Isitish, sovitish va kondensatsiyflash. Issiqlik almashinish uskunalari


Qobiq - trubali issiqlik almashinish



Yüklə 277,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix07.01.2024
ölçüsü277,99 Kb.
#202695
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Isitish, sovitish va kondensatsiyflash

Qobiq - trubali issiqlik almashinish 
qurilmalari
xalq xo’jaligining turli sohalarida eng keng tarqalgan va ko’p 
ishlatiladigan turidir.
18-rasmda trubalarning qo’zgalmas teshik panjarali, bir yo’lli, vertikal qobiq-
trubali issiqlik almashinish qurilmasi tasvirlangan. Ushbu qurilma tsilindr qobiq 1 
va uning ikki chekkasiga isituvchi trubalar 3 mahkamlangan teshikli panjara 2 
lardan tarkib topgan. Trubalar o’rami issiqlik almashinish qurilmasining butun 
hajmini ikkiga bo’ladi: 1) truba bo’shligi; 2) trubalararo bo’shliq. Teshikli panjara 2 
lar tsilindrik qobiq 1 ga payvandlash usulida mahkamlanadi. Qurilma qobigiga 
boltli birikma yordamida 2 ta qopqoq mahkamlanadi. Issiqlik eltkichlar kirishi va 
chiqishi uchun tsilindrik qobiq 1 va qopqoq 5 larda patrubkalar o’rnatilgan. Issiqlik 
eltkichlardan biri, masalan suyuqlik, trubalar bo’shligiga yo’naltirilsa, u trubalar 
orqali o’tib qopqoqning patrubkasidan chiqib ketadi. Boshqa issiqlik eltkich oqimi 
esa, masalan bug, trubalararo bo’shliqqa yo’naltiriladi, isituvchi trubalar tashqi 
yuzasiga o’z issiqligini beradi va suyuq agregat holati (kondensat) ga aylanib 
qobiqning pastki patrubkasidan chiqazib yuboriladi. Muhitlar orasidagi issiqlik 


Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 11 - 
almashinish jarayoni trubalar devori orqali amalga oshiriladi. 
Isituvchi trubalar teshikli panjaraga payvandlash yoki razvalg’tsovka qilib 
mahkamlanadi (18-rasm). 
Ko’pincha, isituvchi trubalar po’lat,
legirlangan po’lat, mis, latun, titan yoki boshqa materiallardan tayyorlanishi 
mumkin. 
Isituvchi trubalar 3 ni teshikli panjaralar 2 da mahkamlashning eng keng 
tarqalgan usuli bu oddiy razvalg’tsovkadir (19-rasm). Valg’tsovka nomli asbobda 
radial yo’nalishda hosil qilinadigan kuch tahsirida truba deformatsiyaga (diametri 
ortadi, yahni kengayadi) uchrab, teshikli panjaraga zichlanadi va mhkamlanadi. 
Truba o’ramining to’r pardaga mustahkam joylashtirishga erishish uchun teshikli 
panjarada eni 2...3,5 mm va chuqurligi 0,4...1,0 mm li ikkita halqasimon ariqcha 
qilinadi. Undan tashqari, trubalarni teshikli panjaralarga payvandlash, kavsharlash, 
salg’nik yordamida ham mahkamlash mumkin. Salg’nik yordamida zichlash 
murakkab va qimmat. Bu usulda mahkamlash muhitlar temperatura farqi katta 
bo’lganda, trubalarning bo’ylama siljishiga imkon beradi, ammo bunda birikma 
zichlanishi buzulmaydi.
Trubaning kirish qismini konussimon razvalg’tsovka qilish, mahalliy qarshilik 


Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 12 - 
koeffitsientini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu esa, o’z navbatida kirish qismining 
yemirilish oldini oladi. 
Agar, trubalar tebranish, tsiklik qizishga, temperaturalar katta o’zgarishi yoki 
ularning uchlari issiqlik tahsirida o’ta isib ketish hollari yuz beradigan bo’lsa, unda 
trubalarning uchi albatta teshikli panjaraga payvandlanish zarur. Payvandlash choki 
cho’ktirilgan, valik va ariqchada valik holadi, hamda ariqcha va tishli 
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. 
Odatda, qalin devorli trubalarni payvandlash maqsadga muvofiqdir. Agar, 
trubalar kuchlanish ostida ishlatiladigan bo’lsa, portlatib payvandlash tavsiya 
etiladi. Ushbu usulda trubalarni mahkamlash uchun portlatish zaryad quvvati katta, 
teshikli panjaraning tashqi yuzasi razzenkovka qilishini va panjara tashqarisiga 
truba uchlari ko’p chiqib turishi kerak. Bu usulda truba teshikli panjaraga o’ta 
mustahkam holatda biriktiriladi. Agar, trubaning bir uchi panjaraga ushbu usulda 
portlatib payvandlansa, ikkinchi uchi esa portlatib razvalg’tsovka qilinsa, eng 
yuqori mustahkamlikka erishsa bo’ladi. 
Hozirgi kunda trubalarni teshikli panjaraga mahkamlashning eng zamonaviy, 
ilgor texnologiyasi - bu portlatib valg’tsovka qilishdir. Bunda, portlatuvchi zaryad 
truba ichida, yahni uchida joylashtiriladi. So’ng esa, zaryad kapsyulg’ yordamida 
portlatiladi. Natijada, portlash energiyasi trubani radial yo’nalishda deformatsiya 
qiladi va teshikli panjara bilan truba mustahkam birikma hosil qilib ulanadi. Bu 
usuldagi birikma, razvalg’tsovka usulinikiga qaraganda ancha mustahkamroq 
bo’ladi. Portlatib payvandlash usulini trubalarni tahmirlash uchun ham qo’llash 
mumkin. Trubalarni teshikli panjaraga elektrogidravlik mahkamlash va biriktirish 
usuli ham mavjud. 
Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarida truba teshikli panjaraga 
quyidagi usullarda joylashtirilishi mumkin (4.20-rasm): 
- to’gri oltiburchak cho’qqi va qirralari yoki teng yonli uchburchak bo’ylab; 
4.20-rasm. Truba teshikli panjarasida trubalarni joylashtirish sxemasi. 
a – to’g’ri oltiburchak tomonlari va cho’ққilarida; 
b - kvadrat tomonlari va cho’qqalarida; 
v – kontsentrik aylanalar bo’ylab. 


Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 13 - 
- kontsentrik aylanalar bo’ylab; 
- kvadrat cho’qqi va tomonlari bo’ylab; 
- shaxmatli ko’rinishda (bir va har xil ko’ndalang qadamli). 
Ushbu usullarda trubalarni issiqlik almashinish qurilmasida joylashtirish, 
qurilmaning ixcham bo’lish sharti bilan belgilanadi. Undan tashqari, har bir 
qurilmaga iloji boriga ko’proq truba joylashtirishga harakat qilinadi. 
Kimyo mashinasozligida to’gri oltiburchak tomonlari va cho’qqalarida 
trubalarni joylashtirish keng tarqalgan. Bu usul uchun, trubalar sonini aniqlashga 
quyidagi formula tavsiya etiladi: 


1
1
3




a
a
n
(25) 
bu yerda 

Yüklə 277,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin