a - eng katta oltiburchak tomonidagi trubalar soni;
v = 2a-1 - eng katta
oltiburchak diagonalidagi trubalar soni.
Agar, trubalar teshikli panjaraga razvalg’tsovka usulida mahkamlansa, unda
trubalarni joylashtirish qadami
t ni, ularning tashqi diametriga
d t qarab, ushbu
oralikdan tanlanadi:
Т d t
5
,
1
3
,
1
(26)
Payvandlab mahkamlashda esa –
t = 1,25
d T .
Issiqlik almashinish qurilmasining diametri quyidagi tenglamadan topiladi:
Т d b t D 4
1
(27)
Trubalarning uzunligi zarur issiqlik almashinish yuzasi
F va trubaning
o’rtacha diametri
d ur lardan kelib chiqqan holda ushbu formulada hisoblanadi:
ур d n F l
(28)
Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltkichlarning
yo’nalishi parallel yoki qarama - qarshi bo’ladi. Issiq eltkich qurilmaning yuqori
qismidan trubalararo bo’shliqqa, sovuq eltkich esa, pastki qismidan trubalar ichiga
yuboraladi. Natijada, bug issiqligini beradi va soviydi, yahni kondensatga aylanadi
va pastga qarab harakatlanadi. Temperaturasi ortishi bilan sovuq eltkichning
zichligi kamayadi va u yuqoriga qarab ko’tariladi. Agar, suyuqliklar sarfi ko’p
bo’lsa, ularning tezligi ham yuqori va issiqlik almashinish jarayoni intensiv bo’ladi.
Undan tashqari, suyuqliklarning qarama – qarshi yo’nalishida ularning tezliklari bir
xilda taqsimlanib, qurilmaning butun ko’ndalang kesimida issiqlik almashinishi
o’zgarmas bo’ladi.
Agar, issiqlik almashinish qurilmasi qo’zgalmas teshik panjara tuzilishi, qobiq
va trubalar temperaturala rining o’rtacha farqi 50°S dan katta bo’lsa, qobiq va
trubalar uzayishi har xil bo’ladi. Bu hol o’z navbatida teshikli panjarada katta
kuchlanishlar hosil qiladi va panjaradagi trubalar zichlanishini, payvand choklarini
buzadi va yo’l qo’yib bo’lmaydigan issiqlik eltkichlar aralashishiga olib keladi.
SHuning uchun, temperaturalar farqi katta bo’lganda, temperatura tahsirida uzayini
kompensatsiya qiladigan issiqlik almashinish qurilma konstruktsiyalari qo’llaniladi.
Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 14 -