Bug bilan isitish Ma’lumki, sanoat miqyosida issiqlik eltkich sifatida to’yingan suv bugi keng
ko’lamda ishlatiladi, chunki u bir qator afzalliklarga ega. Masalan, bug
kondensatsiyalanganda juda katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Agar, bugning
bosimi 9,8
10
4
N/m
2
bo’lsa, 2,26
10
6
J/kg miqdorda issiqlik berishi mumkin.
Kondensatsiyalaniyotgan bugning issiqlik berish koeffitsienti yuqori bo’lgani
uchun, bug tomonidagi termik qarshilik kichik bo’ladi. Bu esa, bug yordamida
isitish uchun kam yuza talab etadi.
To’yingan bugning eng asosiy afzalliklaridan biri shundaki, mahlum bir
bosimda, bir xil temperaturada kondensatsiyalanadi. Bu hol tegishli isitish
temperaturasini yuqori aniqlikda ushlab turish imkonini beradi.
Zarur paytda bug bosimini o’zgartirish usuli bilan isitish temperaturasini
boshqarib turish mumkin. Bug kondensati issiqligidan foydalanish natijasida bugli
isitkichlar f.i.k. juda yuqori bo’ladi. Yana bir afzalligi shundaki, bug yonmaydi va
undan foydalanish qulay.
Suv bugining asosiy kamchiligi, bu uning temperatura ortishi bilan bosimining
proportsional ravishda o’sishidir. Shuning uchun, suv bugi yerdamida 180...200°S
gacha isitish mumkin. Ushbu temperaturalarda bugning bosimi 1,0...1,2 MPa ga
to’gri keladi. Juda yuqori bosimli issiqlik eltkichlar ishlatilganda, qalin devorli va
qimmat qurilmalardan foydalanish ehtiyoji tugiladi.
Issiq suv bilan isitish usulida kimyo va oziq - ovqat mahsulotlarini 100°c
gacha isitish uchun qo’llaniladi. 100°c dan yuqori temperaturalargacha isitish
uchun ortiqcha bosim ostidagi
o’ta qizdirilgan suv ishlatiladi.
Suvning afzalliklari juda ko’p: yer kurrasida keng tarqalgan va arzon;
korrozion faol emas. Odatda biror mahsulotni isitish issiqlik qurilmasining devori
orqali amalga oshiriladi. Ayrim hollarda isitish uchun suv bugi kondensatining
issiqligidan ham foydalanish mumkin.
Suv yoki boshqa organik suyuqliklar bilan isitish uchun ko’pincha
tsirkulyatsion usul ishlatiladi. Tsirkulyatsion harakat erkin yoki majburiy bo’lishi
mumkin. Lekin, sanoatda nasos yordamida amalga oshiriladigan majburiy
tsirkulyatsion jarayonlar keng tarqalgan.
Pomidor, bodring, poliz mahsulotlarini yetishtirishda issiqxona (teplitsa) larda
zavod va fabrikalardan chiqarib tashlanayotgan issiq suvlar ishlatiladi.