Islom jahon dini


Islom ta'limoti va qadriyatlari



Yüklə 32,73 Kb.
səhifə3/16
tarix15.03.2022
ölçüsü32,73 Kb.
#53819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-kurs GIBA 101-guruh Qarshiyev Obid Dinshunoslik

Islom ta'limoti va qadriyatlari. O'rta Osiyo xalqlari hayotiga islomning kirib kelishi bilan kalom, ya'ni islom falsafasini va diniy talablarini bajarishda arab tili ustuvorligi o'rnatilgan. So'ngra fan, adabiyot, falsafa va madaniyatning turlariga ham arab tilining ta'siri kuchli bo'lgan. Ammo mahalliy xalqlar islomdan ancha oldinroq o'z ona tillarida yozuvni, ma'rifatu-madaniyatni, ilm-fanni rivojlantirishga muvaffaq bo'lganlar. Bu jarayon keyinchaolik islomning ta'sirida yanada rivojlantirilgan. Masalan, kishilarning turmush tarzi islom talabiga moslasha borgan, urf-odat va marosimlar diniy tus olgan, yoshlarga bilim berish uchun maktablar ochilgan, ruhoniy kadrlar tayyorlash uchun ko'plab madrasalar, qiroatxonalar tashkil etilgan.

Islomda, eng avvalo, din asoslari-«arkon-ad-din» hisoblanuvchi besh asosiy amaliy va marosimchilik rukn talablarini bajarishni talab etilgan. Hozir ham shundayo. Bular, birinchidan, kalimai shahodatni bilash; ikkinchidan, har kuni besh vaqt namoz o'qish, uchinchidan, har yili ramazon oyida bir oy ro'za tutish; to'rtinchidan, yiliga bir marta shaxsiy molidan zakot berish; beshinchidan, imkon bo'lsa, umrida bir marta haj qilishdan iborat. Islomga xos marosimlar va odatlar mana besh rukn bilan chambarchas bog'liqdir. Islomning bu amaliy va marosimchilik talablari xalqlar turmush tarziga kiritilib, o'ziga xos ma'naviy madaniyatning turiga, an'anaga aylantirilgan.

Diniy qadriyatlar, marosimlar diniy tasavvur e'tiqodlar yuzaga kelishi bilan paydo bo'la boshlaydi. Bularning yuzaga kelishi ibtidoiy odamlar, keyinchalik urug' va qabalalar hayotidagi muhim voqealar farzand tug'ilishi, balog'atga yetish, yakka nikohli oilalar yuzaga kelgach esa, oila qurish bilan bog'liq bo'lgan.

Islom yoyilgan joylarda qurbon hayit keng bayram qilinadi. Musulmon mamlakatlarida bu hayitga tayyorgarlik katta bo'ladi; masjidda maxsus ibodat bo'ladi, va'zxonlik - amri ma'ruf qilinadi. Hayit uch kun davom etadi.

Qurbon hayiti kunlari musulmonlar o'z ota-onalari, qariyalar va bemorlarni borib ko'radilar, ularga qo'llaridan kelgan yordamlarini ayamay hurmatini o'z o'rniga qo'yadilar, qurbonlik uchun so'yilgan mollarining go'shtlaridan bir qismini o'z urug'-aymoqlariga, xususan kam ta'minlangan oilalarga, beva – bechorlarga tarqatadilar. Qurbonlik marosimining yana bir tartibi so'yilgan mollar go'shtidan taom tayyorlab, xudoyi shaklida yig'inlar o'tkazadilar.

Islomda muqaddas kunlardan biri juma kunidir. Islom keng tarqalgan mamlakatlarda juma dam olish kuni deb e'lon qilingan. Shu kuni taqvodor musulmonlar o'z kunlarini toat-ibodat bilan o'tkazadilar. Uning muqaddas kun deb hisoblanishining sababini ruhoniylar quyidagicha izohlaydilar: Alloh olamni yaratishni juma kuni boshlagan. Muhammad ham, Ali ham juma kuni tug'ilganlar. Muhammad 622 yilda Makkadan Madinaga juma kuni hijrat qilgan. Islomning «shu'lasi» ham olamga ayni juma kuni tushgan. Shu sabali musulmonlar juma kunini ulug'laganlar.

Bu kunlarda masjidlarda Qur'on o'qiladi, va'zxonlik qilinadi, dindorlar bo'lgan xonadaonlarda xudoyi o'tkaziladi. Shu kunlari payg'ambarning qilgan ishlari to'g'risida hikoya qilish savob hisoblanadi.


Yüklə 32,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin