Isitish, sovitish va kondensatsiyflash. Issiqlik almashinish uskunalari



Yüklə 277,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/23
tarix07.01.2024
ölçüsü277,99 Kb.
#202695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Isitish, sovitish va kondensatsiyflash

Bug bilan isitish
Ma’lumki, sanoat miqyosida issiqlik eltkich sifatida to’yingan suv bugi keng 
ko’lamda ishlatiladi, chunki u bir qator afzalliklarga ega. Masalan, bug 
kondensatsiyalanganda juda katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Agar, bugning 
bosimi 9,8

10
4
N/m
2
bo’lsa, 2,26

10
6
J/kg miqdorda issiqlik berishi mumkin. 
Kondensatsiyalaniyotgan bugning issiqlik berish koeffitsienti yuqori bo’lgani 
uchun, bug tomonidagi termik qarshilik kichik bo’ladi. Bu esa, bug yordamida 
isitish uchun kam yuza talab etadi. 
To’yingan bugning eng asosiy afzalliklaridan biri shundaki, mahlum bir 
bosimda, bir xil temperaturada kondensatsiyalanadi. Bu hol tegishli isitish 
temperaturasini yuqori aniqlikda ushlab turish imkonini beradi. 
Zarur paytda bug bosimini o’zgartirish usuli bilan isitish temperaturasini 
boshqarib turish mumkin. Bug kondensati issiqligidan foydalanish natijasida bugli 
isitkichlar f.i.k. juda yuqori bo’ladi. Yana bir afzalligi shundaki, bug yonmaydi va 
undan foydalanish qulay. 
Suv bugining asosiy kamchiligi, bu uning temperatura ortishi bilan bosimining 
proportsional ravishda o’sishidir. Shuning uchun, suv bugi yerdamida 180...200°S 
gacha isitish mumkin. Ushbu temperaturalarda bugning bosimi 1,0...1,2 MPa ga 
to’gri keladi. Juda yuqori bosimli issiqlik eltkichlar ishlatilganda, qalin devorli va 
qimmat qurilmalardan foydalanish ehtiyoji tugiladi. 
Issiq suv bilan isitish
usulida kimyo va oziq - ovqat mahsulotlarini 100°c 
gacha isitish uchun qo’llaniladi. 100°c dan yuqori temperaturalargacha isitish 
uchun ortiqcha bosim ostidagi 
o’ta qizdirilgan suv
ishlatiladi.
Suvning afzalliklari juda ko’p: yer kurrasida keng tarqalgan va arzon; 
korrozion faol emas. Odatda biror mahsulotni isitish issiqlik qurilmasining devori 
orqali amalga oshiriladi. Ayrim hollarda isitish uchun suv bugi kondensatining 
issiqligidan ham foydalanish mumkin. 
Suv yoki boshqa organik suyuqliklar bilan isitish uchun ko’pincha 
tsirkulyatsion usul ishlatiladi. Tsirkulyatsion harakat erkin yoki majburiy bo’lishi 
mumkin. Lekin, sanoatda nasos yordamida amalga oshiriladigan majburiy 
tsirkulyatsion jarayonlar keng tarqalgan. 
Pomidor, bodring, poliz mahsulotlarini yetishtirishda issiqxona (teplitsa) larda 
zavod va fabrikalardan chiqarib tashlanayotgan issiq suvlar ishlatiladi.

Yüklə 277,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin