Iskandar Maroqandada himoya kuchlarini qoldirib, asosiy qo`shinlari


MAROQANDA- SAMARQANDNING BOSIB OLINISHI



Yüklə 45 Kb.
səhifə2/3
tarix10.05.2023
ölçüsü45 Kb.
#110345
1   2   3
orta osiyo jangchilari qurol yarog

MAROQANDA- SAMARQANDNING BOSIB OLINISHI.


Miloddan avvalgi 329- yilda Iskandar qo`shinlari OKS-Amudaryodan
o`ta boshladi. Pishqirib oqayotgan daryo ularning sonlarini surib
ketardi, gupsarlarni bir-biriga ulab turgan qayishlar uzilardi. Somon
to`ldirilgan gupsarlar suvga botib ketishar edi. Hurkib ketgan otlar
iplarini uzib, o`zlarini suvga otishar va qirg`oq tomon suzib ketishardi.
Iskandar qo`shinlarining bir qismi g`arq bo`ladi. Olti kun degan-
da ular daryoni kechib o`tishadi. Ular So`g`diyonaga yetguncha ham
ancha tog`-u toshdan oshishlari kerak edi. Ular yo`l yurib, Navtaka
viloyatiga yetib boradilar. Navtaka Qashqadaryo vodiysining sharqida
joylashgan edi. Iskandar Navtakadagi qo`rg`onlarni egallab, Maroqan-
dani egallagani shoshildi. Miloddan avvalgi 329-yili Iskandar qo`-
shinlari Maroqandani egallaydilar. U qo`shinlarining bir qismini qol-
dirib, o`zi esa asosiy kuchlar bilan Sirdaryo qirg`oqlari tomon ke-
tadi. Iskandar u yerdagi KURUSHKAT shahrini egallamoqchi edi.
Rivoyatga ko`ra bu shaharga qadimgi fors shohi Kir 2 asos sol-
gan.

SPITAMEN QO`ZG`OLONI (MILODDAN AVVALGI 329-327-YILLAR)


Tez orada so`g`diylarga Baqtriya aholisi, sak va massagetlar qo`shi-


ladilar. Bu qo`zg`alonga iste`dotli rahbar va qo`mondon SPITAMEN
boshchilik qiladi.
Spitamen o`z jangchilari bilan Maroqonda qal`asini qo`riqlayotgan
makedonlarga hujum qiladi. Qo`zg`olonchilarni tor-mor qilish uchun
Iskandar sarkardalari boshchiligidagi uch mingga yaqin piyoda hamda ot-
liq askarlarini Maroqandaga shoshilinch ravishda jo`natadi. POLITI-
MET bo`yidagi jangda Spitamen yunonlar ustidan g`alaba qo-
zonadi, ikki mingdan ortiq makedoniya askarlari halok bo`ladi.
Iskandar uchun bu juda ham katta mag`lubiyat edi.
Iskandar asosiy kuchlari bilan Maroqandaga yetib keladi, ammo
Spitamen Quyi Qashqadaryo va keyinchalik Buxoro tomonga che-
kinadi. Sak va massagetlarga qarshi kurashda tayanch bir kuchga
ega bo`lish maqsadida Iskandar Sirdaryo bo`yida, Xo`jand yaqinida
qal`a qurishni buyurdi. Bu qal`a ALEKSANDRIYA ESXATA
deyilgan

Iskandar Maroqandada himoya kuchlarini qoldirib, asosiy qo`shinlari


bilan qishlash uchun ZARIAPS ga jo`nadi. Shunda miloddan avvalgi
328-yilning qishi edi. O`sha yilning bahorida Iskandar qo`zg`alonni
bostirish choralarini ko`radi. O`z lashkarlarini uch qismga bo`lib,
So`g`diyonaning u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi va tinch aho-
lining 120 ming nafarini qirib tashlaydi.
Miloddan avvalgi 328-yilning kuz faslida Spitamenning Iskandar bi-
lan hal qiluvchi jangi bo`lib o`tdi. Kuchlar teng bo`lmaganidan
Spitamen yengilib, yana cho`lga chekinadi. O`sha yerda ko`chmanchi
qabilalar boshliqlari uni xoinlarcha o`ldiradilar.

Yüklə 45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin