Islom jahon dini



Yüklə 32,73 Kb.
səhifə14/16
tarix15.03.2022
ölçüsü32,73 Kb.
#53819
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-kurs GIBA 101-guruh Qarshiyev Obid Dinshunoslik

Diniy-huquqiy mazhablar. Hanafiya (Imomi A'zam) mazhabi. Bunga Abu Hanifa (taxallusi Imomi A'zam – buyuk imom – 699-767) asos solgan. U eng yirik huquqshunoslardani biri bo'lib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosan tatbiq etgan, istihson tartib usulini (manbalar asosida chiqarish mumkin bo'lgan xulosa yoki hukmlardan musulmonlar jamoasi uchun maqbulrog'ini qabul qilib) ishlab chiqqan, mahalliy xalq huquq-qoidalarini – odatni shariat bilan kelishtirib qullanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan.

Hanafiya mazhabi sunniylik yo'nalishiga mansub bo'lgan musulmonlarning 47 foizini o'z ichiga oladi. Hozir ham Respublika tuprog'idagi sunniylarning oila, nikoh, taloq va boshqa masalalarda shu mazhabga tayanadilar.

Molikiya mazxabi asoschisi Molik ibn Onas (713-795) «Ashob al-Hadis» (Hadis tarafdorlari) oqimining yirik namoyondasi bo'lib, Muhammad davridagi diniy huquq tartibini ёqlab chiqqan. O'zining «Al-Muvatto'» (Ommaviy, Barchaga tushunarli) asarida Qur'on va Sunnani aqlga asoslangan holda talqin qilishga qarshi chiqqan. U muhofazakor ilohiyotchi faqihlardan biri edi. Bu mazhab tarafdorlari o'zlarining nomo''tadilligi bilan ajralib turardi. Ular hanafiylarga nisbatan qiyosiy qo'llashda ancha chek qo'yishardi. Ammo o'zlarining istisloh qoidalari bilan hanafiyaning istihsoniga yaqin turardilar. Hozirgi davrda Molikiya mazhabi Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan bo'lib, sunniylikdagi musulmonlarning 27 foizini tashkil etadi.

Shofi'iy mazhabi. Uning asoschisi imom ash-Shofi'iy (767-820) kuchli ilohiyotchi faqihlardan biri bo'lgan; Makkada yashagan, Yamanda qozilik qilgan. Ali avlodlari bilan yaqinlashganligi uchun 803 yilda qamoqqa olingan. Avf etilganidan so'ng Misrga kelib, Molikning shogirdi sifatida faoliyat boshlagan. 810 yildan Bog'dodda o'z ta'limotini targ'ib qilgan. Uning «Kitob al-umm» tuplami islom huquqini an'anaviy tartib-qoidalar bilan bog'lashga qaratilgan, fiqh asoslariga to'la tavsif berib, ijmo'dan foydalanishga alohida e'tibor qilingan.

Suriya va Misrda shakllangan bu mazhab hozirgi vaqtda IndoneziyaYU Sharqiy Afrikaning ba'zi mamlakatlarida, janubiy arab sultonliklari musulmonlari orasida tarqalgan bo'lib, sunniylikdagi musulmonlarning 17 foizini tashkil etadi.

Hanbaliya mazhabi. Uning asoschisi imom Ahmad Hanbal ibn Xilol ibn Asad az-Zuxayliy al shayboniy 780 yili Bog'dodda tug'ilib, shu yerda 855 yil vafot etgan. Hadis to'plash niyatida Suriya, Hijoz Yaman, Kufa va Basraga ko'a sayohat qilgan va 40 mingdan ortiq hadisni jam etgan oyati jildlik «Musiad al-Imom Ahmad» (imom Ahmadni tayanchi) asarini yaratgan. U mustahkam e'tiqodli sunniylik nuqtai nazaridan xalifa Ma'mun davrida davlat dini bo'lmish mu'taziylikka qarshi kurashgani uchun bir necha bor qamalgan va jazolangan. Uning huquq tartiboti o'ta torligi, diniy masalalarda Qur'on va Sunnaga qattiq rioya qilishligi, erkin fikr yuritish va talqin etishga, har qanday yangilikka qarshiligi, shariat tartib qoidalariga rioya etishda qat'iy mutaassibligi bilan ajralib turardi.

X asrda Eronda, XI-XV asrlarda Suriya va Falastinda Hanbaliyaning izdoshlari bo'lgan. XVIII asrga kelib, ibn Hanbal ta'limoti hozirgi saudiya Arabistonidagi vahobiylarning shakllanishiga asos solgan. U yerda Hanbaliyaning ilk islomga xos qonunlari hozir ham amalda.


Yüklə 32,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin