38
bibliograflarning xatolari hisobga olingan edi. Maxsus mansub hamma jurnallarning
Turkiston o‘lkasiga doir maqo-lalari bir izchillikda yig‘ilganligi bunga misol
bo‘ladi. Uning rahbarligida tuzilgan jildlar materiallarini sistemalashtirish g‘oyasi
o‘zidan oldingilarning an’anasiga qo‘shilgan yangilik va o‘ziga xos prinsip bo‘lib
qoldi. U O‘rta Osiyo haqidagi barcha ma’lumotlarni yig‘ish
qiyinligini tushunib,
„To‘plam“ jildlarida o‘sha vaqt Turkistondagi eng muhim narsa va hodisalar
axborotini berishga intildi.
Shu nuqtayi nazardan, A. A. Divayev ishlariga
bag‘ishlangan 566 —569- jildlar diqqatga sazovor, olimning etnografiyaga tegishli
59 asari kiritilgan. 556, 557 va 587- jildlarda o‘sha davr O‘rta Osiyo lingvistikasi
bo‘yicha olimning filologiyaga oid 15 ta ishi kiritilgan. Shuni ta’kidlash kerakki,
material yig‘ish vaqtida A. A. Semyonov to‘plamga mualliflar o‘z imzosi bilan unga
taqdim qilgan asarlarni ham kiritib, kitob mualliflarining taxalluslariga
baho va eng
yaxshi asarlarga izoh bergan. Bevosita o‘zi tuzgan jildlar uchun mundarija bergan,
faqat oxirgi 112- jildda Toshkentdan ketib qolishi tufayli bu ish bajarilmay,
„Turkiston to‘plami“ ustidagi ish to‘xtatildi.
Dostları ilə paylaş: