Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 8 -
r
t
c
t
t
Gc
L
ox
c
ox
б
(19)
Havo bilan sovitish
tabiiy va sunhiy usullarda amalga oshiriladi. Issiq
mahsulotlarni tabiiy usulda sovitish jarayoni atrof muhitga issiqlik tarqatilishi
hisobiga sodir bo’ladi. Bu usulda sovitish qish faslida samarali o’tadi.
Suvlarni havo yordamida gradirnyalarda sovitish sunhiy sovitish usulida
amalga oshiriladi. Gradirnyada sovitilayotgan suv yuqoridan pastga qarab purkalsa,
sovutuvchi havo esa pastdan yuqori yo’nalgan bo’ladi. Bunda suyuqlik
temperaturasining pasayishi faqat issiqlik almashinish hisobiga bo’lmay, balki
suyuqlik bir qismining buglanishi hisobiga ham sovutiladi.
Kimyo va oziq - ovqat mahsulotlarini atrof muhit temperaturasidan past (+4...-
60°S) temperaturalarda sovitish, muzlatish va saqlash uchun sovutgichlar
ishlatiladi. Sovutgichlarning asosiy ishchi qismi bu sovitish mashinalaridir.
Sovitish mashinalarida sovuqlik ishlab chiqarish uchun gazni siqish,
kondensatsiyalash va buglanish jarayonlardan tarkib topgan teskari aylanma
termodinamik tsikl qo’llaniladi.
Termodinamikaning ikkinchi qonuniga binoan, atrof muhit temperaturasidan
past temperaturagacha sovitish, temperaturasi quyi sathdan yuqori sathga issiqlik
o’tkazish bilan bogliq bo’lganligi uchun, albatta energiya sarflanishi zarur. Bunday
issiqlik uzatish Karnoning teskari tsikli asosida amalga oshiriladi.
Karno to’gri tsiklining energetik balansi ushbu tenglama bilan ifodalanadi:
0
Q
L
Q
(20)
Karno teskari tsiklini ko’rib chiqamiz (7-rasm).
Dostları ilə paylaş: