Tasavvuf soʻzining oʻzagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb eʼtirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" — "jun", "poʻstin" soʻzidan olingan boʻlishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan toʻqilgan kiyim yoki poʻstin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etganlar, deydi. Tasavvuf va "sufiy" soʻzlari 9-asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim Sufiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama oʻrnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi soʻzlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga koʻra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi his-tuygʻular mujassam boʻlgan. Lekin hijratning 2 asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning koʻpchiligida mazkur xususiyatlar oʻrnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlar paydo boʻla boshlagandan keyin obidlik va zohidlikni ixtiyor qilgan bir guruh kishilar tasavvuf va sufiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar. . Tasavvuf ahli baʼzan oshiq, faqir, haqir, darvesh, qalandar, zohid, orif, devona, ahli muhabbat, ahli suluk, rijolulgʻayb, savdoyi, gado kabi atamalar bilan ham ifoda etilgan. Tasavvuf istilohi asosida ijod etgan shoirlar majoz uslubini tanlaganlar. Shuning uchun haqiqat, majoz, tashbeh, istiora kabi mantiqiy qoidalardan boxabar boʻlmagan kitobxon Navoiy, Fuzuliy, Atoyi, Umar Xayyom kabi mumtoz adabiyot namoyandalarining sheʼrlarini toʻla anglashi qiyin kechadi.
2.Mo‘g‘ullarga qarshi kurashda Xorazmshohlarning yengilish sabablari Mo’g’ullar istilosi arafasida Xorazmshohlar davlatida asli ikkihokimlik o’rnatilgan edi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Mamlakat shohi Oloviddin Muhammad hisoblansada, ichki va tashqi siyosatni olib borishda ikkinchi hokim shohning onasi Turkon xotun hisoblangan. Oloviddin Tekesh vafotidan so’ng Turkon xotun endi davlat va boshqaruv ishlariga har tomonlama, to’liq aralasha boshlagandi. Mo’g’ullar istilosi arafasida mamlakatning tushkunlikka va tang ahvolga kelgan edi. Chingizxon va Oloviddin davlatlarining elchilari savdo karvonlari saflarida bir birlariga borib, ayni vaqtda turli, kerakli ma’lumotlar to’plab, ayg’oqchilik vazifalarini ham bajarardilar. Mo’g’ullarning Xorazmshohlar davlatining istilosi arafalarida ikki yirik tarixiy shaxs, hukmdorlar o’rtasida bir-birini har tomonlama o’rganishga mo’ljallangan ana shunday munosabatlar bo’lib turgan edi. o’sha davrda Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi mo’g’ullarga qarshi kurashda musulmonlarning suyangan tog’i edi. Biroq, uning davlati musulmon hukmdorlari o’rtasidagi ichki ziddiyatlar tufayli zavol topdi. Uning bemahal halokati tufayli esa islom dunyosi boshiga mo’g’ul bosqinchilarining yangi-yangi kulfatlari yog’ildi.
3. Amir Temurning ma’naviy, madaniy merosi nimalardan iborat ? Temuriylar davri tomosha san’atlari, bayramlari to‘g‘risida ma’lumotlar va umumlashmalar ko‘plab saqlanib qolgan. Shu ma’noda Zayniddin Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye”, Xondamirning “Makorim ul-ahloq”, Zaxiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Xasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” kabi asarlari qimmatlidir. Ayniqsa, an’anaviy teatr, raqs va sirk bo‘yicha ma’lumotlar umumlashma fikrlar va mo‘’jaz tadqiqotlar Alisher Navoiyning butun ijodi bo‘ylab sochilgan. Shuningdek, Abu Nasr Farobiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Darvesh Ali Changiy va boshqalarning musiqa sa’natiga oid risolalarda raqs ritmi va usullari haqida ma’lumotlar, ilmiy mushohadalar uchraydi. Hozircha, birgina Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy yohud javonmardlik tariqati” risolasida o‘yin va tomoshalarning ayrim toifalari xususida fikr yuritiladi. Shuningdek, o‘tmishda an’anaviy teatr, qo‘g‘irchoqbozlik, raqs, xalq sirki, qo‘shiqchilikning barcha shakllari, turlari “Tomosha” degan birgina istiloh bilan ifodalangan. Asli arabcha bu so‘z “Qarash, ko‘zdan kechirish” degan ma’nolarni anglatadi. Ammo Markaziy Osiyo mintaqasida uning ma’no doirasi juda keng bo‘lib, ko‘pchilikka mo‘ljallangan hamda ko‘ruvchi va tinglovchini quvontiradigan yoki qayg‘urtiradigan, ba’zan hatto jumbushga soladigan ijrolar, maydon ma’rakalari, marosimlar bilan bog‘liq namoyishlar va o‘yinlar – barchasi “Tomosha” deb yuritilgan. Turkiychada “O‘yin” atamasi ham ishlatilgan. Biroq uning qo‘llash doirasi haddan tashqari juda keng bo‘lib, ermak mashg‘ulotlar, badantarbiya va sportga aloqador sohalarni ham o‘z ichiga olgan.
Rui Gonsales de Klavixo boshliq guruhning Amir Temur huzuriga elchilik sayohati juda uzoq, xavf-xatar va mashaqqatlar bilan to‘la safar bo‘ldi. Shuni ham aytish kerakki, o‘shanda Klavixo bilan birga Bobil (Misr) va Turkiya sultonining elchilari ham Samarqandga kelgandilar. Amir Temur va temuriylar davlatida turli bayramlar, sayillar, tomoshalar o‘tkazilib kelinganligi to‘g‘risida ko‘pgina ilmiy ma’lumotlar bor. Ma’rakalarda har toifa ijrochilar alohida – alohida tarabxona va xosxona san’atkorlarning aralash guruhlari o‘z mahoratlarini namoyish etishgan bo‘lsa, teatrlashgan sayillar va namoyishlarda minglab har xil ijrochilar qatnashgan va o‘zaro bellashgan. Amir Temur Movarounnahrda ilgaritdan mavjud an’analarni davom ettirgan holda, o‘zining har bir g‘alabasini bayram, to‘y bilan nishonlagan. Har bir aziz mehmonni ziyofat va bazm bilan siylagan. Oilaviy marosimlarni ham sozanda, xonanda va raqqosu-raqqossalarsiz, umuman olganda o‘yinchilarning katta-katta guruhlarini jalb etgan xolda o‘tkazishni yoqtirgan. Uning davrida halq bayramlari juda ham keng ko‘lamda nishonlanganligini tarixiy manbalardan topishimiz mumkin.
“Temur Tuzuklari”ning mazmuni va mohiyati haqida yozing