Isitish, sovitish va kondensatsiyflash. Issiqlik almashinish uskunalari


Plastinali issiqlik almashinish qurilmasi



Yüklə 277,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/23
tarix07.01.2024
ölçüsü277,99 Kb.
#202695
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Isitish, sovitish va kondensatsiyflash

Plastinali issiqlik almashinish qurilmasi.
Yupqa metall listlardan 
tayyorlangan bir necha plastina tepa va pastki tutib turuvchi bruslardan iborat 
romda yigiladi (31-rasm).
Qo’zgalmas va harakatchan plitalar orasida shtampovka qilingan po’lat, 
gofrirlangan plastina dastasi joylashgan bo’lib, ularda issiqlik eltkichlar harakati 
uchun kanallar bor. 
Plastina dastasi qo’zgalmas 2 va harakatchan plitalar 4 orasida yigiladi va 
tortib turuvchi shpilg’ka 6 yordamida siqiladi. 
Plastinalarni zichlash yuqori bosimga bardosh bera oladigan qistirmalar 
yordamida amalga oshiriladi. Plastinalar orasidagi kanallar eni 3...6 mm bo’ladi. 
Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarining ishlash printsipi 31b-rasmda 
ko’rsatilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki, suyuqliklarning harakati qarama - qarshi 
yo’nalishda. SHuni qayd etish kerakki, har bir issiqlik eltkich plastinaning bir 
tomoni bo’ylab harakat qiladi. 
31-rasm. Plastinali isitkich (a) va uning ishlash printsipi (b): 
1-tepa tutib turuvchi brus; 2-qo’zg’ғalmas plita; 3-plastina; 
4-ҳarakatchan plita; 5-pastgi tutib turuvchi brus; 
6-yo’naltiruvchi va tortib turuvchi shpilg’ka; 7-tayanch. 
Bu turdagi qurilmalar isitgich, sovutkich, hamda pasterizatsiya, sterilizatsiya 


Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 21 - 
qilish uchun ham qo’llash mumkin. 
Plastinalar orasidagi kanallarda suyuqlik tezliklari yuqori bo’lgani uchun 
issiqlik o’tkazish koeffitsienti 
K

3800 Vt/m
2

K gacha erishish mumkin. Undan 
tashqari, bunday yuqori issiqlik o’tkazish koeffitsientlarni olishga sababchi bo’lgan 
omillardan biri, gofrirlangan plastina yuzasining suyuqlik oqimini turbo’lizatsiya 
qilishi va devorning kichik termik qarshiligidir. 
Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: issiqlik o’tkazish 
koeffitsienti katta; gidravlik qarshiliga nisbatan kichik; tuzilishi ixcham
suyuqliklar tezligi yuqori; issiqlik almashinish yuzasi katta. 
Bu turdagi qurilmalar kamchiliklari: katta bosimga bardosh berolmaydi; 
tayyorlash qiyin; suyuqlik tarkibidagi qattiq zarrachalar kanallarni yopib qo’yish 
ehtimoli bor. 

Yüklə 277,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin