Islom jahon dini



Yüklə 32,73 Kb.
səhifə13/16
tarix15.03.2022
ölçüsü32,73 Kb.
#53819
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-kurs GIBA 101-guruh Qarshiyev Obid Dinshunoslik

Shariat manbalari. Fikh ilohiyotning bir sohasi sifatida musulmon huquqshunosligida, shariat qonun - qoidalarini ishlab chiqishda, islom tarixida juda muhim o'rin egallagan. Faqihlarning g'ayrati bilan birin-ketin shariat manbalari ishlab chiqilgan, shariat qanunlari rasmiylashtirilib, uning anchagina tuplamlari to'zilgan. Shariat jamiyatdagi moddiy va ma'naviy hayotning barcha tomonlarini o'z nazorati ostiga olgan edi.

Islom ilohiyoti – kalomning asoschilaridan biri Al-Ash'ariy (873-935) fiqhni «Musulmonlarning muqaddas huquqi» deb atagan edi. Fiqh shariatning g'oyaviy va amaliy qarashlari, tavsifi sifatida taqvodor musulmonning turmush qoidalari bo'lib, islomdagi ijtimoiy qarashlarning asosiga aylanib qolgan.

Mujtahid (arab. – intiluvchi, g'ayrat, harakat qiluvchi) – urta asrlarda islomda ijtihod huquqiga ega bo'lgan, ya'ni mustaqil hukm chiqara oladigan shaxsdir. Sunniylarda diniy huquq mazhablarining asoschilari, shialarda yuqori martabali ruhoniylar va diniy huquqshunoslar mujtahidlar uch darajaga – oliy, o'rta, quyi darajalarga bo'linganlar.

Ijmo' – (arab.- birdamliq yakdillik bilan qabul qilingan qaror, diniy jamoaning yagona fikri). Qur'on, hadislarda aniq ko'rsatma berilmagan huquqiy masalalarni hal etishda faqih va mujtahidlarning to'planib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarishi (fatvo berishi). Ijmo' 3-manbai sifatida muayyan masalalarni hal qilishda oyat ojizlik qila boshlasa, biror hadis sharxlangan. Shu asosda turli-tuman qo'shimcha, og'zaki talqinlar paydo bo'lgan. Buni mashhur ulamolar to'planib, yakdillik chiqargan hukmi deb tushunish kerak. Bu guruh ulamolarning hukmiga asoslanib chiqarilgan fatvolar ilohiy deb ham hisoblanadigan bo'lgan. Ijmo'ning talqiniga quyidagi hadis ham misol bo'la oladi: «Qaysi bir xaqda qirq kishi va undan ziyod odamlar biror ishga guvohlik bersalar, tangri ularning guvohliklarini qabul etadi».




Yüklə 32,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin