Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 5 -
mahsulot to’yingan suv bugi yordamida 180
0
S gacha qizdiriladi va undan keyin
induktsion usulda kerakli temperaturagacha isitiladi.
Yuqori chastotali isitish. Ushbu usulda elektr toki utkazmaydigan materillar
isitiladi, shuning uchun ham dielektrik usul deb nomlanadi.
Yuqori chastotali isitgichning ishlash printsipi quyidagicha: o’zgaruvchan
elektr maydoniga joylashtirilgan material molekulalari maydon chastotasi bilan
tebranma harakat qila boshlaydi va qutblanadi. Material molekulalarining tebranma
harakat energiyasi dielektrik molekulalari orasidagi ishkalanish kuchini yengishga
sarflanadi va material massasida issiqlikka aylanadi. Ajralib chiqayotgan issiqlik
miqdori tok chastotasi va kuchlanish kvadratiga proportsionaldir. Isitish bu usulda
bir tekisda bo’ladi. Undan tashqari, isitish temperaturasi oson va aniq rostlanadi.
Lekin, bu turdagi isitgichlar murakkab va ularning foydali ish koeffitsienti juda past
bo’ladi. Ushbu usulda ishlaydigan isitgichlarda 1
.
10
6
1
.
10
8
Gts chastotali toklar
qo’llaniladi.
Elektr toki yordamida isitish jarayonida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori
issiqlik balansidan topiladi:
йук
ox
э
Q
Gct
Gct
Q
(7)
bu yerda
Dostları ilə paylaş: