Islom jahon dini



Yüklə 32,73 Kb.
səhifə7/16
tarix15.03.2022
ölçüsü32,73 Kb.
#53819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
1-kurs GIBA 101-guruh Qarshiyev Obid Dinshunoslik

Ismoiliylar. Bu sekta tarafdorlari shialar orasida eng ko'pchilikni tashkil etgan. Sekta VIII asrning 2- yarmida Bog'dod xalifaligida paydo bo'lgan va imom Ja'farning o'g'li Ismoil nomi bilan atalgan. Ismoiliylar diniy ta'limotida go'yo butun olamni yaratgan «dunyoviy aql» va «dunyoviy ruh» ga e'tiqod etish asosiy o'rinni egallagan. Ularning ta'limotida neoplatonchilar falsafasi va buddaviylikning katta ta'siri sezilardi. Ismoiliylar turli davrlarda xalqlarga turli payg'ambarlarning yuborilishi – «dunyoviy aql» ning yerda namoyon bo'lishidir deb hisoblashardi. Ular yettita payg'ambarni – Odam Ato, Nuh Ibrohim, Ismoil, Muso, Iso va Muhammad (s.a.v.)ni tan olishadi. Ularning fikricha, imomlar payg'ambarlarning vorislari hisoblanadi.

XI asrdan boshlab ismoiliylar sinfiy ziddiyatlarning kuchayishi natijasida turli qismlarga bo'linib ketgan. Hozirgi paytda ismoiliylar O'rta Sharq mamlakatlarida, Hindiston, Uganda Keniya, Tanzaniya, Tojikistonning tog'li Badaxshon viloyatida mavjud.

Druzlar. O'z ta'limotiga ko'ra, bu sekta ismoiliylardan kelib chiqqan. Druzlar vahdoniyatga – Allohning yagonaligiga e'tiqod etadilar va 998-1021 yillarda xukmronlik qilgan fotimiylar xalifasi Hakimni xaloskor sifatida yerga ikkinchi marta keladi deb hisoblaydilar. Ular o'zlarining «muqaddas» yozuvlariga ega. Ularda diniy marosimlar unchalik rivoj topmagan, shu sababli masjidi ham yo'q. Barcha sektalar kabi, druzlar ham shariatni, shia imomlarini tan oladilar.


Yüklə 32,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin