchi, etnograf, folklorshunos tadqiqotchilar hamda bib- 


41 
liograflar uchun nodir, qiziqarli materiallar beradi, ammo dashtli o‘lkaga (Uralsk, 
To‘rg‘ay, Okmulinsk, Semiðalatinsk) bevosita aloqador materiallar berilmagan, 
lekin „To‘plam“ning tuzuvchilari unga qozoqlar haqida yozilgan kitob va 
maqolalarni kiritganlar, millatning qaysi hududda yashaganligi ko‘r- satilmagan. 
„Turkiston to‘plami“ dagi materiallardan barcha tadqiqot- chilar ham o‘z ishida 
foydalanish imkoniyatiga ega emas edi. Shuning uchun uning mazmunini targ‘ib 
qilish maqsadida Qozog‘iston FA kutubxonasi Qozog‘istonga oid materiallarni to‘p- 
lamdan tanlab olib, annotatsiyalash bo‘yicha juda katta ish olib bordi. („Qozog‘iston 
„Turkiston to‘plami“ sahifalarida“) deb nomlangan annotatsiyalangan kartoteka 
tuzildi va unga 2000 dan ortiq kitob, gazeta, jurnal maqolalari, turli xil xabarlar, 
geografik xaritalar, rasm hamda portretlar kiritildi. Yig‘ilgan materiallarning asosiy 
qismini Qozog‘istonning sho‘rolar hokimiyatigacha bo‘lgan tarixi, etnografiyasi, 
arxeologiyasi, huquqi, statistikasiga oid adabiyotlar, Qozog‘istonning turli tarixiy 
davrlardagi ma’muriy tuzilishi, Yettisuv shahrining tarixi kabi ma’lumotlar tashkil 
etadi. Ko‘chmanchi qozoq urug‘larining ko‘chish joylari, ularning tarqalish 
chegaralari, o‘zaro munosabatlariga oid ishlar tadqiqotchilarda katta qiziqish 
uyg‘otdi. „To‘plam“ ga qozoq olimi Cho‘qon Valixonov asarlari tarjimalari, qozoq 
ma’rifatchisi Abay Qo‘nonboyev, Oltinsarinlarning asarlari va ular haqida yozilgan 
asarlar kiritilgan. „To‘plami“ga dasht Turkiston o‘lkalaridagi xorijlik sayyohlarning 
ishlari ham kiritilgan. 1959- yil Navoiy nomidagi davlat kutubxonasi ma’lumot-
bibliografiya bo‘limining xodimi E.A. Vaytexovskiy adabiyotlar ko‘rsatkichini 
tuzdi. Undan, eski Toshkentning sanoati, savdo-sotiq ishlari, obodonlashtirish 
masalalariga oid qiziqarli maqolalar „Turkiston to‘plami“dan joy olgan edi. 
„To‘plam“ O‘rta Osiyoga oid qimmatli materiallar manbayi sifatida hali uzoq vaqt 
o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi [12]. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘rta Osiyo bibliografi- yasining 
rivojlanish tarixi rus o‘lkashunos bibliografi N. V. Dmitrovskiy nomi bilan ham 
bog‘liq. U nafaqat O‘rta Osiyoning bibliografi, balki Òurkistonda kutubxonachilik-
bibliografiya ishining tashkilotchisidir. N. V. Dmitrovskiy 1841- yil 6- dekabrda 
Nijniy Novgorod shahrida tug‘iladi. Shu yerda o‘qiydi va mehnat faoliyatini 


42 
boshlaydi. 1867- yil u Toshkentga keladi va Turkiston general- gubernatorining 
devonxonasida ish boshqaruvchi, Toshkent xalq kutubxonasining kutubxonachisi 
bo‘lib ishlaydi. 1910- yilda vafot etadi. Uning kutubxonachilik va bibliografik 
faoliyatining boshlanishi 1870- yili Toshkent xalq kutubxonasining, keyinchalik 
Turkiston xalq kutubxonasining ochilishi bilan bog‘liq. Kutubxonani tashkil qilishda 
faol ishtirok etgan va kutubxona direktori etib tayinlangan. N. V. Dmitrovskiy 
kutubxonaning rus kitoblar fondi katalogini tuzdi, hozir u O‘zbekiston milliy 
kutubxonasi fondida saqlanmoqda. Katalogni tuzishda u o‘lkashunoslik manbalariga 
katta ahamiyat beradi. O‘rta Osiyoga oid bo’lgan kitoblar maxsus bo‘limlarda 
joylashtirilgan, ko‘p jildliklarning mazmuni to‘liq ochib berilgan. Toshkentda 
tuzilayotgan barcha o‘lkashunoslik to‘plamlarining mazmuni to‘la yoritilgan. 
Masalan: „San’at“ bo‘limida kam nusxada nashr qilingan, muhim va nodir 
hisoblangan hamma varaqlari sanalib tavsif qilingan. N. V. Dmitrovskiy tuzgan 
katalog fondning o‘lkashunoslik xarakteridagi qismi mazmunini to‘la ochib bergan. 
U o‘zining O‘rta Osiyo haqidagi 1871 — 1872- yil uchun kitob va maqola- larning 
kundalik bibliografiyasini tuzib, gazetada nashr qildiradi. 1874- yilda esa muhim 
ko‘rsatkich nashr qiladi. O‘rta Osiyo haqidagi adabiyotlarni yig‘ish uchun u Moskva 
va Peterburgda chiqadigan jurnallarni, rus fanlar akademiyasi, universitetlar va ilmiy 
jamiyatlarning nashrlarini, ko‘plab gazetalarni ko‘rib chiqdi. Ko‘rsatkichdagi 788 
nomdagi manbalar 11 ta bo‘limga joylashtirilib, O‘rta Osiyo va uning ayrim 
hududlari tarixi, geografiyasi, arxeologiyasi qishloq xo‘jaligi, sanoati, aholisiga oid 
adabiyotlardan iborat. So‘zboshida yaqin kunlarda ko‘rsatkichning davomi ham 
chiqishi haqida yozilgan, lekin u chiqmagan. N. V. Dmitrovskiyda doimo V. I. 
Mejovning „Turkiston to‘plami“ni to‘ldirish istagi bo‘lgan. Shuning uchun ham „V. 
I. Mejovning „Turkiston to‘plami“ga kirmay qolgan O‘rta Osiyo haqidagi 
maqolalarning 1867-1887- yillar, shuningdek, 1887-1907- yillar“ ko‘rsatkichida, 
asosan, 13 ta jurnaldan 1670 ta maqola olingan. Materiallar jurnallarning alifbosi 
bo‘yicha, bo‘lim ichida esa yillar bo‘yicha berilgan. Ko‘rsatkich qo‘lyozma kitoblar 
fondida saqlanmoqda.XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘rta Osiyo haqidagi 
adabiyotlarni hisobga oluvchi bibliografik ko‘rsatkichlar nashr qilindi. 1902-1903- 


43 
yillarda Peterburg botanika bog‘ining bosh botanigi V. I. Linskoy Turkiston 
o‘simliklar dunyosi va botanikka oid ilmiy ishlarni ichiga olgan nomli 2 qismli 
ko‘rsatkichni tuzib nashr qildirdi. Uning 1- qismiga Turkistonning va qo‘shni 
mamlakatlarning o‘simliklar dunyosiga oid Peterburg va Moskvaning yirik 
kutubxonalarida saqlanayotgan 1876-1902- yillarda nashr qilingan kitob va 
maqolalar va to‘liq ma’lumot beruvchi annotatsiya berilgan. Nodir nashrlarga 
annotatsiya, referat keng berilganki, unda manbaga murojaat qilmay turib ham uning 
mazmuni bilan qisqa tanishsa bo‘ladi. Ko‘rsatkichning 2- qismi O‘rta Osiyo 
botanika tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan adabiyotlarning tavsifi, annotatsiyalash, 
uni joylashtirish uslubi 1- qismiga monand. Materiallarni hisobga olishning kengligi, 
bibliografik tavsifning to‘liq va bir xilligi, annotatsiyaning kengligiga ko‘ra V. I. 
Linskoyning bu qo‘llanmasini inqilobdan oldin tuzilgan eng yaxshi ko‘rsatkichlar 
qatoriga qo‘ysa bo‘ladi. Lekin materialning alifbo tartibida joylashtirilishi, ayniqsa, 
yordamchi ko‘rsatkich yo‘qligi undan foydalanishni ancha qiyinlashtiradi. O‘rta 
Osiyo haqidagi rus chet tillardagi adabiyotlarni S. P. Semyonov-Òyanshanskiyning, 
„Rossiya“ ko‘p jildli seri- yasining XVIII va XIX jildlarida nashr qilingan 
ko‘rsatkichdan topish mumkin. Ko‘rsatkich XVII asrning o‘rtalaridan to 1913- 
yilgacha bo‘lgan O‘rta Osiyo tarixi, arxeologiyasi, geografiyasi, madaniyati va 
boshqa sohalarga oid adabiyotni o‘z ichiga olib, o‘n bitta bo‘limda joylashtirilgan. 
O‘rta Osiyo haqidagi muhim ko‘rsatkichlardan biri o‘lkashunos-bibliograf V. R. 
Gorodetskiy va M. P. Gorodetskayalarning ko‘rsatkichdir. Unda rus va chet tillarda 
nashr qilingan kitob va maqolalar 10 ta asosiy bo‘limda fan sohalari bo‘yicha 
joylash- tirilgan (tarix, geografiya, mineralogiya, botanika, zoologiya, astronomiya, 
qishloq xo‘jaligi va boshqalar). 10- bo‘lim yig‘ma bo‘lib, boshqa bo‘limlarga 
kirmay qolgan adabiyotlar va ba’zi vaqtli matbuot muharririyatining manzillari 
berilgan. Uning kamchiligi turli yillardagi adabiyotlarni bir tekisda bermaganligi, 
bir muallifning bir necha asarini tasvirlashda muallif familiyasini birinchi asarda 
ko‘rsatib, qolganlarida bermaganligi, annotatsiya va yordamchi ko‘rsatkichning 
yo‘qligidadir. Shunga qaramasdan, ko‘rsatkichdan O‘rta Osiyo haqida muhim 
ma’lumotlar yig‘ishda foydalanish mumkin. XX asr boshlaridan to hozirgi kungacha 


44 
ilmiy qimmatini yo‘qotmagan qator bibliografik ko‘rsatkichlar Rus geografiya 
jamiyati Turkiston bo‘limining to‘plamida nashr qilingan. Masalan, 1914-1917- 
yillarda to‘plamning X — XII jildlarida bosilgan A. V. Ponkovning va Y. K. Betger 
tuzgan 2 qismli „Turkistonshunoslikka oid kitob va maqolalarning bibliografiyasi“ 
hamda sayohatchi I. Minayevning Amudaryoning yuqori qismidagi davlatlar haqida 
1878- yilgacha ma’lumot“ nomli kitobida berilgan „Bibliografik ko‘rsatkichlar“ 
chop etildi. Ularda O‘rta Osiyo haqida muhim ma’lumotlar berilgan. Yuqoridagi 
ko‘rsatkichlardan kelgusida respublikamiz va O‘rta Osiyoning inqilobgacha bo‘lgan 
davri uchun umumiy retrospektiv bibliografik qo‘llanmalar tuzishda manba sifatida 
foydalanishimiz mumkin. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida O‘rta Osiyo xalqlari 
tillaridagi adabiyotlarni ham bibliografiyalash masalasiga e’tibor berildi. Birinchi 
marta Turkistonlik mualliflar asarlari XIX asr o‘rtalarida Peterburg va Qozon 
shaharlarida Sharq xalqlari tillarida nashr qilingan bibliografik qo‘llanmalarda, 
keyinchalik esa sharqshunoslik yo‘nalishidagi markaziy va mahalliy vaqtli 
matbuotda hisobga olina boshlandi. Osiyo muzeyi va Imperator xalq kutubxonasida 
birinchi marta Rossiyada musulmon matbuotining 2 ta bibliografik ko‘rsatkichi 
tuzildi. 1852- yilda nashr qilingan birinchi bibliografik obzorda sharq (shu jumladan, 
Turkiston) qo‘lyozma asarlari berilgan. Bu sharq qo‘lyozmalariga tuzilgan birinchi 
katta bibliografik tajriba edi. 2- ko‘rsatkich 1867- yilda nashr qilinib, unda 900 ga 
yaqin sharq tillarida nashr qilingan adabiyotlar berilgan. Adabiyotlar haqidagi 
ma’lumotlar arab tilida berilgan. Material xronologik tartibda va alifbo bo‘yicha 
joylashtirilgan. Bu musulmon matbuotining rivojlanishini, uning mazmunini va 
yo‘nalishini ochib beradi. Bundan ko‘rinadiki, hisobga olingan ko‘pchilik kitoblar
arab, fors va turkiy tillaridagi musulmon diniy kitoblaridir. Bu „Qur’oni 
Karim“ning, „Haftiyak“ning bir necha nashri va boshqa diniy kitoblar, XIX asr 
o‘rtalarida nashr etilgan badiiy adabiyotlar va ba’zi musulmon olimlarining 30 dan
oshiq asarlari B. A. Dornning ko‘rsatkichida hisobga olingan. Unda, Qozon shahrida 
XIX asr sharq adabiyotiga to‘la ma’lumot berilgan. Ko‘rsatkichning kamchiliklari: 
B.A.Dorn asarlarning bibliografik tavsifini juda qisqa bergan, unda son 
xarakteristikasi, nashriyotlar haqida ma’lumot yo‘q, ko‘rsatkich to‘liq emas, buni B. 


45 
A. Dorn o‘zi ham tan olib, ko‘rsatkichni tuzishda ko‘plab musulmon kitoblari Osiyo 
muzeyida yo‘q edi, ularni hali topish kerak, deb yozgan. Lekin bu ko‘rsatkichning 
qimmatiga ta’sir qilmaydi. Chunki bibliografik qo‘llanma qadim O‘rta Osiyo 
olimlari va yozuvchilarining asarlari haqida ma’lumot beruvchi yagona manbadir. 
Afsuski, B. A. Dorndan keyin Rossiyada sharq xalqlari tillaridagi adabiyotlarning 
bibliografiyasi bilan 15 yil (1867 -1884) davomida hech kim shug‘ullanmadi. 1886-
1917- yillarga kelib, rus sharqshunosligining matbuot organi hisoblangan davomli 
nashr chiqishi bilan yana bosh- landi. To‘plamda sharq tillarida Turkistonda chiqqan 
adabiyotlar ro‘yxati, ularga yozilgan taqrizlar haqida ma’lumot berib borildi. O‘rta 
Osiyo xalqlari adabiyoti, tarixi, arxeologiyasi haqida adabiyotlarning sharqshunos-
turkistonshunoslar tomonidan tuzilgan qator ro‘yxatlari bosilib turdi. To‘plamning 
1886 -1893- yillarga oid 3, 5, 8- ijldlarida yirik sharqshunos olim V. F. Smirnovning 
„Rossiyada nashr qilingan musulmon matbuoti“ nomli ko‘rsatkich bosilib chiqadi. 
Unga 1885 — 1893- yillarda chiqqan adabiyotlar kiritilgan bo‘lib, bevosita B. A. 
Dorn ko‘rsatkichining davomi hisoblanadi. Bunda jami bo‘lib 684 kitob hisobga 
olingan, bibliografik tavsifi, kitob haqida bibliografik ma’lumotlar kam. Hisobga 
olingan kitoblarning asosiy qismi Qozon shahrida nashr qilingan bo‘lib, faqat 1889-
1893- yillarda Toshkentda nashr qilingan 28 ta kitob kiritilgan. Ko‘rsatkich 
Turkistonda sharq tillarida nashr qilingan kitoblarning to‘liq hisobini bermaydi. 
1889- yili Toshkentda Turkiston bibliografiyasi tarixida muhim voqea bo‘lgan E. F. 
Kalning qo‘llanmasi nashr qilindi. Bu Rossiyaning birinchi marta mamlakatning 
chekka o‘lkasida saqlanayotgan sharq qo‘lyozma asarlarini ilmiy tasvirlashga 
bo‘lgan urinishi edi. Kal katalogni tuzishni Tosh-kentda boshlab, Peterburgda 
nihoyasiga yetkazdi. Buning uchun u Turkiston xalq kutubxonasida tasvirlab 
ulgurmagan 39 ta qo‘lyozmani Turkiston general-gubernatori I. O. Rozenbaxning 
ruxsati bilan Peterburgga olib ketdi. Katalogga 87 qo‘lyozma arab tilida 7 ta, turkiy 
tillarida 11, fors tilida 67 ta kiritilgan bo‘lib, ular fan sohalari bo‘yicha 
joylashtirilgan, qo‘lyozma tasvirida uning hajmi, bichimi, qisqa mazmuni yoritib 
berilgan. Bundan tashqari, qo‘lyozmaning muallifi, yozilgan vaqti, kim tomonidan 
ko‘chirilgan va boshqa muhim ma’lumotlarni beradi. Kal tuzgan bu katalog ilmiy va 


46 
maqsadga muvofiqdir. Kaldan keyin 1912- yili O‘rta Osiyo ilmiy bibliografiyasiga 
katta hissa qo‘shgan sharqshunos olim A. A. Semyonov sharq adabiyotining 2 ta 
katalogini tuzadi. Bular „Turkiston xalq kutubxonasidagi sharq qo‘lyozmalarining 
katalogi“, „Turkiston xalq kutubxonasidagi litografik nashrlar katalogi“. Lekin bu 
har ikkala katalog ham nashrdan chiqmagan, O‘zFAning Sharqshunoslik institutida 
saqlanadi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida sharqshunoslikka oid adabiyotlarning 
ko‘plab nashr qilinishi sharqshunoslarda bu kitoblar haqida to‘liq axborot berishga 
ehtiyoj tug‘dirdi. Shuning uchun 1912- yili sharqshunoslik jamiyatining jurnali 
muharririyati tomonidan musulmon xalqlari tillaridagi adabiyotlarni hisobga 
oluvchi „Musulmon kitob solnomasi“ nashr qilina boshlandi. Buning asosiy vazifasi 
V. V. Bartoldning fikricha, musulmon xalqlarining o‘tmishi va hozirgi hayotini 
o‘rganishga imkon berish edi. U haftada bir marta chiqarilib, 1912 — 1913- yillarda 
51 soni bosmadan chiqariladi. Solnomada hamma musulmon xalqlari tillaridagi 
adabiyotlar hisobga olinib, material esa tillar bo‘yicha joylashtirildi. Masalan, arab 
va dargin tilidagi kitoblar, arab va fors tilidagi kitoblar, arab va tatar tilidagi kitoblar, 
sart (o‘zbek — MÒ) tilidagi kitoblar va hokazo. „Musulmon kitob solnomasi“ 
mustaqil ravishda nashr qilinmas- dan faqat rus tilidagi („Kitob solnomasi“) 
materiallari bilan cheklanganligi sababli unga ayrim sharq tillaridagi, jumladan, 
Turkistonda nashr etilgan kitoblar kirmay qolgan. Solnomada hisobga olingan 
materiallar 2- darajali axborot bo‘lgani uchun deyarli ilmiy ahamiyatga ega emas. 
Shu sababli keyinchalik uni nashr qilish to‘xtatildi. Lekin solnoma Rossiyada sharq 
tillaridagi adabiyotlarni hisobga oluvchi birinchi kundalik bibliografik qo‘llanma 
edi. XX asr boshlarida sharq tillaridagi mahalliy nashrlarning kundalik hisobini olish 
ishiga Turkistonning o‘zida urinib ko‘rildi. 1911-yil Turkiston xalq kutubxonasi 
kuzatish komissiyasining a’zosi L. A. Zimin Òosh- kentda nashr qilinadigan
jurnalida Turkistonda nashr qilinuvchi matbuot asarlarining oylik bibliografik ro‘y- 
xatini berib bordi. L. A. Ziminning fikricha, bu ko‘rsatkichda Turkiston haqida 
hamda Turkistonning o‘zida nashr qilinayotgan rus va sharq tillaridagi adabiyotlarni 
hisobga olish ham mo‘ljallangan. Ko‘rsatkich 1917-yildan oldingi birinchi 
o‘lkashunoslik bibliografik ko‘rsatkichlardan edi. Uning faqat 5 ta soni nashr 


47 
qilingan. Shunday qilib, XX asr boshlarida sharq xalqlari tillaridagi Turkiston 
nashrlari bibliografiyasini tuzishga bo‘lgan urinishlar oxirigacha yetkazilmadi. 
Sababi mahalliy nashrlarning bir joyga to‘planmaganligi. Hozirgi kunga qadar O‘rta 
Osiyo matbuotining to‘liq biblio- grafiyasini tuzish ishi hal qilinmagan. Shuning 
uchun O‘rta Osiyo kutubxonalari mutaxassislari oldida turgan muhim vazifa — 
O‘rta Osiyo xalqlarining madaniyati, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish tarixini hisobga 
olgan holda eng qadimiy qo‘lyozma manbalardan tortib to XX asr boshlariga (1917- 
yilga) qadar davr adabiyotining umumiy retrospektiv bibliografiyasini tuzishdan 
iboratdir. Bu vazifani hal qilish O‘rta Osiyo xalqlarining o‘tmishdagi unutilgan boy 
merosini o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir. 

Yüklə 370,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin