Isitish, sovitish va kondensatsiyflash. Issiqlik almashinish uskunalari



Yüklə 277,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/23
tarix07.01.2024
ölçüsü277,99 Kb.
#202695
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Isitish, sovitish va kondensatsiyflash



Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 1 - 
10-Mavzu:
 
ISITISH, SOVITISH VA KONDENSATSIYFLASH. 
ISSIQLIK ALMASHINISH USKUNALARI.
Reja: 
1.Isitish, 
buglatish, 
sovitish 
va 
kondensatsiyalash 
haqida 
umumiy 
tushunchalar, isitish usullari. 
2. Kondensatsiyalash. 
3. Atrof muhit temperaturasigacha sovitish. 
4. Atrof muhit temperaturasidan past temperaturagacha sovitish. 
5. Issiqlik almashinish qurilmalari. 
Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida issiqlik almashinish qurilmalarida 
o’tkaziladigan suyuqlik va gazlarni isitish, buglanish, sovitish va buglarni 
kondensatsiyalash jarayonlari juda keng tarqalgan. 
Biror muhitdan boshqasiga issiqlik o’tkazish uchun mo’ljallangan moslama 
issiqlik almashinish qurilmasi
deb nomlanadi. Issiqlik uzatish jarayonida 
qatnashayotgan muhitlar 
issiqlik eltkichlar
deb ataladi. Yuqori temperaturali va 
issiqlik beruvchi muhit 
issiqlik eltkich
deyiladi. Past temperaturali va issiqlik 
oluvchi muhit 
sovuqlik eltkich
deyiladi. 
Turli sanoatlarda to’gridan to’gri issiqlik manbai bo’lib yokilgilarni yonishdan 
hosil bo’lgan gazlar va elektr energiyasi ham ishlatiladi. Bu turdagi bevosita 
issiqlik manbalaridan issiqlik olib, o’zining issiqligini qurilma devori orqali 
isitilayotgan suyuqlik yoki gazga beruvchi moddalar 
oraliq issiqlik eltkichlar 
deb 
yuritiladi. Bunday issiqlik eltkichlarga suv bugi, issiq suv va yuqori temperaturali 
issiqlik eltkichlar (o’ta qizdirilgan suv, mineral moy, organik suyuqlik va ularning 
buglari, tuz eritmalari, suyuq materiallar va boshqalar) kiradi. 
Oddiy temperatura (10...30°C) largacha sovitish uchun suv va havo keng 
miqyosda va samarali qo’llaniladi. 
Issiqlik eltkichlarni tanlashda ularning quyidagi xossalariga e’tibor berish 
zarur: 
- muhitni sovitish yoki sovitish darajasi va uni boshqarish; 
- minimal massaviy va hajmiy sarflarda katta issiqlik almashinish tezligiga 
erishish; 
- qovushoqligi kichik, zichligi, issiqlik sigimi va bug hosil qilish issiqligi katta 
bo’lishi kerak; 
- yenmaydigan, zaxarlimas, issiqqa chidamli bo’lishi zarur; 
- issiqlik almashinish qurilmasi materialini yemirmasligi va buzmasligi kerak; 
- arzon va kamyob bo’lmasligi zarur. 
Ko’p holatlarda issiqlik eltkichlar sifatida sanoat yarim mahsulot, mahsulot va 
chiqindilarning issiqligidan foydalanish iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiqdir. 
 


Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 2 - 

Yüklə 277,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin