Islom banklari


Jadval 1. 1980-1992 yillarda FIBE, IIBID, NBE va barcha tijorat banklaridagi omonatlar hajmi (mln, Misr junayhida) va ularning o‘sish sur’atlari



Yüklə 143,5 Kb.
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü143,5 Kb.
#41313
1   2   3   4
Islom moliyasi

Jadval 1. 1980-1992 yillarda FIBE, IIBID, NBE va barcha tijorat banklaridagi omonatlar hajmi (mln, Misr junayhida) va ularning o‘sish sur’atlari Manba: FIBE, IIBID, NBE va NBE Iqtisodiy

Bulleten yillik reportlari Ikkala Islom bankining dastlabki faoliyat yillaridagi omonatlar hajmining yuqori sur’atlarda o‘sishiga asosan quyidagi omillar sabab bo‘lgani aytiladi:

1) Yuqori qaytim darajasi. Faoliyatining dastlabki 4 yili davomida Islom banklari an’anaviy banklar taklif qilayotgan nazoratli foiz stavkasi darajasidan mos ravishda 1 dan 3 martagacha yuqori bo‘lgan darajada omonatga qaytimlarni taqsimladi. Bundan maqsad yanada ko‘proq omonatchilarni jalb qilish edi desak xato bo‘lmaydi.

2) E’tiqodiy moyillik. Islom banklari tashkil etilgan ilk yillarda omonatlar hajmining keskin oshishi foiz bilan shug‘ullanmaydigan omonatchilar ehtiyojini ifodalaydi. Musulmonlarning zakot fondi orqali farovonlikka qo‘shgan hissasi ushbu banklarning islomiy xarakterini yanada boyitdi.

3) Chet el valyutasidagi hisob raqamlari. Ikkala bank ham omonatlarining yuqori nisbatini chet el valyutasida, asosan AQSh dollarida salqashdi. Ular daromadni mos ravishda xorijiy valyutalarda kotirovka qilingan ushbu omonatlar bo‘yicha taqsimlashdi. Bu esa milliy valyutada foiz stavkasi past bo‘lgan va Misr junayhi muntazam devolvatsiyaga yuz tutayotgan bir paytda yanada ko‘proq omonatchilarni jalb etdi. 1980-1990-yillar davomida 350 % atrofidagi Misr junayhining yuqori devolvatsiyasi xorijiy valyutadagi omonatlarning o‘sishiga turtki bo‘ldi. Shularga qaramay, 1985-yildan keyin ikkala Islom bankidagi o‘rtacha o‘sish sur’atlari kamaya boshladi. Omonatlar o‘sishining yomonlashuvi quyidagilar sababidan:

1) Boshqa Islomiy moliyaviy institutlarning yaratilishi. Bularga norasmiy Islomiy Investitsion Kompaniyalar va rasmiy an’anaviy banklarning Islomiy sho‘balari kiradi. Islomiy Investitsion Kompaniylar 1980-yillarda faoliyat boshlab

o‘zlarining Islom qonunchiligiga muvofiqliklarini da’vo qilishgan. Bu kompaniylar rasmiy foiz stavkasidan deyarli ikki barobar ko‘p bo‘lgan yuqori darajadagi qaytim ulashishdi. Boshqa tarafdan esa an’anaviy banklarning Islomiy sho‘balari Islom banklarining dastlabki muvaffaqiyatlariga javob tariqasida tashkil etilib, ular ham Islom banklarini ma’lum bir omonatchilaridan mahrum qilganligi
aytib o‘tiladi.

2) Qaytim darajasining tushishi. 1984-yildan boshlab ikkala bank tomonidan taqdim etilayotgan qaytim darajasi an’anaviy banklar taklif qilayotgan foiz stavkasi darajasidan ham pastga tusha boshladi va oxir oqibat omonatlar o‘sish darjasi ham kamayib qoldi.

3) Noto‘g‘ri fatvoning ta’siri. 1989-yilda Misr Muftiysi tomonidan berilgan fatvoda foiz stavkasi riboning shakliga kirmasligi belgilab berildi. Shuning uchun ham ushbu fatvoni qabul qiladiganlar uchun an’anaviy banklar bilan muomala qilish Islom nuqtai nazaridan qonuniy ya’ni joiz sanala boshlandi.

4) Qaytimning betartib taqsimlanishi. 1989-yilda IIBID bank omonatlarining katta miqdorda, taxminan umumiy omonatlarning 53 % i chiqib ketishiga olib kelgan asosiy omillardan biri 1988- va 1989-yillarda qaytimni taqsimlashdagi uzoq kechikish edi.



5) Islomiy Investitsion Kompaniylarning tugatilishi. IIK lar Islom banklariga ikki marotaba salbiy ta’sir o‘tkazishdi. Dastlabki salbiy ta’sir yuqorida aytib o‘tganimiz ularning paydo bo‘lishi bilan sodir bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi ularning qulashi mobaynida kuzatildi. IIK lar qulagandan keyin Islom banklarining IIK lar bilan bog‘liqligi haqidagi xabarlar tarqala boshladi va bora bora bank ushbu bog‘liqlik sababidan katta yo‘qotishlarga duch keldi. Islom banklari tashkil etilishidagi dastlabki yillarda ularning omonatchilarni jalb qilishdagi muvaffaqiyatiga javob tariqasida, ko‘plab an’anaviy banklar Islomiy sho‘balarini (filiallarini) shakllantirishdi. Bu borada Bank Misr Islomiy sho‘basini tuzgan ilk an’anaviy bank bo‘ldi, va uning amaliyotlari 1980-yildan boshlandi. 1 Mazkur fatvo 1989-yil 8-iyulda Investitsiya Sertifikatlari va Pochta Jamg‘armalari Fondining foiz stavkalari xususida berilgan edi. Keyinchalik bu fatvo ba’zi foizga asoslangan transaksiyalarga ham tatbiq etildi. Shuni ta’kidlash joizki, Al-Azhar imomi va boshqa taniqli ulamolar ushbu fatvoga qarshi chiqishgan. 1990-yilning oxiriga kelib 23 ta an’anaviy bankning 68 ta Islomiy sho‘balari mavjudligi qayd etildi. Bu banklarning faqat 12 tasi xususiy bo‘lib, 26 tasi davlatga tegishli banklar va 24 tasi qo‘shma birlashmalar ya’ni qisman davlat banklarining egaligida bo‘lgan. Islomiy sho‘balar faoliyatini tahlil qilish biroz murakkab sanaladi, chunki ular faoliyatlaridan hosil bo‘lgan tushumlar asosiy banklarning boshqa operatsiyalari bilan aralashgani evaziga ularda alohida balans varoqlari yoki hisob raqamlari yo‘q. Ushbu muammo, shunga qaramay, mazkur sho‘balarning resurslari banklarning qolgan fondlari bilan aralashganini va banklar faoliyatlarini moliyalashtirishga yo‘nlatirilganini ko‘rsatadi. Xatto Islomiy sho‘balarning ba’zilari o‘z fondlarini idora qilishda avtonomlik berilgan holatlarda ham amaliyotda sho‘balar o‘z resurslaridan to‘laqonli samarali foydalanishlari qiyin kechgan. Ular omonatlarining 20% dan ko‘p bo‘lmagan qismi to‘g‘ridan to‘g‘ri murobaha shakliga ajratilgan, qolgani esa asosiy filiallarga omonatga qo‘yilgan. Shuning uchun ham ular Islomiy tamoyillarga to’liq rioya qila olishmadi. Bundan tashqari Islomiy sho‘balar diniy nuqtai nazardan olib qaralganda ikkita muhim jihatdan Islom banklaridan farq qilar edi: birinchidan, ularda banklarning operatsiyalarini belgilaydigan va barcha o‘tkazmalarda Islom fiqhiga rioya qilinishini baholab boradigan diniy ulamolar kengashi yo‘q edi, ikkinchidan ularda Islomiylikni ajratib turadigan zakot hisobi mavjud emasdi. An’anaviy banklardagi Islomiy sho‘balarning tashkil etilishi bu mahsuolat diversifikatsiyasining bir shakli degan bo‘lar edik. Ular islomiy tiklanishdan foyda olish va mijozlarning tobora o‘sib borayotgan Islomiy moliyaviy institutlarga o‘tib ketishining oldini olish uchun tashkil etilgan edi. Ko‘plab filial tarmoqlariga ega bo‘lgan yirik an’anaviy banklarning kam sondagi Islomiy sho‘balarni ochishlari banklarning nazarda tutilgan bosqichmabosqich islomiylashtirishining bir qismi emas edi, aksincha bu orqali boshidan Islomiy sho‘balarni iloji boricha nomiga va kichik sonda saqlab qolish ko‘zda tutilgan. Amaliyotda esa Islomiy sho‘ba bankning boshqa an’anaviy sho‘balaridan nomini hisobga olmaganda birorta sezilarli darajada farq qilmas edi. Ushbu sho‘balarning mavjudligi qaysi biri islomiy va qaysinisi emas mazmunidagi umumiy chalkashlikning asosiy sababi edi desak xato bo‘lmaydi. Misrda alanga olgan islom banklari faoliyatida yuzaga kelgan asosiy muammolar quyidagilardan iboratligi qayd etib kelinadi:

1) Qisqa muddatli murobaha moliyalashtiruvining yetakchilik qilishi. Ya’ni islom banklari portfelining asosiy qismini murobaha faoliyati tashkil qilib, qolgan amaliyotlar ulardan keyingi o‘rinda turadi. Bu amaliyot shar’an joiz bo‘lishiga qaramay, u islom banklarini an’anaviy banklaridan ajaratib turadigan asosiy omil sifatida qaralmaydi. Murobahani amalga oshirishda ijara va iqtina xarid-ijara kelishuvlaridan foydalaniladi. Bu esa an’anaviy banklarning foizli ijarani moliyalahtirishiga bergan qarziga muqobil amaliyot hisoblanadi. Vaholanki, islom banklarining asl g‘oyasi real aktivlar ya’ni ishlab chiqarish omillarinining odilona taqsimoti asosida hamkorlik yuritishni olg‘a suradi.

2) PLS kelishuvlarning amaliy cheklangan ro‘li. Foyda va zararni odilona taqsimlashga asoslangan amaliyotlar musharoka va mudoraba deb nomlanadi. Misr islom bankchiligida ularning faoliyati deyarli sezilmagan va bu islom banklarining sanoatdagi rivojlanishini yetarli darajada ta’minlab bera olmadi. Bu amaliyotlarning sustligiga sabab soliqqa tortish va buxgalteriya hisobida foyda va zarar bilan bog‘liq shar’iy mezonlarning mavju emasligi bilan ifodalanadi.

3) Shar’iy qonunlarning buzilishi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, islom banklarinig aksariyati o‘z faoliyatida bir necha bor shar’iy cheklovlarni kesib o‘tgani ma’lum bo‘ldi. Buning oqibatida islom banklariga bo‘lgan ishonch va ishtiyoq tobora susayib ketadi. Natijada to‘g‘ri faoliyat yuritadigan islom banklari faoliyati ham shubha ostida qoladi. Ushbu muammalorning paydo bo‘lishidagi asosiy sabablar sifatida malakali menejerlar yetishmasligi va islom bankchiligidagi amaliy tajribaning mavjud emasligi ko‘rsatiladi. Norasmiy islom moliyasiga Islomiy Investitsiya Kompaniylari kiradi. Ularning norasmiy deyilishiga sabab ular qonunchilikning hech bir shakliga rioya etishmaganligi va pulkredit boshqaruvining nazoratiga va hatto, korxona qonunlariga ham bo‘ysunishmaganligidir. Ularning faoliyati asosan qora bozorlarda kechgan. 1988 yilda ularning soni 105 taga. IIK larning tez sur’atlarda rivojlanishini bir necha omillar bilan ifodalash mumkin: ular o‘zlariga nom tanlashda islomiy jumlalardan foydalanishgan, va yana ular ta’limga ega bo‘lmagan omonatchilarni moliyaviy transaksiyalar ribodan holi deya ishontira olishgan. Shuni qayd etish kerakki, ushbu kompaniyalar borabora piramida sxemasiga moslashib qoldi. Ya’ni endi ular oldingi omonatchilarning omonatlarini yangi omonatchilar omonatga qo‘ygan pul mablag‘lari evazidan to‘lashga o‘tib olishdi. Bu esa iqtisodiy tizimga xavf soluvchi moliyaviy piramidaning ayni o‘zidir. Natijada olinayotgan qarzlar real aktivlarning o‘sishi evaziga emas, kelajakdagi qarzlar hisobidan qoplanishiga o‘tildi. Aslida bunday faoliyat islomiy moliyada ham joiz bo‘lmagan spekulyatsiyaning bir ko‘rinishi edi. Uning bir necha salbiy oqibatlari mavjud, ulardan biri moliyaviy ko‘pik hosil bo‘ladi va uning natijasida inflyatsiya oshib, narxlar darajasi ko‘tariladi.




Yüklə 143,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin