Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 17 -
panjarasi orasida taqsimlash kamerasi 3 joylashgan. Ushbu kamera trubalararo
bo’shliqda harakatlanayotgan muhit uchun mo’ljallangan. Ko’p oqimli
qurilmalarning ichki va tashqi trubalari ikkita yo’lli bo’ladi.
Bu turdagi
qurilmalarda
oqimlarning harakat
tezligi
qobiq-trubali
qurilmalarnikiga qaraganda ancha yuqori. SHu sababli issiqlik o’tkazish
koeffitsienti va truba yuzasining issiqlik kuchlanishi katta bo’ladi. Undan tashqari,
issiqlik almashinuvchi muhitlarni qarama-qarshi yo’nalishda harakat qilishini
tashkil etish oson. Bir va ko’p oqimli kurilmalarning trubalarida issiqlik eltkichlar
tarkibidagi agressiv va mexanik iflosliklar kamroq o’tirib qoladi. Ko’pchilik
holllarda, «truba ichida truba» qurilmalarining issiqlik ko’rsatkichlari qobiq-trubali
qurilmalarnikiga qaraganda ancha yuqori bo’ladi.
Ayrim hollarda, qurilmaning ichki trubalarning tashqi yuzasi qirrali qilib
yasaladi. Natijada, issiqlik almashinish yuzasi 4...5 marotaba ortadi. Odatda bu
usuldan trubaning birorta muhit harakatlanayotgan tomonida issiqlik berish
koeffitsientini oshirish qiyin bo’lganda (gaz, qovushoq suyuqlik harakatida yoki
laminar rejimda) foydalaniladi. Bunday hollarda, qirrali trubalarni qo’llash,
uzatilayotgan issiqlik miqdorini anchaga oshirish imkonini beradi.
27a-rasm. «Truba ichida truba» tipida ajraluvchan,
bir oqimli issiqlik almashinish qurilmasi.
1-issiqlik almashinish trubasi; 2-truba-qobiq;
Dostları ilə paylaş: