Isitish, sovitish va kondensatsiyflash. Issiqlik almashinish uskunalari


Qirrali issiqlik almashinish qurilmasi



Yüklə 277,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/23
tarix07.01.2024
ölçüsü277,99 Kb.
#202695
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Isitish, sovitish va kondensatsiyflash

Qirrali issiqlik almashinish qurilmasi
. Bu turdagi qurilmalarda issiqlik 
berish koeffitsienti past muhit tomonidagi, issiqlik o’tkazish yuzasini ko’paytirish 
imkoniyati bor (32-rasm).
Sanoatda ishlatiladigan issiqlik almashinish jarayonlarida devorning ikki 
tomonidagi issiqlik berish koeffitsientlar bir - biridan keskin farq qiladi. Masalan, 
suv bugi yordamida havo isitilganda, bugning devorga issiqlik berish koeffitsienti 
tahminan 10000...15000 Vt/(m
2

K) ni tashkil etadi. Demak, ushbu holatda havo 
tomonidan yuza miqdorini oshirish kerak, yahni 

 
past tomonidan. 
32-rasm. Plastinali kalorifer. 
1 - quti; 2 - qovurg’a. 
Trubalar yuzasini oshirish maqsadida uning tashqi yuzasiga dumaloq yoki 
to’rtburchak shaklidagi metall shaybalar payvandlanadi. Trubali issiqlik 
almashinish qurilmalarida ko’ndalang yoki bo’ylama qovurgalar qo’llanishi 
mumkin. Natijada, bu turdagi trubalar o’rnatilgan qurilmaning issiqlik yuklamasi 
ortadi. Mahlumki, qirrali trubalar yasaladigan materialning issiqlik o’tkazuvchanlik 


Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 22 - 
koeffitsienti yuqori bo’lishi kerak. Bunday trubalarning gidravlik qarshiligi kichik 
bo’lishi uchun qirralar yuzasi issiqlik eltkich oqimining yo’nalishiga parallel 
bo’lishi zarur. Hozirgi kunda to’gri to’rtburchak va trapetsiya shaklidagi 
ko’ndalang kesimli qirralar eng ko’p qo’llaniladi. (33-rasm) Qirrali issiqlik 
almashinish yuzali elementlar havo va turli gazlarni isitadigan issiqlik almashinish 
qurilmalarida o’rnatiladi. 
G’
ilofli issiqlik almashinish qurilmasi
. Bunday qurilmalarda issiqlik 
almashinish jarayonlari (isitish yoki sovitish) bilan kimyoviy jarayon bir vaqtda yuz 
beradi. g’ilofli qurilma tasviri 34-rasmda keltirilgan.
Bunday qurilmalarda issiqlik almashinishni yuzasi sifatida reaktor devori 
xizmat qiladi. Flanets birikma 3 yordamida qobiq 1 ga gilof 2 mahkamlanadi. 
Qobiq va gilof orasidagi bo’shliqda issiqlik eltkich I tsirkulyatsiya qiladi. 
Qurilmaning ichida esa, eltkich II joylashtiriladi. Bu turdagi qurilmalarning issiqlik 
almashinish yuzasi 

10 m
2
va gilofdagi bosim 1,0 MPa dan oshmaydi. 
Agar, bosim 7,5 MPa dan ortsa, gilofda ko’p miqdorda teshiklar qilinadi va 
gilof listining chetlari perimetri bo’yicha buklanadi va qurilma qobigiga 
payvandlanadi (34 b-rasm). 

Yüklə 277,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin