Isitish, sovitish va kondensatsiyflash. Issiqlik almashinish uskunalari


Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmasi



Yüklə 277,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/23
tarix07.01.2024
ölçüsü277,99 Kb.
#202695
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Isitish, sovitish va kondensatsiyflash

Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmasi
gaz, suyuqliklarni sovitish 
29-rasm. Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmasi. 
1 – taqsimlovchi tarnov; 2 - truba; 3 - kalach; 4 - tayanch; 
5 – yig’uvchi tarnov. 
28-rasm. Zmeevikli issiqlik almashinish qurilmasi. 
1 - zmeevik; 2 - qobiq. 


Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 19 - 
va buglarni kondensatsiyalash uchun qo’llaniladi (29-rasm).
Bu qurilma bir-biri ustiga joylashtirilgan truba 2 va ularni birlashtiruvchi 
kalach 3 lardan iborat. Trubalar ichidan sovutilayotgan issiqlik eltkich 
harakatlanadi. Sovutuvchi suv chetlari tishli taqsimlovchi tarnov 1 ga quyuladi va 
undan trubalar 2 ga oqib tushadi. Suvning bir qismi truba yuzasidan buglanib 
ketadi. 
Suv bir trubani yuvib ikkinchisiga, undan so’ng uchinchisiga va hokazo 
tartibda harakatlanib, oxiri isigan holda yiguvchi tarnovga oqib tushadi. 
Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: tuzilishi 
sodda; ochiq havoda ishlatish mumkin; suv sarfi kam; trubalarni tozalash oson. 
Ushbu qurilmaning kamchiliklari: qo’pol; issiqlik o’tkazish koeffitsienti 
kichik; metall sarfi ko’p. 
Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmasi.
Bu qurilmalarda issiqlik 
almashinish yuzasi ikkita yupqa metall list 1 va 2 larni spiral bo’ylab o’rash 
natijasida hosil bo’ladi (30-rasm). Spirallarning ichki uchlari plastina– to’siq 3 
yordamida birlashtirilgan. 
Kanallar yon tomoni qistirma va tekis qopqoq yordamida zichlab yopilgan. 
Natijada bir - biridan ajrab turuvchi kanallar hosil bo’ladi va ularda qarama - qarshi 
yo’nalishda suyuqliklar harakatlantiriladi. Kanallarning eni metall list eni bilan 
belgilanadi. Balandligi esa oralikni belgilovchi bo’lakcha 7 ning o’lchami bilan 
aniqlanadi. Tekis qopqoq 4 lar flanets 5 ga boltlar yordamida mahkamlanadi. 
Issiqlik eltkichlar kirishi va chiqishi uchun tekis qopqoqlarning markazida va 
spiralning tashqi uchlarida shtutserlar o’rnatiladi. 
Bu qurilma suyuqlik va gazlar orasida issiqlik almashinish uchun ishlatiladi. 
Agar, issiqlik eltkich tarkibida qattiq zarrachalar bo’lgan taqdirda ham ushbu 
30-rasm. Spiralsimon issi³lik almashinish qurilmasi. 
1,2- metall listlar; 3- plastina-to’siq; 4-qopqoqlar; 
5- flanets; 6- qistirma; 7- oralikni belgilovchi bo’lakcha. 
I va II- issiqlik eltkichlar. 


Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 20 - 
qurilmalardan foydalanish mumkin, chunki to’gri to’rtburchak shakldagi kanalga 
tiqilib qolmaydi. 
Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: tuzilish ixcham; 
gidravlik qarshiligi nisbatan kichik; suyuqliklar tezligi yuqori (1...2 m/s); issiqlik 
o’tkazish koeffitsienti katta; kam joy egallaydi. 
Ushbu qurilma kamchiliklari: yasash, tahmirlash va tozalash qiyin; yuqori 
bosim (

1,0 MPa) da ishlatish mumkin emas, chunki bu bosimlarda zichlanishni 
tahminlash qiyin. 

Yüklə 277,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin