44
ichiga oladi);
biriktirilgan komandalar va funksiyalar;
foydalanuvchining funksilari;
boshqaruvchi
strukturalar;
sistema operatorlari va funksiyalari;
dasturlash tilini kengaytirish vositalari.
MATLAB tizimida dastur kodlari yuqori
darajali tilda yoziladi va
ushbu til tipik
interpretator
bo‗lib
hisoblanadi, ya‘ni dasturning har bir
instruksiyasi darhol taniladi va bajariladi.
Hamma instruksiyalarni, ya‘ni
to‗liq dasturni kompilyatsiya qilish etapi mavjud emas. MATLAB
bajariluvchi dasturlarni yaratmaydi. Dasturlar faqat m-fayllar ko‗rinishida
mavjud bo‗ladi. Dasturlarning ishlashi uchun MATLAB muhiti zurur.
Lekin MATLABda yozilgan dasturlarni C va C++
dasturlash tillariga
translyasiya qiluvchi kompilyatorlar yaratilgan. Ular MATLAB muhitida
tayyorlangan dasturlarni bajariluvchi dasturlarga aylantirish masalasini hal
qilish imkoniyatini beradi. MATLAB
tizimi uchun kompilyatorlar
mustaqil dasturiy vositalardir.
Shuni esda tutish kerakki, MATLABning hamma instruksiyalari ham
kompilyatsiya bo‗lavermaydi, ya‘ni kompilyatsiyadan oldin bunday
dasturni qayta ishlash talab qilinadi. Kompilyatsiya qilingan dasturlarning
bajarilish tezligi 10-15 martagacha ortishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: